Diniy ekstremizm va terrorizm – jamiyat taraqqiyotiga tahdid” “Diniy ekstremizm va terrorizm – jamiyat taraqqiyotiga tahdid”


Diniy ekstremizmning yoshlar dunyosi uchun xavfi


Download 37.58 Kb.
bet3/3
Sana14.12.2022
Hajmi37.58 Kb.
#1005098
1   2   3
Bog'liq
“Diniy ekstremizm va terrorizm – jamiyat taraqqiyotiga tahdid”

Diniy ekstremizmning yoshlar dunyosi uchun xavfi. Mutaxassis­lar fikricha, islomiy ekstremizm va u bilan bog'liq terrorizm dunyoning 15 dan ortiq mamlakatlariga alohida tahdid solmoqda. Yer kurrasining turli qifalarida joylashgan bunday mamlakatlarni shartli tarzdabir necha guruhga bo'lish mumkin.
Birinchi guruhga mansub Shimoliy Afrikadajoylashgan ayrim arab mamlakatlari, jumladan, eng katta arab davlati bo'lgan Misr Arab Respublikasi uchun diniy ekstremizm bilan bog'liq terrorchilik harakatlari haqiqiy muammoga aylandi. 1970-1980-yillarda bunday jarayon Tunisni qamrab oldi.
Mazkur mintaqada joylashgan yana bir arab davlati Jazoirdagi diniy ekstremistik tashkilotlarning qo'poruvchilik faoliyati tufayli o'n minglab begunoh insonlar halok bo'lgan bo'lsa, radikal islomchilar hokimiyatni boshqarayotgan Sudanda mana ocn yildan oshiqroq vaqtdan beri ichki ijtimoiy-siyosiy barqarorlik mutlaqo izdan chiqqan, Darfur 
mintaqasi esa bugungi dunyoning eng fojiali nuqtalaridan biriga aylandi. Ustiga-ustak, ushbu mamlakat hududi turli xildagi terrorchi unsurlar to'pla-nayotgan va harbiy tayyorgarlikdan o'tayotgan o'nlab jangarilar uyalari amal qilayotgan xatarli joyga aylandi.
Ikkinchi guruhga Osiyo qif asida joylashgan yana bir necha arab davlatlarini kiritish mumkin. Turli-tuman siyosiy, iqtisodiy va diniy-mafkuraviy sabablarga ko'ra, Falastin hududlari, Iroq Respublikasi diniy ekstremizm bilan bog'liq terrorchilik harakatlaridan katta talafot ko'rmoqda. Saudiya Arabistoni Podshohligida ham terrorizm o'zining mudhish qiyofasini namoyon etmoqda. Vaziyatning keskinlashib ketishi diniy arboblarning aksilterror siyosatini faol qo'llab-quvvatlashga jalb qilinishiga olib kelmoqda. Xususan, 2003-yilning fevralida Saudiya Arabistoni ulamolar Kengashi Podshohlikdagi chet el fuqarolariga hujum qilishni taqiqlovchi fatvo chiqardi. Unda chet elliklarga «kofir» deb qarash islom tamoyillariga mutlaqo zid ekani ta'kidlanadi
Diniy ekstremistik faoliyatning uchinchi o'chog'i Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasida joylashgan deyish mumkin. Ushbu xatarning olovli nafasi, ayniqsa, Pokiston, Indoneziya, Malayziya hamda Hindiston va Fili ppinning ayrim hududlaridao'zining halokatli oqibatlarini namoyon etmoqda. Boshqacha aytganda, qadim-qadimlardan buddaviylik, hinduiylik, islom va boshqa dinlarga e'tiqod qiluvchilar tinch-totuv yashab kelgan ulkan hududda ham ekstremizmning qo'poruvchilik salohiyati o'zini ko'rsatmoqda.

Foydalanilganadabiyotlar:
1. Karimov. I.A. Tinchlik uchun kurashmoq kerak. Т., «O’zbekiston» - 2001.-96bet.
2. Qirg’izboyevM. Terrorizm va ekstremizm:asosiy tushunchalari va yo’nalishlari.-Toshkent.: Abu Ali ibn Sino nomli nashriyot, 2001y.-8 bet.
3. Safarova N. Terrorizm.-Т.:” NOSHIR”, 2009.-56 bet.
4.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “O’zbekiston mustaq’illikka erishish ostonasida” kitobini o’rganish bo’yicha o’quv-uslubiy qo’llanma. A.Sh.Bekmurodov va boshqalar.-Toshkent.:”O’qituvchi”, 2011.-21bet.



Download 37.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling