Diniy ekstremizm va terrorizm – jamiyat taraqqiyotiga tahdid” “Diniy ekstremizm va terrorizm – jamiyat taraqqiyotiga tahdid”
Diniy ekstrеmizmga qarshi kurashning xalqaro tajribasi
Download 37.58 Kb.
|
“Diniy ekstremizm va terrorizm – jamiyat taraqqiyotiga tahdid”
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash har birimizning burchimizdir
Diniy ekstrеmizmga qarshi kurashning xalqaro tajribasi
Bugun dunyo turli qarashlar, g‘oyalar, nuqtai-nazarlarning tamomila yangicha rivojlanish pallasiga kirib, bu unda yashovchi xalqlarning turmush tarzi, g‘oya va mafkuralariga ham birdek katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Aslida turli jamiyat a’zolari munosabatlarining o‘zaro integratsiyasi sifatida tanilgan globallashuv jarayonining vaqt o‘tishi bilan faoliyat yo‘nalishi “trayektoriya”si ham o‘zgarib bormoqda. Atoqli siyosatchi Karl Yaspersning “har bir davr o‘zicha bir tahdiddir”, degan so‘zlari bugun yana bir bor isbotini topayotgandek go‘yo. Inson oliy mavjudot, ammo bu uni xatolardan xoli ekanligini bildirmaydi. Jamiyatda insonlarning xatti-harakatlari va xulq-atvorlarini tartibga solish, ularning o‘zaro aloqalarga asoslangan munosabatlarini shakllantirish uchun insonlarning o‘zlari tomonidan turli institutlar, ya’ni, tom ma’nodagi “tartibga solish qurilmalari” tashkil etilgan. Zero, ular barchasi bir-birlaridan mafkuraviy ozuqa oladilar. Prof. M.Qirg‘izboyev: “Ekstremizm mafkuraviy jihatdan olib qaraganda, o‘zining siyosiy va diniy tizimini tan olib, boshqa qarashlarni butunlay rad etadi. Ekstremistik tashkilot o‘z yo‘lboshchisining barcha buyruqlarini so‘zsiz bajaradi”, - degan fikrni ilgari suradi. Bundan tashqari diniy ekstremistlar boshqa mavjud qarashlar va nazariyalarni keskin rad etadilar. Mavjud holatlarni o‘zgartirish uchun eng so‘nggi choralarni terror yoki boshqa zo‘ravonlik usullarini ham qo‘llaydilar va maqsadlariga kuch ishlatish bilan erishadilar. Boshqalarning ongiga o‘z fikrlarini kuch va g‘oyaviy tahdidlarni ishlatib ham singdiradilar. Bu yo‘lda ularni rad etganlarni jismoniy yo‘q qilishgacha borib yetadilar. Masalan, Turkiyada ana shunday diniy ekstremizm va oqibatida terrorizm 1984-1999-yillar davomida 37 ming kishi halok bo‘lgan2. Demak, diniy ekstremistlarning faoliyatlari o‘z qamroviga siyosiy-diniy-ijtimoiy sohalarni ham olar ekan. Uzoqqa bormaylik, 1991-yilning 9-dekabridagi Namangan voqealari ham bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Diniy ekstremizm va terrorizm, jumladan, xalqaro terrorizm va diniy ekstremizm 5-10 yillik emas, dunyo siyosatchilarining aytishicha, butun XXI asr mobaynida davom etishi mumkin ekan. Shunday ekan, unga qarshi chora-tadbirlarni ham birgalikda ishlab chiqishi kerak. Vazifamiz diniy ekstremizmning jamiyat rivojiga salbiy tasirini yo‘qotish, ularga qarshi kurashishni zaruratga aylantirish, bu borada dunyo tajribasi, erishilayotgan yutuqlar va kamchiliklarga tayanish, kurashish mumkin bo‘lgan asosiy manbalarni tashkil etishimiz zarur. Prezidentimiz Islom Karimov jahon siyosatchilari orasida birinchilardan bo‘lib jahon ahli e’tiborini diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning xalqaro, siyosiy, huquqiy mexanizmi yaratishga qaratdi. O‘zbekiston Prezidenti 1995-yilning 24-oktabrida BMTning 50 yilligi munosabati bilan Bosh Assambleyaning maxsus tantanali yig‘ilishida, 1999-yilning 18-noyabrida Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti (YXHT) ning Istanbul Sammitida so‘zlagan nutqlarida, 2000-yilning 8-sentabrida BMT Bosh Assambleyasining «Ming yillik sammiti»da so‘zlagan nutqlarida diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmga qarshi birgalikda kurashishga da’vat etib, qator prinsipial chora va tadbirlarni taklif qildi. Jumladan: «Xalqaro diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash markazini tashkil etish masalasini keskin qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Mazkur markazning vazifasi – faqat terrorizmning o‘zi bilan emas, balki uni qo‘llab-quvvatlayotgan, qurol-yarog‘ va mablag‘ bilan ta’minlayotgan, joylarga jo‘natayotgan markazlarga qarshi kurashni muvofiqlashtirishdan iborat bo‘lishi darkor»,- deya uqtirdi O‘zbekiston rahbari. Dunyo mamlakatlari diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishning turli choralarini ko‘rib kelmoqdalar. Bunday kurash usullari va yo‘llariga asosan arab davlatlarida qo‘llanilgan va qonuniy e’tirof etilganlarini alohida qayd etish mumkin. Arab davlatlarida o‘z vaqtida diniy ekstremizmiga barham berishga qaratilgan jiddiy amaliy choralar ko‘rilgan: 1934, 1937-yillarda Madriddagi konferensiyada ekstremizm va terrorizm jamoatchilik uchun xavfli deb topilib, ularga qarshi qonun moddalariga o‘zgartirish kiritish zarurligi aytilgan. Bunga 20 dan ortiq davlat qo‘shilgan. 1977-yil 2-iyuldan e’tiboran Misr Arab Respublikasida barcha diniy-siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlangan. 1980-yil 7-iyulda Suriya Arab Respublikasida “Musulmon birodarlar” partiyasi a’zolarini qatl etish to‘g‘risida” qonun qabul qilingan. 1981-yil Tunisda “Mamlakatda diniy aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib etmaslik hamda maktab va jamoat joylarida diniy liboslarni kiyib yurmaslik to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan. Jazoirda “Siyosat bilan faqat siyosiy arboblar shug‘ullanadi” shiori e’lon qilingan. Shuni qayd etish lozimki, bugungi kunda ham ushbu talablarga qat’iy rioya etiladi. Yer yuzidagi ko‘plab mamlakatlarni turli faoliyatlarda hamkorlikka da’vat etadigan Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyat boshlaganiga 70 yildan o‘tdi. Shu yillar mobaynida xalqaro terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashishga oid yigirmadan ortiq xalqaro konvensiyalar qabul qilingan. Ammo birortasida diniy ekstremizm va terrorizm kabi tushunchalar mohiyati keng qamrab olinmagan. Xalqaro hujjatlar son jihatidan shunchalik ko‘p bo‘lsa, nima uchun ulardan samarali natijalar bo‘lmayapti degan savol tug‘iladi? Natijalar kutilganidek samarali bo‘lmayotganligining sabablaridan biri davlatlar va xalqaro miqyosda qabul qilingan hujjat va shartnomalar amalga oshirish mexanizmining yetarlicha ishlamaganligidir. BMT tomonidan qabul qilingan barcha hujjatlarda jahondagi davlatlarni birlashib faoliyat olib borishga da’vat etilgan. Aslida esa, bunga ham to‘liq amal qilinmaydi. Xalqimiz diniy ekstremizm va terrorizm kabi turli yot g‘oyalarning zarari, ularning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri haqida to‘laqonli anglab yetgan. Shuning uchun hurmatli yurtboshimiz Islom Karimov rahnamoligida bu borada turli ijobiy ishlar olib borildi. 1997-yildayoq “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolati” nomli asarida bu zararli oqimlarning mamlakatimiz va jamiyatimiz uchun naqadar xavfli ekanini va ularga qarshi kurashish zarurligini alohida qayd etgandi. Barchamiz bir jon bo‘lib terrorizm va ekstremizm xavfiga qarshi kurash olib borishimiz, “O‘z uyingni o‘zing asra” degan shiorning ma’nosini keng va chuqur anglab Vatanimizning tinchligini, xalqimiz osoyishtaligini ko‘z qorachig‘idek saqlashimiz zarur. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash har birimizning burchimizdir2015-03-25 XX asrning ikkinchi yarmida xalqaro miqyosda o'zini baralla namoyon etayotgan xatarli voqeliklardan biri, shubhasiz, diniy ekstremizm va undan oziqlanayotgan hamda diniy shiorlar bilan niqoblangan terrorizmdir. Bugungi kunga kelib, rnazkur xatar shu qadar keng ko'lam va xilma-xil ko'rinishlar kasb etmoqdaki, odamlar, ko'pincha, unga e'tiborsiz hatto, loqayd bo'lib qolmoqdalar. Boshqacha aytganda, «diniy ekstremizm» va «xalqaro terrorizm» degan tushunchalar hayotiy voqelikning ajralmas qismidek qabul qilinmoqda. Bu — nihoyatda achinarli hoi, albatta. Xo'sh, nega bunday bo'lmoqda, degan savol tug'iladi. Sababi — XIX asrning oxirlarida saltanat sohiblari va davlat arboblariga qarshi qurolli hujumlar shaklida paydo bo'lgan siyosiy terrorizmni bugun har qadamda uchratish mumkin. XX asrning 60-yillaridan boshlab, dunyoning butun-butun mintaqalari turli-tuman terrorchilik tashkilotlarining o'chog'iga aylana boshladi. Ma'lumotlarga ko'ra, bugungi dunyoda 500 ga yaqin terrorchilik tashkilotlari faoliyat ko'rsatmoqda. 1968-1980-yillar davomida ular 6700 ga yaqin terrorchilik amaliyotini sodiretdilar. Natijada 3668 kishi halok bo'lib, 7474 kishi turli jarohatlar olgan. Zamonaviy terrorizmning ikkita alohida xatarli belgisini ajratib ko'rsatish mumkin: bir tomondan, u tobora shafqatsizroq g'ayriinsoniy mohiyat, ikkinchi tomondan, aqlga sig'dirish qiyin jug'rofiy ko'lamlar kasb etib bormoqda. AQSH Davlat departamentining ma'lumotlariga ko'ra, hozirda dunyoda har yili 650 dan ortiq bunday hodisalar sodir etilmoqda. Bu degani - har kuni dunyoning u yoki bu burchagida kimlarnidir qo'rquvga solish orqali muayyan maqsadlarga erishishni ko'zlagan, kamida ikkita qo'poruvchilik amalga oshirilmoqda. Xatarli jihati shundaki, ularning soni muntazam oshib bormoqda. Masalan, 1992-yilda ana shunday noxush voqealarning umumiy soni 362 tani tashkil etgan bo'lsa, bugungi kunga kelib 600 dan oshib ketdi. Shiddat bilan chuqurlashib borayotgan dunyoning globallashuvi, sodda qilib aytganda, unda kechayotgan jarayonlar deyarli barcha mamlakatlarni qariyb birdek qamrab olayotgani bu kabi g'ayriinsoniy harakatlarning xatarli oqibatlarini jiddiy oshirmoqda. Ekstremizm va terrorizm odamlarning ertangi kunga bo'lgan ishonchiga putur yetkazibgina qolmasdan, balki xalqaro miqyosdagi muammolarni, jumladan, turli diniy e'tiqod vakillari bo'lgan xalqlar, hattoki, sivilizatsiyalar orasidagi o'zaro ishonchga soya tashlamoqda, jahontaraqqiyotining tamal toshi bo'lgan xalqaro iqtisodiy va madaniy ham-korlikning rivojlanishiga to’siq bo'lmoqda. Ekspertlarning fikricha, dunyoda faoliyat ko'rsatayotgan terror-chilik tashkilotlarining yuzdan oshigM eng zamonaviy qurollar bilan yaxshi ta'minlangan yirik uyushmalardan iborat. Ular turli qo'poruvchiliklarni sodir etish jarayonida o'zaro hamkorlik qiladilar, ma’lumotlar almashadilar, zarur hollarda, bir-birlariga harbiy, moliyaviy va boshqa shakldagi yordamni ko'rsatadilar. Shunday tashkilotlarning eng yiriklari qatoriga «al-Qoida», «al-Jihod al-Islomiy», «at-Takfir val-Hijra», «Hizbulloh», «XAMAS» (Falastin islomiy qarshilikharakati), «AbuSayyof» (Filippin), «Ozod Achex» va «Lashkari jihod» (Indoneziya), «Qurolli islomiy harakat» (Jazoir) kabilarni kiritish mumkin. Oxirgi yillarda xalqaro miqyosda amal qilayotgan yana bir islomiy tashkilot - «Hizb at-tahrir al-islomiy»ning faoliyati asosli ravishda dunyoning turli mamlakatlaridagi terrorchilik amaliyotlarni sodir etganlikda ko'rilmoqda. Masalaning yana bir taassufli jihati shundaki, diniy liboslarga o'ralgan terrorchi tashkilotlarning mutlaq ko'pchiligi muqaddas islom dinini o'ziga niqob qilib olgan. Dinni qurol qilib olgan bunday ekstremistik harakatlar bugun umuman kishilik jamiyati hayotiga jiddiy tahdid solmoqda deyish mumkin. Shuning uchun, bugun, siyosatshunoslikda «jamiyatning diniy xavfsizligi» degan yangi tushuncha shakllanmoqda. Mutaxassislar din niqobi ostida sodir etilayotgan terrorchilik harakatlarining asl mohiyatini ifoda etuvchi ilmiy mezonlarni qidirmoqdalar. Huquqiy mazmun va mohiyatga ega ana shunday atamalardan biri sifatida «diniy-siyosiy ter-rorizm» tushunchasidan foydalanish va uning xalqaro miqyosda e'tirof etilishiga da'vat etmoqdalar. Bayon etilganlarni nazarda tutib fikr yuritilsa, mustaqillik qo'lga kiritilgandan beri mamlakatimiz va xalqimizning oromini buzib kelayotgan qo'poruvchilik xurujlari, jumladan, 2004-yilning mart— aprel va iyul oylarida sodir etilgan voqealar keng ko'lamli xalqaro terrorchilik tuzilmasining navbatdagi kirdikorlaridan biri ekaniga hech qanday shubha qolmaydi. Dunyoning eng xavfli terrorchi guruhlari qatoriga kiritilgan, «O'zbekiston islomiy harakati»ning O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, AQSH va Isroil dav-latlari elchixonalariga qarshi uyushtirilgan qo'poruvchiliklar uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olgani maxsus xizmatlar va keng jamo-atchilikni chalgitishga urinishdan boshqa narsa emas. Ushbu qo'poruvchi tashkilotning bosh homiysi Usoma bin Lodin asos solgan «al-Qoida» nomli dunyodagi eng yirik terrorchi tashkilot va uning sheriklari «al-Jihod al-islomiy», «al-Muhojirun», «Hizbut-tahrir» kabi diniy ekstremistik tuzilmalar ekani, xalqaro miqyosda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli qo'poruvchiliklarning uzviy qismi ekaniga yana bir dalildir. Download 37.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling