Diniy tashkilot


-modda. Diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) chogʻida davlat xizmatlari koʻrsatish


Download 39.74 Kb.
bet8/15
Sana18.06.2023
Hajmi39.74 Kb.
#1583571
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Документ Microsoft Word (15)

15-modda. Diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) chogʻida davlat xizmatlari koʻrsatish
Davlat xizmatlari, shu jumladan diniy tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazishda (qayta roʻyxatdan oʻtkazishda) xizmatlar adliya organlarining elektron tizimi orqali koʻrsatiladi.
Elektron tizimga kirish elektron raqamli imzo yoki shaxsni identifikatsiyalash imkonini beruvchi boshqa usullar orqali amalga oshiriladi.
Murojaat qiluvchi elektron tizimga kirganidan keyin oʻzining shaxsiy kabinetidagi tegishli murojaat turini tanlaydi, maʼlumotlarni bosqichma-bosqich kiritadi va hujjatlarni elektron tizim orqali yuboradi.
Elektron tizimda shakllantirilgan yoki adliya organlari tomonidan yuborilgan elektron hujjatlarda matritsali shtrix kod (QR-kod) va identifikatsiyalangan raqamlar mavjud boʻladi. Bunda elektron hujjatda koʻrsatilgan identifikatsiyalangan raqamni elektron tizimning maxsus boʻlimiga kiritish orqali elektron hujjat toʻgʻrisidagi axborotni olish uchun imkoniyat yaratiladi.
Elektron tizimning ishlash tartibi, maʼlumotlarning turlari va shakllari, shuningdek elektron hujjatlarning namunalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
16-modda. Diniy tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish
Diniy tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish adliya organlari (bundan buyon matnda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Markaziy boshqaruv organlarini va diniy taʼlim muassasalarini roʻyxatdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan, mahalliy diniy tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish esa tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi diniy tashkilotlarning chet el fuqarolari boʻlgan xodimlarini (rahbarlarini), shuningdek ularning oʻz qaramogʻida boʻlgan oila aʼzolarini akkreditatsiya qilishni amalga oshiradi.
Diniy tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazganlik, diniy tashkilotlarning chet el fuqarolari boʻlgan xodimlarini, shuningdek ularning oʻz qaramogʻida boʻlgan oila aʼzolarini akkreditatsiya qilganlik uchun “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
Diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazgan organ ushbu tashkilot faoliyatining ustav maqsadlariga va qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Download 39.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling