Diniy tashkilot


-bob. Vijdon erkinligini taʼminlash asoslari


Download 39.74 Kb.
bet3/15
Sana18.06.2023
Hajmi39.74 Kb.
#1583571
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Документ Microsoft Word (15)

2-bob. Vijdon erkinligini taʼminlash asoslari
4-modda. Vijdon erkinligini taʼminlash
Vijdon erkinligi – bu fuqarolarning xohlagan dinga eʼtiqod qilish yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik boʻyicha kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir.
Fuqaro dinga, dinga eʼtiqod qilishga yoki eʼtiqod qilmaslikka, ibodatlarda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda ishtirok etishga yoki ishtirok etmaslikka, diniy taʼlim olishga nisbatan oʻz munosabatini belgilayotganda uni u yoki bu tarzda majburlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Voyaga yetmaganlarni ularning xohish-irodasiga, ota-onasining yoki qonuniy vakillarining xohish-irodasiga zid tarzda diniy tashkilotlarga jalb etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oʻz diniga eʼtiqod qilish yoki ishonish erkinligiga nisbatan faqat qonunda nazarda tutilgan cheklovlar tatbiq etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zoʻrlik bilan oʻzgartirish, uning suvereniteti va hududiy yaxlitligiga putur yetkazish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini kamsitish, urushni, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targʻib qilish, fuqarolarning sogʻligʻi va axloqiga tajovuz qilish, fuqarolar totuvligini buzish, vaziyatni beqarorlashtiruvchi tuhmatdan iborat uydirmalarni tarqatish, aholi oʻrtasida sarosima uygʻotish hamda shaxs, jamiyat va davlatga qarshi qaratilgan boshqa harakatlar sodir etish maqsadida dindan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
5-modda. Vijdon erkinligini taʼminlashning asosiy ustuvorliklari
Vijdon erkinligini taʼminlashning asosiy ustuvorliklari quyidagilardan iborat:
fuqarolarning dinga munosabatidan qatʼi nazar, diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻymagan holda, ularning vijdon erkinligiga boʻlgan oʻz huquqlarini amalga oshirishi uchun teng shart-sharoitlar yaratish;
konfessiyalar oʻrtasidagi tinchlik va totuvlikni mustahkamlash, jamiyatda diniy bagʻrikenglikni taʼminlash;
vijdon erkinligini taʼminlashda dunyoviy davlat qurilishini saqlab qolish;
vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikka fuqarolar hamda diniy tashkilotlar tomonidan rioya etilishini taʼminlash;
jamoat tartibiga, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining sogʻligʻi va axloqiga, huquq va erkinliklariga tahdid soluvchi diniy gʻoyalar hamda qarashlarning singdirilishi va tarqatilishiga qarshi kurashish.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita vijdon erkinligini, shuningdek vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikning amalda izchil hamda bir xil tarzda qoʻllanilishini taʼminlashga doir choralarning amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli organ deb yuritiladi).

Download 39.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling