Diniy tashkilot


-modda. Diniy tashkilotning faoliyatini toʻxtatib turish oqibatlari


Download 39.74 Kb.
bet13/15
Sana18.06.2023
Hajmi39.74 Kb.
#1583571
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Документ Microsoft Word (15)

26-modda. Diniy tashkilotning faoliyatini toʻxtatib turish oqibatlari
Diniy tashkilotning faoliyati sudning qarorida belgilangan muddatga toʻxtatib turilgan taqdirda, uning xayriya fondlari muassisi sifatidagi huquqlari ham toʻxtatib turiladi, unga tadbirlar tashkil etish, bank omonatlaridan foydalanish taqiqlanadi, bundan xoʻjalik faoliyati, mehnat shartnomalari boʻyicha xarajatlar, oʻz harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplash va jarimalar toʻlashga doir xarajatlar mustasno.
Agar diniy tashkilot faoliyatini toʻxtatib turishning sud tomonidan belgilangan muddati davomida uning faoliyati toʻxtatilishi uchun asos boʻlib xizmat qilgan qoidabuzarliklar bartaraf etilsa, mazkur muddat tugaganidan keyin diniy tashkilot oʻz faoliyatini qaytadan boshlashi mumkin.
Diniy tashkilot koʻrsatilgan qoidabuzarlikni bartaraf etmagan taqdirda, uning faoliyatini toʻxtatib turish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma kiritgan organ mazkur diniy tashkilotni tugatish haqida sudga taqdimnoma kiritishi mumkin.
27-modda. Diniy tashkilotni tugatish tartibi
Diniy tashkilotni tugatish qonunchilikka va diniy tashkilotning ustaviga asosan amalga oshiriladi.
Diniy tashkilotni tugatish diniy tashkilotning vakolatli rahbar organi qaroriga binoan ixtiyoriy ravishda yoki ushbu Qonun 26-moddasining uchinchi qismiga muvofiq sud tartibida amalga oshiriladi.
Diniy tashkilotni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan diniy tashkilotning rahbar organi yoki sud tugatuvchini – tugatish komissiyasini yoki jismoniy shaxsni tayinlaydi, diniy tashkilotni tugatish muddatini belgilaydi.
Tugatish komissiyasi tarkibiga, qoida tariqasida, tegishli yuridik, iqtisodiy maʼlumotga ega va (yoki) buxgalteriya sohasida amaliy tajribaga ega boʻlgan shaxslar kiritiladi.
Diniy tashkilotning rahbar organi tomonidan diniy tashkilotni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, tugatuvchi haqidagi maʼlumotlar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga diniy tashkilotni tugatish toʻgʻrisida rahbar organ qabul qilgan qarorning elektron koʻchirma nusxasi ilova qilingan holda uch ish kuni ichida elektron tizim orqali taqdim etiladi.
Diniy tashkilot sud tomonidan tugatilgan taqdirda, tugatuvchi sudning qarorini elektron tizim orqali olganidan keyin qarorning elektron koʻchirma nusxasini roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga uch ish kuni ichida taqdim etadi.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tugatuvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni va diniy tashkilotni tugatish haqidagi rahbar organning qarorini olganidan keyin ikki ish kuni ichida reyestrga diniy tashkilotning tugatish jarayonida ekanligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritadi hamda bu haqda diniy tashkilot davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joydagi soliq organlarini va statistika organlarini, koʻchmas mulkka va avtotransportga boʻlgan huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarni, shuningdek sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishni taʼminlash boʻyicha organlarni elektron tizim orqali xabardor qiladi.

Download 39.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling