Asr vabosi. Ekstremizm va terrorizm oqimlari tushunchalari Terrorim qatlami paydo bo`lishi va yirik tashkilotlari


Download 358.79 Kb.
bet1/6
Sana22.10.2023
Hajmi358.79 Kb.
#1716446
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
terrorizmga qarshi kurash

Reja:

  • Asr vabosi.Ekstremizm va terrorizm oqimlari tushunchalari
  • Terrorim qatlami paydo bo`lishi va yirik tashkilotlari
  • Mafkuraviy bo`shliqni shakllantirgan Diniy ekstremizm balosi
  • Xulosa:

XXI asr-internet, ajoyib kashfiyotlar asri, inson Koinot sirlari qo’yniga kirib borayotgan asr, axborot va g’oyat ulkan teхnikaviy imkoniyatlar asri bo’lmoqda. Shu davrga kelib insonlarning, ayniqsa yoshlarning hayotiga, kelajagiga xavf soluvchi ekstremizm, terrorizm va shunga o’xshash qatlam paydo bo’ldi.Yer yuzida bu ofatga qarshi keskin kurash olib borilmoqda, jumladan har bir ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan voyaga yetmaganlarni bu xavfdan ogoh etish, ushbu oqimlarning tuzog’iga tushib qolishdan saqlash maqsadida soha mutaxassislari bilan hamkorlikda targ’ibot-tashviqot ishlari sifatini oshirmog’imiz zarur. Manbalarda keltirilishicha diniy ekstremizm va terrorizm kabi hodisalarning ildizlari uzoq tarixga borib taqalishidan dalolat beradi. Shunday bo’lsa-da, ular hech qachon ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyot uchun bugungidek tahdid solmaganini qayd etish lozim. Zero, hozirda diniy ekstremizm va terrorizm global xarakterga ega bo’lib, dunyoning barcha mamlakatlari hamda mintaqalariga birdek xavf solmoqda. Shunday ekan, uning oldini olish, unga qarshi kurashish insoniyatning istiqboliga daxldor masalaga aylanganini e’tirof etish joiz. Islom shiorlaridan tanlab foydalanadigan, dinning asl mohiyatini buzib talqin qiladigan ekstremistik tuzilmalar xuddi yuqoridagi kabi go’yoki, keng xalq ommasi bilan uzviy birlik mavjudligini ko’rsatish, aslida esa jamiyatda tartibsizlik va parokandalikni yuzaga keltirish uchun mablag’ yig’ish, asosiy tahdid manbai sifatida odamlar ongu shurini egallash, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali hokimiyatga erishishdek ehtiyojlarini qondirish maqsadini ko’zlaydi.

Bugungi kunga kelib, ekstremizm va terrorizm xavfi shu qadar keng ko‘lam va xilma-xil ko‘rinishlar kasb etmoqdaki, odamlar, ko‘pincha, unga e’tiborsiz hatto, loqayd bo‘lib qolmoqdalar. Boshqacha aytganda, «diniy ekstremizm» va «xalqaro terrorizm» degan tushunchalar hayotiy voqelikning ajralmas qismidek qabul qilinmoqda. Bu - nihoyatda achinarli hol, albatta. Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi dunyoda 500 ga yaqin terrorchilik tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Zamonaviy terrorizmning ikkita alohida xatarli belgisini ajratib ko‘rsatish mumkin; bir tomondan, u tobora shafqatsizroq g‘ayriinsoniy mohiyat, ikkinchi tomondan, aqlga sig‘dirish qiyin jug‘rofiy ko‘lamlar kasb etib bormoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda dunyoda har yili 650 dan ortiq bunday hodisalar sodir etilmoqda. Bu degani - har kuni dunyoning u yoki bu burchagida kimlarnidir qo‘rquvga solish orqali muayyan maqsadlarga erishishni ko‘zlagan, kamida ikkita qo‘poruvchilik amalga oshirilmoqda. Xatarli jihati shundaki, ularning soni muntazam oshib bormoqda.

  • Bugungi kunga kelib, ekstremizm va terrorizm xavfi shu qadar keng ko‘lam va xilma-xil ko‘rinishlar kasb etmoqdaki, odamlar, ko‘pincha, unga e’tiborsiz hatto, loqayd bo‘lib qolmoqdalar. Boshqacha aytganda, «diniy ekstremizm» va «xalqaro terrorizm» degan tushunchalar hayotiy voqelikning ajralmas qismidek qabul qilinmoqda. Bu - nihoyatda achinarli hol, albatta. Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi dunyoda 500 ga yaqin terrorchilik tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Zamonaviy terrorizmning ikkita alohida xatarli belgisini ajratib ko‘rsatish mumkin; bir tomondan, u tobora shafqatsizroq g‘ayriinsoniy mohiyat, ikkinchi tomondan, aqlga sig‘dirish qiyin jug‘rofiy ko‘lamlar kasb etib bormoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda dunyoda har yili 650 dan ortiq bunday hodisalar sodir etilmoqda. Bu degani - har kuni dunyoning u yoki bu burchagida kimlarnidir qo‘rquvga solish orqali muayyan maqsadlarga erishishni ko‘zlagan, kamida ikkita qo‘poruvchilik amalga oshirilmoqda. Xatarli jihati shundaki, ularning soni muntazam oshib bormoqda.

Download 358.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling