Diniy tashkilot
-modda. Diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi murojaatni koʻrib chiqish
Download 39.74 Kb.
|
Документ Microsoft Word (15)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 21-modda. Diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish muddatlari
- 22-modda. Diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish yakunlari
20-modda. Diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi murojaatni koʻrib chiqish
Elektron murojaatni yuboruvchi elektron soʻrovni shakllantirishni yakunlab, elektron tizim tomonidan avtomatik tarzda belgilanadigan davlat boji toʻlovini amalga oshiradi. Davlat boji toʻlanganidan keyin diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi murojaat koʻrib chiqish bosqichiga oʻtadi. Agar murojaatda toʻgʻrilash mumkin boʻlgan xatolar mavjud boʻlsa yoki ushbu Qonunda talab qilinadigan yoxud elektron murojaatni yuboruvchi havola qilayotgan hujjatlar mavjud boʻlmasa, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ unga besh ish kuni ichida xatolarni tuzatish va yetishmayotgan hujjatlarni yuborish uchun imkon beradi. Roʻyxatdan oʻtkazuvi organ elektron murojaatni yuboruvchining iltimosnomasiga koʻra bu muddatni besh ish kunidan kam boʻlmagan muddatga uzaytirishi mumkin. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish uchun yuborilgan hujjatlarning ishonchliligini va ularning qonunchilikka muvofiqligini tekshirishga haqli. 21-modda. Diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish muddatlari Diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjatlar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan quyidagi muddatlar ichida koʻrib chiqiladi: diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish uchun – murojaat olingan kundan eʼtiboran bir oylik muddatda; diniy tashkilotni qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun – murojaat olingan kundan eʼtiboran oʻn besh kunlik muddatda. 22-modda. Diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish yakunlari Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish yakunlariga koʻra quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish haqidagi; diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi. Diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran uch ish kuni ichida: diniy tashkilot haqidagi maʼlumotlarni diniy tashkilotlar reyestriga kiritadi; diniy tashkilotni soliq organlarida va statistika organlarida hisobga qoʻyishni amalga oshiradi; elektron tizimda diniy tashkilotning shaxsiy kabinetini yaratadi; diniy tashkilotning roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi elektron guvohnomani shakllantiradi; diniy tashkilotning roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi elektron guvohnomani va diniy tashkilot ustavini diniy tashkilotning elektron tizimdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi. Diniy tashkilotning qayta roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi elektron guvohnomada diniy tashkilot haqidagi avvalgi maʼlumotlar, shu jumladan uning nomi, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning nomi, diniy tashkilot roʻyxatdan oʻtkazilgan sana, shuningdek qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan sana koʻrsatiladi. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning oʻzgarishi munosabati bilan diniy tashkilot qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan taqdirda, yangitdan roʻyxatdan oʻtkazgan organ ilgarigi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni tegishli roʻyxatdan oʻtkazishga oid maʼlumotlarni koʻrsatgan holda elektron tizim orqali bu haqda xabardor qiladi. Diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, qaror qabul qilingan kundan keyin bir ish kuni ichida elektron murojaatni yuboruvchining elektron tizimdagi shaxsiy kabinetiga rad etish asoslari koʻrsatilgan holda xabarnoma yuboriladi. Diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish rad etilganligi, basharti rad etish asoslari bartaraf etilsa, hujjatlarni takroran taqdim etish uchun monelik qilmaydi. Download 39.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling