Diniy ekstremizm


Download 49.23 Kb.
bet1/2
Sana25.10.2023
Hajmi49.23 Kb.
#1720603
  1   2
Bog'liq
DINIY EKSTREMIZM


DINIY EKSTREMIZM


Reja

  1. KIRISH

  2. ASOSIY QISM

  1. Diniy ekstremizm vujudga kelishi.

  2. Diniy ekstremistik guruhlarning zararli maqsadlari.

  3. O‘zbekiston qonunchiligida ekstremizm faoliyatiga belgilangan jazo va choralar

IV. XULOSA
V. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

DINIY EKSTREMIZM — baʼzi diniy tashkilotlar yoki ayrim dindorlarning jamiyat qonun-qoidalariga mos kelmaydigan mafkurasi va faoliyati. Diniy ekstremizm koʻpchilik dinlarda mavjud boʻlib, uning tarafdorlari oʻz oldiga siyosiy maqsadlarni qoʻyadi. Islom ekstremizmining aqidasiga koʻra, birinchidan, goʻyo barcha hoz. zamon musulmon jamoalari islomiy tuslarini yoʻqotganlar va «johiliya» asri jamiyatlariga aylanganlar. Bunday yondashuv hukumat va uning olib borayotgan siyosatini keskin tanqid qilish uchun «asos» boʻlib xizmat qiladi. Ikkinchidan, goʻyo faqat «haqiqiy» musulmonlar hokimiyatga kelgach, barpo bulajak «islomiy tartib»ni urnatish uchun keskin va agressiv harakat qilmoqlari lozim. Bunday harakatning konunga muvofiqligi masalasi ular tomonidan umuman oʻrtaga qoʻyilmaydi, zero, ular fakat shariatga (bu ham ularning tor talqinida) tayanib ish koʻradilar va oʻzlarini islomdan chekingan hokimni agʻdarishga guyo haqli deb biladilar. Islom ekstremizmining «nozik» tomoni uning «din»ga (haqiqiy dinga emas) asoslanganidadir. Guruh rahbarlari oʻz qoʻl ostidagi aʼzolarining ongiga shu darajada taʼsir oʻtkazadilarki, ular hatto oʻzlarini qurbon qilishga, muayyan maqsad yoʻlida «shahid» yoki «kamikadze» boʻlishga tayyor turadilar. «Musulmonbirodarlar» harakati (Misr, 1928) dan yetishib chiqqan Sayyid Qutb (1906— 65) hoz. zamon islom ekstremizmining gʻoyaviy asoschisi sifatida tan olingan. Uning «nazariya»siga koʻra, oʻzini musulmon deb hisoblovchilarning koʻpchiligi aslida musulmon emas, va umuman, barcha davlatlar islomga qarshidirlar. Demak, maqsad — islom davlatini barpo qilish va jamiyatni toʻligʻicha islomlashtirishdir.
Xristian dinining baʼzi sektalariga asoslangan koʻplab diniy ekstremistik harakatlar ham mavjud. Ayniqsa, «yahvechilar», «pyatidesyatniklar», «tashabbuskor baptistlar» umuman qonuniy hokimiyat va dunyoviy qonunlarni tan olmaydilar. Ularning fikricha, goʻyo cherkov davlatdan yuqori. Pyatidesyatniklarning baʼzi guruhlari esa oʻz tobelarini oʻta shafqatsizlik bilan ado etiladigan ibodatlarga zoʻrlaydilar, dunyo neʼmatlaridan voz kechib, tarkidunyochilik bilan yashashga daʼvat etadilar.
Diniy ekstremizm yoki ashaddiy akidaparastlik turli koʻrinishlarda namoyon boʻlishi mumkin. Mas, Olsterdagi «ultra» protestantlar, Yaqin va Oʻrta Sharqdagi «musulmon-birodarlar», Markaziy Osiyo va Kavkazda paydo boʻlgan vahhobiylar (q. Vahhobiylik) va b. Ular jamiyatga va qonunlarga deyarli bir uslubda qarshi kurash olib boradilar.
Diniy ekstremizm ba’zi diniy tashkilotlar yoki ayrim dindorlarning jamiyat qonun-qoidalariga mos kelmaydigan mafkurasi va faoliyati. Diniy ekstremizm ko’pchilik dinlarda mavjud bo’lib, uning tarafdorlari o’z oldiga siyosiy maqsadlarni qo’yadi. Islom ekstremizmining aqidasiga ko’ra, birinchidan, go’yo barcha hozirgi zamon musulmon jamoalari Islomiy tuslarini yo’qotganlar va «johiliya» asri jamiyatlariga aylanganlar. Bunday yondashuv hukumat va uning olib borayotgan siyosatini keskin tanqid qilish uchun «asos» bo’lib xizmat qiladi. Ikkinchidan, go’yo faqat «haqiqiy» musulmonlar hokimiyatga kelgach, barpo bo’lajak «Islomiy tartib»ni urnatish uchun keskin va agressiv harakat qilmoqlari lozim. Bunday harakatning konunga muvofiqligi masalasi ular tomonidan umuman o’rtaga qo’yilmaydi, zero, ular faqat shariatga (bu ham ularning tor talqinida) tayanib ish ko’radilar va o’zlarini islomdan chekingan hokimni ag’darishga guyo haqli deb biladilar. Islom ekstremizmining «nozik» tomoni uning «din»ga (haqiqiy dinga emas) asoslanganidadir. Guruh rahbarlari o’z qo’l ostidagi a’zolarining ongiga shu darajada ta’sir o’tkazadilarki, ular hatto o’zlarini qurbon qilishga, muayyan maqsad yo’lida «shahid» yoki «kamikadze» bo’lishga tayyor turadilar. «Musulmonbirodarlar» harakati (Misr, 1928) dan yetishib chiqqan Sayyid qutb (1906— 65) hozirgi zamon Islom ekstremizmining g’oyaviy asoschisi sifatida tan olingan. Uning «nazariya»siga ko’ra, o’zini musulmon deb hisoblovchilarning ko’pchiligi aslida musulmon emas, va umuman, barcha davlatlar Islomga qarshidirlar. Demak, maqsad — Islom davlatini barpo qilish va jamiyatni to’lig’icha islomlashtirishdir. Xristian dinining ba’zi sektalariga asoslangan ko’plab diniy ekstremistik harakatlar ham mavjud. Ayniqsa, «yahvechilar», «pyatidesyatniklar», «tashabbuskor baptistlar» umuman qonuniy hokimiyat va dunyoviy qonunlarni tan olmaydilar. Ularning fikricha, go’yo cherkov davlatdan yuqori. Pyatidesyatniklarning ba’zi guruhlari esa o’z tobelarini o’ta shafqatsizlik bilan ado etiladigan ibodatlarga zo’rlaydilar, dunyo ne’matlaridan voz kechib, tarkidunyochilik bilan yashashga da’vat etadilar. Diniy ekstremizm yoki ashaddiy aqidaparastlik turli ko’rinishlarda namoyon bo’lishi mumkin. Masalan, Olsterdagi «Ultra» protestantlar, yaqin va O’rta Sharqdagi «musulmon-birodarlar», Markaziy Osiyo va Kavkazda paydo bo’lgan vahhobiylar va boshqalar. Ular jamiyatga va qonunlarga deyarli bir uslubda qarshi kurash olib boradilar. Diniy ekstremizm muayyan ko’rinishda O’zbekistonda ham paydo bo’ldi. Islom ekstremizmi guruhi faoliyati natijasida 1997 yil dekabrda Namangan shahrida bir necha qotilliklar yuz berdi. O’tish davriga xos iqtisodiy qiyinchiliklar, xalqning diniy qarashlarga ta’sirchanligi va diniy urf-odatlarga moyilligidan foydalanib, ekstremistlar ochiqdan-ochiq kuch bilan Farg’ona vodiysida ijro va sud hokimiyatining ayrim vazifalarini o’zlashtirishga harakat qildilar. 1999 yil 16 Fevralda Toshkent shahrida yuz bergan voqealar diniy aqidaparastlarning asl maqsadi konstitusiyaviy tuzumga zarba berish va hokimiyat tepasiga kelish ekanini ko’rsatdi. Diniy ekstremizmning O’zbekistonga tahdidini aqidaparastlikni yoyish orqali mavjud davlatga ishonchni yo’qqa chiqarishga urinishda kuzatish mumkin. Ekstremistlar jamiyatda erksiz, mute, faoliyatsiz kishilar safini orttirish, «soxta» va «haqiqiy» dindorlik belgilari bo’yicha qarama-qarshilikni keltirib chiqarishni ko’zlaydilar. Ular o’z maqsadlariga erishish uchun jangarilarni tayyorlashga ham harakat qildilar. O’zbekistonni G’arbga «islomlashtirilgan», Sharqqa esa, aksincha, «dinsiz», «daxriy» shaklda ko’rsatib, respublikaning xalqaro obro’siga putur yetkazish niyatida bo’ldilar. Ular umuman Islom tsivilizasiyasi bilan noislomiy tsivilizasiyalar o’rtasida yalpi qarama-qarshilikni kuchaytirish kabi yovuz rejalarni tuzishdan ham qaytmadilar. 2000 yilning kuzida ekstremistlarning O’zbekistonga qurolli hujum uyushtirgani ularning Afg’onistonda in qurib olgan xalqaro terrorchilar va narkobiznes bilan uyushib ketganidan dalolat berdi. Shu munosabat bilan Prezident Islom Karimov: «bugun dinimizni asrash kerak, mo’min-musulmonlarni ximoya qilish kerak. Lekin dinimizni, birinchi galda, o’zini «chin musulmon» deb da’vo qilayotgan ana shu yovuz kuchlardan, har qadamda «jihod» deb og’iz ko’pirtirib, din nomidan buzg’unchilik qilayotgan qonxo’r va qotillardan asrash kerak», — degan edi. Faqat 2001 yil 11 sentabr kuni Nyu-York va Vashingtonda sodir etilgan mudhish terrorchilik hujumlaridan keyingina dunyodagi yetakchi davlatlar AQSh boshchiligida bu yovuz illatga qarshi keng miqyosda kurashga bel bog’ladi. Ad.: Karimov I. A., O’zbekisto XXI asr bo’sag’sida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari, T., 1997. Ahadjon Hasanov.
muayyan koʻrinishda Oʻzbekistonda ham paydo boʻldi. Islom ekstremizmi guruhi faoliyati natijasida 1997 i. dek. da Namangan sh. da bir necha qotilliklar yuz berdi. Oʻtish davriga xos iktisodiy qiyinchiliklar, xalqning diniy qarashlarga taʼsirchanligi va diniy urf-odatlarga moyilligidan foydalanib, ekstremistlar ochiqdan-ochiq kuch b-n Fargʻona vodiysida ijro va sud hokimiyatining ayrim vazifalarini oʻzlashtirishga harakat qildilar. 1999-y. 16 fev. da Toshkent sh. da yuz bergan voqealar diniy aqidaparastlarning asl maqsadi konstitutsiyaviy tuzumga zarba berish va hokimiyat tepasiga kelish ekanini koʻrsatdi. Diniy ekstremizmning Oʻzbekistonga tahdidini aqidaparastlikni yoyish orqali mavjud davlatga ishonchni yoʻqqa chiqarishga urinishda kuzatish mumkin. Ekstremistlar jamiyatda erksiz, mute, faoliyatsiz kishilar safini orttirish, «soxta» va «haqiqiy» dindorlik belgilari boʻyicha qarama-qarshilikni keltirib chiqarishni koʻzlaydilar. Ular oʻz maqsadlariga erishish uchun jangarilarni tayyorlashga ham harakat qildilar. Oʻzbekistonni Gʻarbga «islomlashtirilgan», Sharqqa esa, aksincha, «dinsiz», «daxriy» shaklda koʻrsatib, respublikaning xalqaro obroʻsiga putur yetkazish niyatida boʻldilar. Ular umuman islom sivilizatsiyasi bilan noislomiy sivilizatsiyalar oʻrtasida yalpi qaramaqarshilikni kuchaytirish kabi yovuz rejalarni tuzishdan ham qaytmadilar.
2000-y. ning kuzida ekstremistlarning Oʻzbekistonga qurolli hujum uyushtirgani ularning Afgʻonistonda in qurib olgan xalqaro terrorchilar va narkobiznes bilan uyushib ketganidan dalolat berdi. Shu munosabat bilan Prezident Islom Karimov: «Bugun dinimizni asrash kerak, moʻmin-musulmonlarni ximoya qilish kerak. Lekin dinimizni, birinchi galda, oʻzini «chin musulmon» deb daʼvo qilayotgan ana shu yovuz kuchlardan, har qadamda «jihod» deb ogʻiz koʻpirtirib, din nomidan buzgʻunchilik qilayotgan qonxoʻr va qotillardan asrash kerak», — degan edi. Faqat 2001-y. 11 sent. kuni Nyu-York va Vashingtonda sodir etilgan mudhish terrorchilik hujumlaridan keyingina dunyodagi yetakchi davlatlar AQSH boshchiligida bu yovuz illatga qarshi keng miqyosda kurashga bel bogʻladi.
3.Missionerlik harakatining asosiy g‘oya-maqsadlari.Prozelitizm keltirib chiqarayotgan salbiy oqibatlar. Diniy ekstremizm - muayyan diniy konfessiya va tashkilotlardagi ashaddiy mutaassib, fanatik unsurlarning faoliyati mafkurasi. Fanatizm o‘z aqidasining shak-shubhasiz to‘g‘riligiga ishonib, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etgan holda ularni tan olmaslik, balki ularni diniy asoslarni buzishda ayblab, ularga qarshi urush ochishga olib boradigan omillardandir. Diniy fanatizm diniy ekstremizm va terrorizmga zamin tayyorlaydi.
Fundamentalizm - ma’lum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish va bu yo‘l bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin degan fikrni ilgari suruvchilarning yo‘nalishi. Diniy fundamentalizm - aqidaning o‘zgarmasligini himoya qiladigan, vahy va mo‘’jizalarning muqaddas kitoblardagi bayonining harfiy talqini tarafdori, ularning har qanday majoziy talqiniga murosasiz, so‘zma-so‘z talqinga asoslangan e’tiqodni aqlga tayangan mantiqiy dalillardan ustun qo‘yadigan, muayyan diniy e’tiqod shakllanishining boshlang‘ich davrida belgilangan barcha yo‘l-yo‘riqlarni qat’iy va og‘ishmay bajarilishini talab qiladigan diniy oqimlarni ifodalashda qo‘llaniladigan istilohdir.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Eng avvalo, jamiyat, guruh, alohida shaxs ma’naviy hayotining muayyan sohasi bo‘lgan din umuminsoniy axloq meyorlarini o‘ziga singdirib olgan, ularni jonlantirgan, hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalariga aylantirgan.
Modomiki, biz yoshlarimizni, Prezidentiz aytganidek Imom Buxoriylar, Naqshbandiylar va Yassaviylar ta’limoti asosida tarbiyalar ekanmiz, biz ularni turli islom niqobi ostidagi g‘arazli guruhlar bilan buyuk ajdodlarimiz amal qilgan va bizlarga ham tavsiya etgan musaffo islom o‘rtasini ajrata oladigan darajada bilimli qilishimiz zarur bo‘ladi.
Vahhobiylik. Vahhobiylik XVIII asrda Arabiston yarim orolida vujudga kelgan dini-siyosiy oqimdir. Uning asoschisi Muhammad ibn Abd al-Vahhob 1703 yili Arabiston yarim oroli Najd o‘lkasining al-Uyayna degan joyida tavallud topgan. Bu davrda uning otasi Abd al-Vahhob ibn Sulaymon mustaqil mahalliy amir hokimiyatida qozilik lavozimida xizmat qilar edi. Muhammad yoshligidan diniy ilmlarni o‘z otasi rahbarligida o‘rgana boshladi. U an’anaga ko‘ra, Qur’onni yod oldi, tafsir va hadis ilmlari bilan tanisha boshladi. Bir necha bor Misr, Suriya, Kurdiston, Iroq, Eron mamlakatlarida bo‘lib, ko‘pincha ulamolar suhbatida o‘zining janjalkashligi va mutaassibligi bilan ajralib turgan. U o‘z targ‘botchilik faoliyatini 1730 yillarda boshlab, birinchi maqsadi o‘ziga munosib homiy topish bo‘ldi.
Ixvon al-muslimun. XIX asr dastlabki yillaridan islom dini tarqalgan mamlakatlar iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy hayotida katta tarixiy o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Bu o‘zgarayotgan yangi sharoitlarga diniy-falsafiy, huquqiy normalarning XIX asr yarmidan boshlangan moslashuvi fanda “Islomiy islohotlar” nomini oldi. Lekin bu jarayon haddan tashqari cho‘zilib ketdi va ko‘p sohalarda ziddiyatli hollarni keltirib chiqardi. Ular orasida panislamizm va musulmon jamoalarining boshqa konfessiyalardan ajratish g‘oyasini aytishimiz mumkin. Panislamizm g‘oyasini birinchi bo‘lib ilgari surgan Jamoliddin al-Afg‘oniy 1839-1897) hisoblanadi. U diniy-siyosiy arbob bo‘lib, 1884 yili Parijda Muhammad Abduh 1849-1905) bilan birgalikda “al-Urvat al-vusqo” jurnalini nashr etdi va unda panislamizm g‘oyalarini targ‘ib qila boshladi. Afg‘oniyning g‘oyalarini keyinchalik “Musulmon birodarlar” “al-Ixvon al-muslimun”) radikal shakllarida rivojlantirildi.
Al-Ixvon al-muslimun - 1928 yili Misrning Ismoiliya shahrida Misrlik shayx Hasan al-Banno tomonidan tashkil etilgan diniy-siyosiy tashkilot. Hasan al-Banno Jamoliddin al-Afg‘oniy, Muhammad Abduh, Rashid Rizo asarlaridan ta’sirlanib, panislamizm g‘oyasida “jihod”, “islomiy millatchilik”, “islomiy davlat” ta’limotlarini ishlab chiqdi. Ixvon al-muslimun bu ta’limotlar asosida islom dini tarqalgan mamlakatlarda Qur’on va shariatda ifodalangan qoidalarga to‘lik rioya qiluvchi, “islomiy adolat” prinsiplari o‘rnatilgan jamiyat qurish uchun siyosiy kurashni boshlab yubordi.
Hizb at-Tahrir. Hizb at-Tahrir 1952 yili Quddus shahrida falastinlik ilohiyotchi Taqiy ad-din an-Nabahoniy 1909-1979) tomonidan asos solingan diniy-siyosiy partiya. U Hayfada tug‘ilib o‘sgan, Qohiradagi “al-Azhar” universitetida ta’lim olgan.
Partiyaning asosiy maqsadi - avval arab davlatlari miqyosida, keyin islom dunyosi miqyosida va nihoyat jahon miqyosida xalifalik shaklidagi islom davlatini tuzish. Ularning asosiy da’vosi - Mustafo Kamol Otaturk tomonidan 1924 yili Usmoniy xalifa Ikinchi Abd al-Majid 1922-1924) xalifalikdan g‘ayriqonuniy chetlatildi. Davlat diniy-islomiy qonunlar asosida xalifa tomonidan idora etilishi lozim. Partiya dasturi 187 banddan iborat bo‘lib, asosiy maqsadi - hokimiyatga erishish. Bundagi asosiy yo‘l - islomiy fikrlovchi shaxslarni shakllantirish. Ularga islomiy ta’lim-tarbiya berish ikki bosqichdan iborat: 1) u bilan islom ta’limotini o‘rgatish yo‘lida madaniy-ma’rifiy ishlar olib borish; 2) siyosiy faoliyatga tortish.
Hozirgi zamon islom ulamolari – Yusuf Qarzoviy, Sayyid Muhammad at-Tantoviy, Nosir ad-din al-Alboniylar Hizb at-tahrirni ohod hadislarga, qabr azobiga, sirot ko‘prigiga ishonmasliklari uchun ularni ahl as-sunna va-l-jamo‘a safidan chiqqan hisoblaydilar.
Akromiylar. Akromiylar 1996-1997 yillarda Andijonda tashkil topib, uning nomi guruh asoschisi - 1963 yilda tug‘ilgan Yo‘ldoshev Akrom nomi bilan bog‘liq. A. Yo‘ldoshev Hizb at-tahrirning yetakchisi an-Nabahoniy g‘oyalari asosida 12 darsga mo‘ljallangan “Imonga yo‘l” risolasini yozgan. Shu sababdan akromiylarni “Imonchilar” deb ham yuritiladi.
Bu guruh a’zolari asosan hunarmandlardan iborat bo‘lib, ular rasmiy ishxonalardan bo‘shab, jamoa ma’qullagan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanganlar. Zarurat tug‘ilganda “birodarlari”ga “jamoa banki”dan moddiy yordam berganlar. Undan tashqari jamoa a’zolariga tashkiliy ravishda oziq-ovqat mollari tarqatib turilgan. Quda-andachilik faqat “birodarlar” o‘rtasida amalga oshirilgan.
O‘lkamiz mustaqil bo‘lgan kunidan boshlab, chet ellardan turli xil diniy oqimlarning yurtimizga yopirilib kelishi, va uning avj olib ketganligi hech kimga sir emas. Ayniqsa, missionerlarning hamlasida katta xavf yashirinib yotibdi. Ular mamlakatimizning «sodda» fuqarolarini o‘z tuzoqlariga ilintirib, ongini zaharlamoqdalar. Oqibat bunday insonlar manqurtga aylanib, millat, davlat va dinning qadriga yetmay vataniga, diyonatiga bo‘lgan sadoqat gullarini oyoq osti qilmoqdalar. Shunday oqimlarning biri va o‘ta xavflisi missionerlik harakatidir. Missionerlik faoliyati mafkuramiz uchun yot unsur bo‘lib qolmay, balki ma’naviyatimiz rivoji uchun ham to‘siqdir.
“Missionerlik (lotincha “yuborish” va “topshiriq” ma’nolarida bo‘lib), biror dinni o‘z yurtidagi yoki o‘zga yurtlardagi boshqa dindagilar o‘rtasida tarqatish sohasidagi cherkov (ya’ni, katolik va protestantlar kabi yo‘nalish) tashkilotlarining faoliyatidir. Missionerlik bosqinchilik urushlari davrida mustamlakachi imperiyalarni barpo etish va mustahkamlashda ideologik ekspansiya turlaridan biri bo‘lgan. Missionerlar oshkora yoki maxfiy ravishda Amerika, Osiyo, Afrika xalqlarini zabt etishda qatnashganlar...”1
Missionerlik – bu boshqa diniy e’tiqodga ega bo‘lgan aholini o‘z diniga og‘dirib olishlik bo‘yicha diniy tashkilotlar vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyat”.2 Sodda qilib aytganda, missionerlik xristianlashtirishdir. Shu o‘rinda bir narsani ta’kidlash zarur: da’vat boshqa, missionerlik boshqa. Bir din vakilining o‘z qavmiga xitobi da’vat bo‘lib, har bir inson bu ishni emin-erkin qilishi mumkin. Ammo, bir din vakilining boshqa dindagilarni o‘z diniga og‘dirish uchun qiladigan harakati esa, missionerlik deyiladi va O‘zbekiston qonunlari mana shu ishni ta’qiqlaydi.
Missionerlik davlatlararo urushlar paytida mustamlakachi imperiyalarni barpo etish va mustahkamlashda mafkuraviy hujum qurollaridan biri sifatida ishlatilgan. Missionerlar maxfiy ravishda Osiyo xalqlarini zabt etishda qatnashganlar va hozirda bu nayranglar boshqacha usulda davom etmoqda. 1962 – 1965 yillardagi II Vatikan soborida missionerlik masalalari muhokama qilinib, u haqda qonun tasdiqlangan.
Ilk missionerlik tashkilotlari quyidagilardir:
1. London missionerlik jamiyati (1795).
2. Anglikan cherkovi missionerlik jamiyati (1797).
3. Niderland missionerlik jamiyati (1792).
4. Parij Injilni tarqatish missionerlik jamiyati (1823).
5. Bazel Injilni tarqatish missionerlik jamiyati (1815).
6. Berlin missionerlik jamiyati (1824).
Ibodatxonalari ochiqcha ishlagani bilan missionerlar o‘zlari asosan yashirincha ishlashadi va makkorona uslublardan foydalanishadi. Ular yurtimizga til o‘rgatish, kampyuter o‘rgatish, har xil sohalar bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash va hokazo kabi ishlar uchun turli-tuman o‘quv markazlari tashkil etib, yoki bo‘lmasa, har xil yo‘nalishlarda xayriya ishlari bilan shug‘ullanadigan nodavlat tashkilotlari qiyofasida kirib kelishdi. Uzoq yillik siquv ostida yashagan, ammo o‘zi ilmga chanqoq, dunyo bilan muloqotga kirishishga ishtiyoqmand xalqimiz, tabiiy, bunday o‘quv markazlariga murojaat qildi. Lekin o‘qish jarayonida, “o‘qituvchi”lari asosan missionerlardan iborat ekani ma’lum bo‘ldi...
Hozirda missionerlik “tabshir” (bashorat berish), “tansir” (nasroniylashtirish) kabi nomlar bilan ataladi. Ammo ular asl faoliyatlarini niqoblash uchun turfa chiroyli nomlardan foydalanadilar. Xususan, o‘zlariga va saflariga qo‘shilganlarga har xil ilohiy sifatlar berib (“Xudoning bolalari”, “muqaddas ruh bilan so‘zlashuvchilar” kabi), boshqalardan ajralib turishlarini ta’kidlab, shu tariqa ularni saflarida tutib turadilar.


Download 49.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling