Diniy qarashlar,din,diniy bag'rikenglik Reja
Download 37.8 Kb.
|
Diniy qarashlar,din,diniy bag\'rikenglik
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Dinni barpo qilinglar, unda tafriqaga tushmanglar”
- “Ular bizning sohiblarimizni hurmat qilgan edilar.men ularni o‘zim ikrom qilishni xush ko‘raman”
- “Men bu yerda namoz o‘qisam, keyin boshqa musumonlar ham Umar namoz o‘qigan joyda biz ham namoz o‘qiymiz, deya sizlarni bezovta qiladilar”
- Masihiylar, butparastlar, yahudylar va musulmonlar bab-barobar hukumat hizmatida ishlar edilar”
Diniy bag’rikenglik- boshqacha diniy qarashlar,axloqlar va turmush tarziga nisbatan murosa qilib yashashga odatlanish.Qator mamlakatlarda ko‘p sonli diniy e’tiqod egalari bilan birga kam sonli boshqa dinga e’tiqod qiluvchilar birgalikda, yagona jamiyatda hamkor, hamnafas bo‘lib yashashlarining zarur sharti. Diniy bag‘rikenglik tobora o‘zini g‘ayri insoniy mohiyatini ko‘rsatib, soxta diniy shiorlar ostida gunohsiz odamlarning halok bo‘lishlariga sabab bo‘layotgani diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi qaratilgan harakat hamdir. O‘z diniy qarashlari haqligiga qattiq ishongan, e’tiqod qo‘ygan, boshqacha diniy qarashlar bilan erkin musoxabaga kira olish malakasiga ega bo‘lgan individlarda diniy bag‘rikenglk yaqqol namoyon bo‘ladi. O‘zbekiston xalqlarining diniy bag‘rikenglik an’analari o‘zining ham milliy, ham umumbashariy mohiyati bilan purviqordir. Mamlakatimizda davlat va din o‘rtasidagi munosabatlar diniy bag‘rikenglik tamoyillariga asoslangandir.
Hozirgi globallashuv jarayonida diniy bag‘rikenglik, dinlararo totuvlik, o‘zaro hamkorlik masalasi rivojlangan va rivojlanib borayotgan mamlakatlarning tinchligi va taraqqiyoti uchun eng muhim tamoyillardan biri bo‘lib hizmat qiluvchidir. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, qadim-qadimdan Yurtimizda turli madaniyat, til, urf-odatlar, o‘z turmush tarziga ega bo‘lgan turli dinlarga e'tiqod qiluvchi va bir-biriga o‘xshash bo‘lmagan turli xalqlar, millatlar yashab kelayotgan zamindir desam mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning bu xususida quyidagi so‘zlarini eslab o‘tish maqsadga muvofiq deb bilaman. Jumladan; “Bizning milliy xususiyatlarimiz umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‘lanib ketgan. Asrlar davomida xalqimiz umumbashariy, umuminsoniy qadriyatlar takomiliga ulkan hissa qo‘shgan. Turli millat vakillariga hurmat, ular bilan bahamjihat yashash, diniy bag‘rikenglik, dunyoviy bilimlarga intilish, o‘zga xalqlarning ilg‘or tajribalari va madaniyatini o‘rganish kabi xususiyatlar ham xalqimizda azaldan mujassam” – deb aytganlar. Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan fuqarolar qaysi dinga mansub bo‘lishidan qat'iy nazar birgalikda, tinch va osoyishta sharoitda, Yurtimiz ravnaqi uchun faoliyat yuritib, butun jahonga namuna bo‘layotganligi insonni zavqlantiradi. Alloh taolo buni bardavom qilsin. Respublikamizning bosh qomusida Yurtimizda yashayotgan barcha millat vakillari millati, tili, e'tiqodi, ijtimoiy xolatidan qat'iy nazar O‘zbekiston halqini tashkil qilishi va ularning huquq va manfaatlari, shuningdek e'tiqod erkinligi ta'minlanganligi qayd etilgan. Jumladan; O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasiga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar, qonun oldida tengdirlar” deb qayd qilingan. Bu xususida Yurtimizda vijdon erkinligiga doir qonun asoslari yanada takomillashtirilgan, bugungi kunda Vatanimizda turli din vakillarining hech qanday to‘siqlarsiz o‘z dinlariga e'tiqod qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Yurtimizdagi diniybag‘rikenglik va millatlararo totuvlik tarixiy ildiz va mustahkam qonuniy asoslarga ega bo‘lib, dunyoviy davlat va dinlar orasidagi munosabatlarning mustahkam huquqiy asoslari yaratilgan. Buni jahon tan olmoqda va e'tirof etmoqda. Istiqlol yillarida erishgan eng katta boyligimiz-xalqimizning tinch va osuda hayotidir. Jamiyatimizdagi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va bag‘rikenglik kabi oliyjanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga uyg‘un yashash tamoyili tobora mustahkamlanib borayotgani yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elat vakillari jahon hamjamiyati tomonidan keng e'tirof etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov Vatanimiz o‘z istiqlolini qo‘lga kiritgandan so‘ng oradan ko‘p o‘tmay aytgan so‘zlarini eslab o‘tish ayni muddaodir. Jumladan: “Bugun ana shu din orqali vujudimizga musaffolik, dilimizga, inshoolloh, poklik kirib kelmoqda. Axloq-odob, ma'rifat yana xonadonimiz fayziga, odamlar xislatiga aylanishida islomning o‘rni benihoya bo‘lmoqda” deb gapirib o‘tgan so‘zlari, diniybag‘rikenglikning dinlar tarixini o‘rganishda nechog‘lik muhim ekanligidan darak beradi. Bugun yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek, teng huquqlilik hamda o‘zaro hamjihatlik sharoitida yashab, Vatanimizni yanada ravnaq toptirish yo‘lida mehnat qilib kelishmoqda. Ularning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta'minlash, ta'lim olishlari, qiziqish va layoqatlari bo‘yicha kasb-hunar egallashlari, madaniyatlari, an'ana hamda qadriyatlarini saqlash, rivojlantirishlari uchun barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratib berilgan. Bunday e'tibor natijasida ko‘p millatli xalqimizning boy tarixiy-madaniy merosi qayta tiklandi, qadr topdi. Insoniyat tarixida kishilar orasidagi teng huquqlikning buzilishiga, o‘zaro ziddiyatlarga, kuchli to‘qnashuvlarga va shunga oid insonni ranjitadigan holatlarga sabab bo‘lgan omillardan biri bir – bu turli din vakillarining boshqa dinga e'tiqod va amal qiluvchilarga diniy ayirmachilik asosida qarashi, o‘z diniga bo‘lgan tarafkashlik tuyg‘usi, mutaassibligi, o‘zga dindagi kishilarga boshqacha nazar bilan qarashoari oqibatida bugun dunyoda turli xil inson dilini xufton qiluvchi voqealar, hodisalar bo‘lmoqda. Aynan manashu hodisalar va razolatlarni oldini olish uchun ham diniybag‘rikenglik dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bugungi kunimizda sodir bo‘layotgan turli tafovutlardan qat'iy nazar turli din vakillari, teng huquqli ekanlinlari shiori oldinga surilmoqda. Insoniyat tarixiga nazar tashlasak, islom dini – birinchilardan bo‘lib turli dinlarga e'tiqod qiluvchilarni bir jamiyatda diniybag‘rikenglik, dinlararo o‘zaro hamkorlik tamoyillari asosida, tinch-totuv va emin-erkin, teng huquqli tarzda hayot kechirishlari mumkinligi g‘oyasini ilgari surdi va uni hayotga tadbiq etib, insonlarni unga targ‘ib etdi. Muqaddas dinimizning mo‘tabar manbasi bo‘lgan Qur'oni Karimda barcha samoviy dinlar bir o‘zakdan ekani 15 asr oldin e'lon qilgan. Jumladan: Ya'ni: “Sizlar uchun dindan Nuhga buyurgan narsani va Biz sizga (Muhammadga) vahiy qilgan narsani, (shuningdek) Biz Ibrohim, Muso va Isoga buyurgan narsani shariat qilib: “Dinni barpo qilingiz va unda tafriqaga tushmanglar!”, – dedik. Mazkur oyati karimaga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Nuh, Ibrohim, Muso va Iso (a.s.)larga din yuborgani kabi Payg‘ambarlar sayyidi, ko‘zimizni nuri, qalbimizni sururi bo‘lgan zot Muhammad (s.a.v.)ga ham haq din yuborgan. Yuborgan barcha payg‘ambarlar Alloh taoloning elchilari, tanlab olgan bandalari ekanligiga ishora bo‘lmoqda. Mufassir olimlar Alloh taolo tomonidan yuborilgan payg‘ambarlarga bir xil farmon qilganligini aytib o‘tganlar. U farmon: “Dinni barpo qilinglar, unda tafriqaga tushmanglar”, -degan buyruqdan iborat bo‘lgan. Mana shu ma'nodagi oyatlar dunyo dinlari tarixini mukamal o‘rganish, o‘zaro hamkorlik qilish, bag‘rikenglik tamoyillariga asoslanib faoliyat olib borishga zamin yaratdi. Musulmonlarda boshqa din vakillariga nisbatan toqatsizlik va g‘araz, adovat, nafrat emas, hurmat va bag‘rikenglik, o‘zaro hamkorlik, inoqlik va boshqa ezgu amallar qaror topdi. Mantiqan olib qaraganda, turli din vakillarining bir jamiyat, bir hudud, bir muassasa, hatto bir oila a'zolari bo‘lib jamlanishlari tabiiy holdir. Agar ilohiy ko‘rsatmalarni inobatga olmasdan hamda dinning mohiyatini to‘g‘ri tushunmasdan bu borada turli tafriqachilikka yo‘l qo‘yilsa, jamiyat fuqarolari orasida, shuningdek, bir oilada yashayotgan qondosh-qarindoshlar o‘rtasida ham parokandalik yuzaga kelishi ehtimoldan xoli emas. Qur'oni Karimda yana boshqa bir oyati karimada shunday degan: Ya'ni: “Aytingiz (ey, mo‘minlar!): “Allohga, bizga nozil qilingan narsa (Kitob)ga, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Ya'qub va uning avlodlariga nozil qilingan narsalarga, Musoga, Isoga va (barcha) payg‘ambarlarga Parvardigorlaridan berilgan narsalarga imon keltirdik (ishondik). Biz ular o‘rtasidan birortasini (payg‘ambar emas deb) ajratib qo‘ymaymiz va biz Unga (Allohga) bo‘yin sunuvchilarmiz”, deb marhamat qilgan. Muqadas dinimizning mo‘'tabar manbasi Qur'oni Karimda kelgan diniybag‘rikenglik hukmlariga amal qilishning yorqin ifodasini Habibimiz, Rasulimiz Muhammad (s.a.v.) hayotlarida ko‘rishimiz mumkin. Payg‘ambar (s.a.v.) Madinaga hijrat qilganlaridan so‘ng uyerdagi yahudiylar bilan ahdnoma tuzib, tinch-totuv va jamiyat manfaatlari uchun hamkorlikda yashash asoslarini belgilab, unga amal qilib yashaganlar. Muhammad (s.a.v.) boshqa din vakillari bilan shaxsan yaxshi aloqada bo‘lar, ularga go‘zal muomala qilar edilar. Jumladan ularga hadyalar berib, ular tomonidan berilgan hadyalarni qabul qilardilar. U zotning boshqa din vakillari tomonidan hadya qilingan kiyimlarni kiyib yurganlari bir necha hadislarda zikr etiladi. Bu esa diniybag‘rikenglikka yorqin misol bo‘ladi desam aslo hato bo‘lmaydi. Payg‘ambar (s.a.v.)ning bag‘rikenglik tamoyiliga amal qilganliklariga misol tarzida quyidagi ma'lumot bilan tanishib chiqsak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Muhammad (s.a.v.) Habashistondan kelgan nasroniy mehmonlarni o‘z masjidlariga tushirib: “Ular bizning sohiblarimizni hurmat qilgan edilar.men ularni o‘zim ikrom qilishni xush ko‘raman”, – deb shaxsan o‘zlari ularga xizmat qilganliklari islom tarixini yorituvchi asl manbalarda zikr qilingan. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning bu baradagi bir nechta hadislarida insonning qaysi dinga mansubligidan qat'iy nazar, avvalo, uning insonligi uchun insoniylik nuqtai nazaridan hurmat qilish lozimligi ta'kidlanadi. Jumladan: Abdurahmon Abu Laylo rivoyat qiladilar: “Sahl ibn Nanif va Qays ibn Sa'd Qodisiyada o‘tirishgan edi, yonlaridan bir mayyitning tobutini ko‘tarib o‘tdilar. Shunda ikkovlari o‘rinlaridan turishdi. Buni ko‘rganlar ulardan: “Bu mayyit zimmiylardan-ku?!”–deyishdi. Shunda ular bunday deb javob qildilar: “Bir kuni Rasululloh (s.a.v.)ning yonlaridan bir mayyitning tobutini ko‘tarib o‘tib qoldilar. Shunda u zot o‘rinlaridan turdilar. Keyin uning yahudiy ekanini aytishdi. Rasululloh (s.a.v.): “U ruh emasmi?!” – dedilar”. Hayotdagi barcha shar'iy masalalarda ham turli din vakillari bilan yaxshi muomalada bo‘lish, ularning ziyofat va marosimlarida qatnashish, so‘ygan jonliqlarini yeyish, xatto ayollariga uylanish shar'an ruxsat berilgan amallardan hisoblanadi. Bu borada fiqhiy kitoblarimizda kerakligicha muolaja qilingan va xulosalar berilgan. Payg‘ambar Muhammad (a.s.v.) vafotlaridan keyin ham, u Zot boshlab bergan (diniybag‘rikenglik, dinlararo hamkorlik, o‘zaro muloqot) boshqa din vakillari bilan yaxshi muomalada bo‘lish an'anasi uzviy va izchil tarzda davom ettirildi. Masalan, Hazrati Umar (r.a.)ning davrlarida fath qilingan o‘lkadagi Iliyo ahli nasroniylariga o‘zlari so‘raganidan ham ko‘proq imkoniyatlar berganlar. Shunda nasorolar patriarxi hazrati Umar (r.a.)ga o‘sha yerning bosh kanisasida asr namozini o‘qib olishi mumkinligini bildirganida: “Men bu yerda namoz o‘qisam, keyin boshqa musumonlar ham Umar namoz o‘qigan joyda biz ham namoz o‘qiymiz, deya sizlarni bezovta qiladilar”, – deb u yerda namoz o‘qimaganlar. Mana bu ham bag‘rikenglikning hayotdagi va turli dinlar o‘rtasidagi totuvlik tamoyili ekanligini isbotlovchi omildir. G‘arblik dinshunos (tarixchilar)dan Mark Says Horun ar-Rashid davridagi bag‘rikenglikni shunday izohlagan: “Masihiylar, butparastlar, yahudylar va musulmonlar bab-barobar hukumat hizmatida ishlar edilar”, deb yozganligini gapirib o‘tishimiz ham foydalikdir. Tarixga nazar tashlab uni o‘rganadigan bo‘lsak, Xalifa Ma'mun o‘z “Akademiyasi”ga turli din va mazhab sohiblari bo‘lgan olimlarin to‘plagan, “Ilmdan nimani xohlasangiz, bahs qilaveringlar, faqat toifachilik mushkuloti kelib chiqmasligi uchun har kim o‘z diniy kitobidan dalil keltirmasa, bo‘ldi”, – degani ham dinlar o‘rtasidagi yaxshi munosabatni shakillanishiga asos bo‘lib hizmat qiladi. Tarixdan bu kabi asl misollarni islom tarixidan ham boshqa dinlar tarixidan ham juda ko‘plab keltirish mumkin. Islomning bosh manbalrida ta'kidlangan hamda Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) tamonidan qanday amal qilinishi ifoda etilgan ko‘rsatmalar bugungi kunimizga qadar davom etib kelmoqda. Jamiyatimizda turli konfetsiya vakillarning tinch-totuv hayot kechirishi, dinlar orasida hamjihatlik tamoyillarini qo‘llab-quvvatlovchi do‘stona muloqotlar qilinishi qadimiy an'analarimizning doimiy barqarorligiga dalolat qiladi. Xulosa o‘rnida shuni aytib o‘tishni o‘zimizga qaror qildik, ushbu kichkina maqolada bugungi kunda insoniyat e'tiqod qilib kelayotgan dinlarning qay biri haq va qay biri nohaq ekani yuzasida mulohaza yuritmadik. E’tibor qilinsa ikki zarurat insoniyat va davlatlar o‘rtasidagi kurashni keltirib chiqaradi. Moddiy va ma’naviy ehtiyojlar. Moddiy ehtiyojlar tabiatda resurslar cheklanganligi bois ko‘pincha kurashlar va nizolarga sabab bo‘ladi. Ikkinchi ehtiyoj esa insonning dini, irqi hamda millati hurmat qilinishi va boshqalar tomonidan tan olinishi masalasidir. Birinchi ehtiyojning qanchalik zarurati haqida ortiqcha to‘xtalishning hojati yo‘q. Chunki u hammamizga ma’lum. Ammo oxirgi paytlarda diniy bag‘rikenglik tushunchasi haqida tez-tez gapirilayotgan bo‘lsa-da, uning mohiyatini hammamiz ham chuqur anglayvermaymiz. Shu bois bugun dinshunos olim va mutaxassis fikr-mulohazalari asosida “Diniy bag‘rikenglik nima va u odamlarga, jamiyatga nima beradi?” degan savollarga javob izlaymiz. – Diniy bag‘rikenglik – tinchlikka xizmat qilib, odamlar o‘rtasidagi tabaqalashishning oldini oladi, teng huquqlilikni ta’minlashga xizmat qiladi, – deydi O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO kafedrasi katta o‘qituvchisi, falsafa fanlari (РhD) doktori Ramziddin Isakjanov. – Sababi turli din va elatga mansub aholi orasida totuvlikni ta’minlash, ularning bir jamiyatda ahil-inoq yashashiga sharoit yaratish zarurati aholi soni oshib borayotgan, diniy-etnik munosabatlar tobora murakkablashib borayotgan bir paytda juda zarur. Bunga esa bag‘rikenglik, ayniqsa diniy bag‘rikenglik orqali erishiladi. Yurtimiz O‘zbekistonda 130 nafardan oshiq millat va elatlar ahil-inoq yashab kelmoqda. Buning boisi mamlakatimizda barcha din vakillarining urf-odatlari, an’ana va qadriyatlariga hurmat bilan qaraladi. Turli din vakillari bir jamoa va tashkilotlarda teng huquqli mehnat faoliyatini amalga oshiradi. Natijada mamlakatimiz nafaqat O‘rta Osiyoda, balki butun dunyoda ham millatlar o‘rtasidagi totuvlikni ta’minlashga yaxshi hissa qo‘shayotgan davlat sifatida boshqalarga namuna bo‘lib kelmoqda. – Atrofdagi bo‘layotgan voqealarga diniy bag‘rikenglik bilan munosabatda bo‘lish, o‘zaro bir-birini hurmat qilish davlatlar o‘rtasidagi ishonchni, do‘stlikni mustahkamlaydi, – deydi poytaxtimizdagi Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobiljon Sobirov. – Masalan, barchamizga ma’lum ikkinchi jahon urushida yurtimizga 250 ming atrofida bolalar evakuatsiya qilingan. Ular nemis, koreys, rus, ozarbayjon, gruzin, tatar kabi turli millat bolalari bo‘lib, yurtimizdagi maktablarda o‘zbek qorako‘zlari bilan birga o‘qishgan. Odamlarimiz o‘z uylaridan ularga boshpana, joy berishgan. Yaxshilik beiz qolib ketmaydi-da. Yaqinda faoliyatimiz yuzasidan Belarusiyaning Ivanova shahrida bo‘ldik. Urush paytida shaharning chekka bir qishlog‘ida katta gospital bo‘lgan ekan. O‘sha gospitalda vafot etgan askarlar qishloqdagi qabristonga ko‘milgan. O‘sha qabristonga borganimizda men ko‘plab o‘zbek ismlarini ko‘rdim: Shuhrat, Shofayzi, Murodilla, Asatilla kabi. Shahidlarning kelgan yurti, manzillari aniq yozilmagan bo‘lsa-da, ularning aksariyati o‘zbekistonlik ekanini ich-ichimdan his qildim. Qabrlarning atrofi top-toza, obodonlashtirilgan, atrofiga gullar qo‘yilgan. Surishtirsam, shu yaqin atrofdagi maktab o‘quvchilari muntazam qabristonga kelib, u yerni obodonlashtirar, gullar ekarkan. Shunda o‘sha qishloqdagilardan ham, o‘quvchilarni shunday savobli ishga chorlagan maktab jamoasidan ham xursand bo‘ldim. Ularga o‘zimning minnatdorchiligimni bildirdim. Bag‘rikenglikning yorqin namunasi bo‘lgan bu ishni haligacha yaxshi xotira bilan yodga olaman. Har bir davlatda rang-barang millat vakillari yashab, istiqomat qiladi. Masalan, yurtimizdagi koreys millati vakillarini olaylik. Ular ham vatanimizda teng huquqlilik asosida yashayapti. Yurtimizdagi muhit, sharoit ma’qulki, ular shu yerda, biz bilan birga. Qaysidir sohada astoydil mehnat qilyapti. Mehnatlariga yarasha e’tirof etilyapti. Davlatimizning turli mas’ul lavozimlarida xizmat qilmoqda. Bunday misollarga tojik, tatar, turk kabi yana ko‘plab millat vakillarini misol qilishimiz mumkin. Ularning dini, urf-odati hurmat qilingani bois uzoq yillardan buyon xalqimiz vakillari bilan ahil yashab kelmoqda. Ayniqsa, shu paytgacha O‘zbekistonda yashab fuqaroligi bo‘lmagan yurtdoshlarimizga Shavkat Mirziyoyev prezidentligining dastlabki besh yilida katta e’tibor qaratilib, fuqarolik berilishidan ularning ko‘ksi tog‘dek ko‘tarildi. Endilikda ular yurtimiz ravnaqi uchun sidqidildan mehnat qilib, davlatimiz rivojlanishi uchun yanada ko‘proq hissa qo‘shishga intilmoqdalar. – Ammo dunyoga nazar tashlaganimizda urushlar, jang-u jadallar, qarama-qarshiliklar, diniy va irqiy shakldagi qonli to‘qnashuvlar insonlar o‘rtasida diniy bag‘rikenglik yetishmayotganini anglatib turibdi, – deydi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Odiljon Ernazarov. – Shu nuqtai nazardan insonlar o‘rtasida diniy bag‘rikenglikni shakllantirish yuqoridagi kabi urushlar va qarama-qarshiliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Diniy bag‘rikenglik — siz bilan bir hududda, bir joyda ishlayotgan inson, boshqa bir din vakilining ham siz bilan teng huquqli ekanini tushunish, u bilan fikringiz bir xil bo‘lmagan taqdirda ham uning qarashlarini sabr bilan tinglash va hurmat qilishdir. Qayerdaki diniy bag‘rikenglik yaxshi rivojlansa, o‘sha o‘lkada turli diniy va irqiy nizolar, kelishmovchiliklar kuzatilmaydi, kamayadi. Shu bois men barchani tarixan bag‘rikenglikning real misollarini ko‘rsatishga boy bo‘lgan o‘lkamizga, ajdodlarimizga munosib bo‘lishga, o‘zaro hamjihat bo‘lishga chorlab qolaman. Yurtimiz hududida qadim davrlardan etnik va diniy xilma-xillikka hurmat bilan qarab kelingan. Haqiqatan asrlar davomida yirik shaharlarimizda masjid, cherkov va sinagogalar faoliyat ko‘rsatib, turli millat va dinga mansub qavmlar o‘z diniy amallarini erkin ado etib kelganlar. Tariximizning eng murakkab, og‘ir davrlarida ham ular o‘rtasida diniy asosda mojarolar bo‘lmagani, xalqimizning diniy bag‘rikenglik borasida katta tajriba to‘plaganidan dalolat beradi. O‘zga xalqlar tili, urf-odatlari va an’analariga chuqur hurmat, ularning o‘zligini saqlab qolish, madaniy-ma’rifiy ehtiyojlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratish va har tomonlama yordam ko‘rsatish bag‘rikenglikning yorqin xususiyatlaridandir. Aynan mana shunday bag‘rikenglik, sabr-bardoshlilik madaniyatimizning benazir namunalarini saqlab qolish, asrlar sinovidan olib o‘tish, kamol toptirish hamda o‘zga madaniyatlarning ahamiyatli natijalari bilan boyitishga sharoit yaratdi. IX asrdan boshlab hozirgi O‘zbekiston hududida islom dini sunniy yo‘nalishining hanafiy mazhabi qaror topdi. Albatta, bu bejiz emasdi. Zero, Imom A’zam mazhabi o‘zga dinlar va mahalliy urf-odatlarga nisbatan erkinlik berishi bilan ajralib turadi. Hanafiylik ta’limotini takomilga yetkazgan vatandoshlarimiz – Imom Moturidiy, Abul-Mu’in an‑Nasafiy va al-Marg‘inoniy kabi allomalar musulmonlar orasidagi g‘oyaviy tarafkashliklikka barham berish, islom dinining “ahli sunna val-jamoa” yo‘li barqaror bo‘lib qolishiga katta hissa qo‘shdilar. Diyorimizdan yetishib chiqqan allomalarning asarlarida diniy bag‘rikenglik bilan bog‘liq qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi g‘oyalar keng yoritib berilgan. Buyuk alloma, moturidiya aqidaviy yo‘nalishi asoschisi Abu Mansur al‑Moturidiyning asarlarida bayon etilgan bag‘rikenglik g‘oyalari bunga misol bo‘la oladi. Jumladan, Moturidiy Qur’oni Karim oyatlarining tafsiriga bag‘ishlangan, islom olamida juda keng tanilgan “Ta’vilot ahli sunna” asarida “Haj” surasi 40‑oyat tafsirida: “Cherkov va sinagogalarni vayron etish man etiladi. Shuning uchun ham, musulmonlar yurtida shu davrgacha ular buzilmay saqlanib qolgan. Bu masalada ahli ilm orasida ixtilof yo‘qdir”,– deb qat’iy ta’kidlaydi. Samarqandlik faqih, mufassir Abu Lays Samarqandiy esa o‘zining “Bahr al‑ulum” nomli tafsir kitobida Qur’oni Karimdagi “Mumtahana” surasining 8, 9‑oyatlari sharhida “Sizlar bilan dinda urush qilmagan o‘zga din vakillari bilan bordi‑keldi qiling, ular bilan adolatli muomala qiling”,- deb yozadi. Movarounnahrlik yana bir mashhur faqih, mufassir Abul Barakot an‑Nasafiy o‘zining “Madorik at‑tanzil” asarida mazkur oyatlarni “O‘zga din vakillariga ehtirom ko‘rsating hamda ularga so‘zda va amalda yaxshilik qiling”, ‑ deb sharhlaydi. Ma’lumki, musulmon mamlakatlarida yashovchi boshqa dinga e’tiqod qiluvchilarni shariat hukmi bo‘yicha ularning barcha moddiy va ma’naviy huquqlari, ya’ni mol-mulki, hayoti, diniy e’tiqodi, urf-odatlari, tili, madaniy merosi dahlsizligi musulmonlar zimmasida bo‘lgan. Shu tufayli o‘rta asrlardayoq musulmon xalqlari, jumladan, diyorimizda yashovchi xalqlar ham diniy murasasozlik va bag‘rikenglikning huquqiy asoslarini ishlab chiqib, hayotga tatbiq etganlar. Buning isboti sifatida islom qonunchiligining eng nufuzli asoschisi, vatandoshimiz Burhoniddin Marg‘inoniyning butun musulmon dunyosida o‘rta asrlardan boshlab shu davrgacha islom qonunchiligi bo‘yicha eng mo‘’tabar manba hisoblanuvchi “Hidoya” asaridan ayrim fikrlarni keltiramiz: “Chunonchi islomning beshta farzidan biri bo‘lgan “Zakot” ni olishga islom diniga e’tiqod qiluvchilar haqli deb hukm chiqarilgan bo‘lsa, boshqa dinga e’tiqod qiluvchilar ichida ham moddiy yordamga muhtoj kishilarga xayr-ehson, sadaqaning boshqa hamma turlari berilishi mumkin, deb hukm chiqariladi. Buning dalili Rasululloh (s.a.v)ning: “Barcha dinlarning ahllariga sadaqa beraveringlar”, -degan hadislaridir ”. Yuqorida bayon qilingan fikr-mulohazalarni hamda yurtimizdan yetishib chiqqan mutaffakkirlarning asarlaridan keltirilgan ma’lumotlarni umumlashtirgan holda quyidagi xulosaga kelish mumkin: Mamlakatimiz tom ma’noda diniy bag‘rikenglikning tarixiy merosxo‘ri sifatida jahon hamjamiyatida e’tirof etilmoqda. Zero, yurtimizda doimo “diniy bag‘rikenglik” g‘oyasi ilgari surilgan. Xususan, diyorimizdan yetishib chiqqan Zamaxshariy, Marg‘inoniy, Moturidiydek buyuk allomalarimizning asarlarida “diniy bag‘rikenglik” g‘oyasi, shu zaminda yashovchi turli e’tiqodga mansub xalqlarni yurt farovonligi yo‘lidagi intilishlarini ta’minlovchi muhim omil bo‘lib kelganligi ta’kidlanadi. Download 37.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling