Diniy tashkilot


Oʻzbekiston Respublikasining QONUNI


Download 39.74 Kb.
bet2/15
Sana18.06.2023
Hajmi39.74 Kb.
#1583571
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Документ Microsoft Word (15)

Oʻzbekiston Respublikasining QONUNI
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 4-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 26-iyunda maʼqullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi vijdon erkinligini taʼminlash sohasidagi munosabatlarni, shuningdek diniy tashkilotlar faoliyatini tartibga solishdan iborat.
2-modda. Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik
Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
diniy taʼlim muassasasi – muayyan konfessiyaga mansub boʻlgan, diniy tashkilotlarning professional xizmatchilarini va ular uchun zarur boʻlgan diniy xodimlarni tayyorlash uchun diniy tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha markaziy boshqaruv organi tomonidan tashkil etilgan muassasa;
diniy tashkilot – fuqarolarning belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan, birgalikda dinga eʼtiqod qilish, ibodat qilish, diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarish maqsadida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni oʻz faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) oʻz ishtirokchilari (aʼzolari) oʻrtasida taqsimlamaydigan koʻngilli birlashmasi (mahalliy diniy tashkilot, diniy taʼlim muassasasi va diniy tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha markaziy boshqaruv organi);
diniy tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha markaziy boshqaruv organi – bir konfessiyaning mahalliy diniy tashkilotlari, shuningdek diniy taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining kamida sakkizta maʼmuriy-hududiy birligida (Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatda, Toshkent shahrida) roʻyxatdan oʻtib faoliyat koʻrsatayotgan mahalliy diniy tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan diniy tashkilot;
mahalliy diniy tashkilot – Oʻzbekiston Respublikasining tegishli tumani (shahari) hududida doimiy yashayotgan, oʻn sakkiz yoshga toʻlgan, ellik nafardan kam boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tashabbusi bilan tashkil etilgan, faoliyatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, va Toshkent shahri, tuman yoki shahar hududida amalga oshiruvchi diniy tashkilot (masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, ibodatxonalar va boshqalar);
missionerlik – aniq maqsadga qaratilgan mafkuraviy taʼsir oʻtkazish orqali shaxsni (bir guruh shaxslarni) oʻz diniga kiritish maqsadida unga (ularga) diniy qarashlarni majburan singdirishga va diniy taʼlimotni tarqatishga doir faoliyat;
qonunga xilof diniy faoliyat – diniy tashkilot sifatida roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat koʻrsatish, diniy tashkilot tomonidan faoliyatni oʻzi turgan joydan, shu jumladan ibodat qilinadigan binolardan va diniy tashkilotga tegishli hududlardan tashqarida amalga oshirish, shuningdek diniy taʼlim muassasalaridan tashqarida xususiy tartibda diniy taʼlim faoliyati bilan shugʻullanish;
diniy professional taʼlim – diniy taʼlim muassasalarida oʻquvchilarga maʼlum bir konfessiyaga oid diniy bilimlar berishga qaratilgan jarayon;
prozelitizm – missionerlik faoliyatining bir konfessiyaga eʼtiqod qiluvchilarni boshqa konfessiyalarga oʻtkazishga qaratilgan shakli.

Download 39.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling