Diniy tashkilotlarni tashkil etish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Download 25.53 Kb.
|
RUSTAMOVA FERUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-VARIANT DINIY TASHKILOTLARNI TASHKIL ETISH VA DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH NI
- MISSIONERLIK TASHKILOTLARI ASOSAN QANDAY MAQSADLARNI KO‘ZLAYDI Javoblar 1. Diniy tashkilot
1-VARIANT DINIY TASHKILOTLARNI TASHKIL ETISH VA DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISHNI HUQUQIY JIHATDAN ASOSLAB BERING. SAHOBALAR VA TOBEINLAR DAVRIDA ISLOM DININING AHVOLI HAQIDA MA`LUMOT BERING. MISSIONERLIK TASHKILOTLARI ASOSAN QANDAY MAQSADLARNI KO‘ZLAYDI? Javoblar 1. Diniy tashkilot - diniy ehtiyojlarni birgalikda qondirish yoki qondirishga koʻmaklashish maqsadida tuziladigan va diniy marosimlarni ado etish asosida ish koʻradigan ixtiyoriy, teng huquqli va oʻz-oʻzini boshqaruvchi uyushma. Ayni vaqtda u fuqarolarning vijdon erkinligini kafolatlovchi tuzilmalardan hisoblanadi. D.t.larning taʼlimoti, tarixiy anʼanalari, diniy uyushmalar tuzilishida tutgan oʻrni va roli turli-tuman boʻlishi mumkin. Fuqaroning D.t.ga aʼzoligi uning huquqiy maqomini, jumladan boshqa shaxslar bilan tengligini cheklab koʻya olmaydi. D.t.larning eng muhim belgisi — ularning oʻz-oʻzini boshqarishidir, yaʼni, ular maʼmuriy jihatdan davlat idoralaridan ajratilgan. D.t.larning faoliyati qonunlarga zid kelmasa, davlat ularning ichki aqidaviy ishlariga aralashmaydi. Ular oʻz ustav (nizom)lariga muvofiq tashkil topish va ish yuritish, xodimlarni tanlash, tayinlash va almashtirish huquqiga egadirlar. D. t.larning ustavlari ularning tuzilishi, diniy taʼlim va faoliyatning boshqa masalalarini belgilab beradi. Baʼzi D.t.lar iyerarxiya tizimida tashkil topgan. Mas, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Rus pravoslav cherkovining Toshkent va Oʻrta Osiyo Yeparxiyasi masjidlar, cherkovlar, oʻquv yurtlari, mahalliy tashkilotlar va oʻz boshqaruv organlariga ega. Oʻzbekistan Respublikasining "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida"gi (1998) qonunida taʼkidlanganidek, Oʻzbekistan Respublikasi fuqarolarining dinga eʼtiqod qilish, ibodat, rasm-rusum va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan koʻngilli birlashmalari (diniy jamiyatlar, diniy oʻquv yurtlari, masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, monastirlar va b.) D.t.lar deb eʼtirof etiladi. Tegishli ustav (nizom) asosida faoliyat yurituvchi respublika diniy uyushmalari Oʻzbekistan Respublikasining Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olinadi. Viloyat, tuman va shahar, shaharcha va qishloq hududida boʻlgan D.t.lar tegishli viloyatlar, shuningdek, Toshkent sh. hokimligi adliya boshqarmalari tomonidan roʻyxatga olinadi. D.t. roʻyxatga olingandan sung u yuridik shaxsga aylanadi. D.t. yuridik shaxs sifatida qonunlarga va oʻz nizomiga muvofiq holda huquqlardan foydalanadi hamda majburiyatlarni oʻtaydi. D.t. rahbarining tashkilot ustavini roʻyxatdan oʻtkazishdan boʻyin tovlashi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka olib keladi. Roʻyxatdan oʻtmagan D.t.larning faoliyat koʻrsatishiga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar. D.t.lar faoliyati ikki holda: ular oʻz nizomlariga muvofiq tugatilganda va "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻtrisida"gi qonun qoidalari yoki boshqa qonun hujjatlariga rioya qilinmaganda toʻxtatiladi. D.t. faoliyatini toʻxtatish haqidagi qaror Oʻzbekistan Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent sh. hokimligining adliya boshqarmalari tomonidan qabul qilinadi. D.t.lar qabul qilingan qaror ustidan xalq sudiga shikoyat qilish huquqiga ega, shikoyat fuqarolik ishlarini yurituvchi sud tomonidan koʻrib chiqiladi. D.t.lar tasarrufida binolar (masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, kirxalar, monastirlar, ibodatxonalar va b. inshootlar), i.ch. korxonalari (bosmaxonalar, fermalar, badiiy-tikuv sexlari va h.k.), ijtimoiy va xayriya obʼyektlari (yetimxonalar, qariyalar uylari va h.k.), diniy anjomlar (diniy kitoblar, ikonalar, shamlar va h.k.), ular faoliyatini taʼminlash uchun zarur transport vositalari, pul va b. mulklar boʻlishi mumkin. D.t.larning mulkiy huquqi qonun tomonidan himoya qilinadi. 2.Qurʼon (arabcha: القرآن oʻqimoq, qiroat qilmoq) — musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi. Islom eʼtiqodiga koʻra, Qurʼon vahiy orqali Muhammad paygʻambarga 610—632 yillar davomida nozil qilingan Allohning kalomi (Kalomulloh). Qurʼon „Kitob“ (yozuv), „Furqon“ (haq bilan botilning orasini ayiruvchi), „Zikr“ (eslatma), „Tanzil“ (nozil qilingan) kabi nomlar bilan atalib, „Nur“ (yorugʻlik), „Hudo“ (hidoyat), „Muborak“ (barakotli), „Mubin“ (ochiq-ravshan), „Bushro“ (xushxabar), „Aziz“ (eʼzozlanuvchi), „Majid“ (ulugʻ), „Bashir“ (bashorat beruvchi), „Nazir“ (ogohlantiruvchi) kabi soʻzlar bilan sifatlangan. Islom olamida Qurʼon musʼhaf nomi bilan ham mashhur. Islom ulamolari Qurʼonning 30 xil nom va sifatlarini sanab oʻtganlar. Qurʼonning har bir nusxasi musulmonlar tomonidan eʼzozlanadi. Ammo ularning ichida Usmon Qurʼonlarining alohida oʻrni bor. Toshkentda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasining maxsus hujrasida saqlanayotgan Usmon Qurʼoni bevosita xalifa Usmon davrida (644—656) yozilgan muqaddas qoʻlyozma deb hisoblanadi. Hozirgi kunda jahonda „Usmon Qurʼoni“ degan nom bilan ataladigan 4 qoʻlyozma mavjud. Ulardan biri Madinada saqlanayotgan asl nusxa boʻlib, islom manbalarida u „Imom“ deb ataladi. Ikkinchi nusxa Kaʼbada, uchinchi nusxa Qohira (Misr milliy kutubxonasi)da saqlanmoqda. Toʻrtinchisi Toshkentda Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyida uzoq vaqt saqlanib, 1989 yil boshida musulmonlar qurultoyida Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasiga saqlash uchun topshirilgan. Boshqa tadqiqotchilar (Ahadjon Hasanov va boshqalar) maʼlumotiga koʻra, Toshkentdagi Usmon musʼhafidan tashqari Qohira va Istanbul shahrida (2 ta) saqlanayotgan nusxalari mavjud. Toshkentda saqlanayotgan Qurʼonning bu yerga kelib qolishi tarixi haqida turli taxminlar bor. Koʻpchilik tadqiqotchilar uni Amir Temur Basradan Samarqandga olib kelgan, degan fikrni bildiradilar. Boshqa tarixchilar (Hamid Ziyoyev va boshqalar) Amir Temur Toʻxtamishni magʻlubiyatga uchratib, Oltin Oʻrdani egallaganidan keyin, oʻsha Qurʼonni qoʻlga kiritib, Samarqandga keltirgan, degan xulosada. Tarixda yana boshqa farazlarga ham duch kelinadi. Ushbu Qurʼon 1868 (baʼzi manbalarda 1869 yil) Samarqanddan Sankt-Peterburgga olib ketiladi va avval Rossiya xalq maorifi vazirligiga, soʻngra shahardagi Saltikov-Shchedrin kutubxonasiga beriladi. Oktyabr toʻntarishidan soʻng, musulmonlar qurultoyining iltimosiga koʻra, RSFSR XKSning qarori bilan musulmonlarga qaytarib berilgan. Avval Ufada saqlanib, 1923 yilda Toshkentga keltirilgan. Bir necha vaqt Samarqandda, keyin Toshkentdagi Respublika xalq kutubxonasida, OʻzSSR FA Sharq qoʻlyozmalari institutida saqlangan. 20-asr boshlaridagi tekshiruvga koʻra, musʼhafning umumiy hajmi 68x53 sm hisoblanib, 353 varaqdan iborat boʻlgan. Bu varaqlarning yaltiroq va sargʻish rangdagi yuz tomoni yaxshi saqlanib, ularning orqa beti salgina gʻijimlangan, bir oz uringan kabi koʻrinar edi. musʼhafning sahifalari nam tortishi natijasida bir muncha shikastlangan va ularda qon dogʻlari bor edi. Uning yirtib olingan yoki qattiq shikastlangan varaqlari oʻrniga 69 ta teriga oʻxshash qalin va mayin varaqlar tikib qoʻyilgan. Bu varaqlar paxta qogʻozlardan mohirlik bilan ishlangan boʻlib, ularni musʼhafning asl sahifalaridan farqlash qiyin edi. 3. “Davlat diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo‘llab quvatlaydi. Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan hatti-xarakatlar (prozelitizm), shuningdek boshqa har qanday missionerlik faoliyati man etiladi”.(“Vijdon erkinligi to‘g‘risida” gi qonunning 5-moddasi) Missionerlik so‘zi lotin tilidagi “missio” so‘zidan olingan bo‘lib, “yuborish”, “vazifa topshirish”, missioner esa “vazifani bajaruvchi” degan ma’nolarni anglatadi. Missionerlik bir dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ‘ib qilish bilan bog‘liq nazariy va amaliy faoliyatni bildiradi. Missionerlik faoliyatining eng cho‘qqisi bu prozelitizm. Prozelitizm – bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri biron bir dinga ishongan kishini majburan o‘z dinidan voz kechtirish va o‘zga dinni qabul qilishga majburlashdir. U o‘z mohiyatiga ko‘ra missionerlikning tarkibiy qismi hisoblanadi. Prozelitizm natijasida kelib chiqayotgan salbiy oqibatlar juda ko‘p. Zero necha yuz yillardan buyon islom diniga e’tiqod qilib kelayotgan xalqimizni ichida Prozelitizm ilgari surayotgan g‘oyalar fuqarolar orasida turli qarama-qarshiliklarni keltirib chiqarishi turgan gap. Xususan, xristian dinini qabul qilgan kishilar vafot etganda jasadni qabristonga qo‘yish bilan bog‘liq muammolar kelib chiqadi. Mayitning yaqinlari o‘z farzandlarini xristian mozoriga dafn etishni xohlamaganlari, musulmonlar esa xristian dini vakili jasadini o‘z musulmon birodarlari yotgan joyga qo‘yishni istamaganliklari natijasida kelishmovchiliklar yuzaga kelmoqda. Xristian yoki boshqa dinni qabul qilgan qizning turmushga chiqishi ham muammoga aylanmoqda. Oilada qizning ota-onasi musulmon. Albatta, ular o‘z qizlarini musulmon kishiga turmushga chiqishini istaydilar. Ammo xristianlikni qabul qilgan qizga musulmon kishining uylanishi amri mahol. Bu kabi misollarni juda ko‘plab sanash mumkin. Missionerlik harakati ham bugun yoki kecha paydo bo‘lgan zararli g‘oya emas. Aksincha, buddizm dinini targ‘iboti bilan bog‘liq bu harakatlar dastlab milloddan avvalgi III asrlarda Hindistonda paydo bo‘lgan. Xristianlikda esa missionerlik harakatlari IV asrda vujudga kelgan. Bu harakatning bevosita paydo bo‘lishi va kengayishida o‘z davrida rivojlangan mamlakatlarning mustamlakachilik siyosati asosiy omil bo‘lganligi, undan bevosita g‘oyaviy kuch sifatida keng foydalanilganligi missionerlikning asl qiyofasini yaqqol ko‘rsatadi. Demak, missionerlik muayyan bir diniy guruh tomonidan boshqa dinlarga mansub kishilarni o‘z diniga da’vat qilishdan iborat axloqsiz harakat sifatida amalda mustamlakachilik siyosatiga qulay muhit yaratadi, g‘oyaviy va mafkuraviy qurol bo‘lib xizmat qiladi. Xristian missionerlik tashkilotlarning maqsadlari asosan uch nuqtaga qaratilgan: 1.Xalqlarni xristianlashtirish. Shu orqali ularni iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy jihatdan g‘arb davlatlari ta’sir doirasiga tushurish. 2.Xalqlar o‘rtasida o‘z e’tiqodiga shubha uyg‘otish ishonch va e’tiqoddan yuz o‘girish va undan chiqqishiga olib kelish. 3.Xristianlikni qabul qilganlarni o‘z e’tiqodida qattiq turishini ta’minlash va shu orqali ularning safini “Yangi xristianlar” bilan to‘ldirish. Bu maqsadlarga erishish uchun ular hech nimani ayamaydilar va doimo o‘z uslub va metodlarini takomillashtirib boradilar, jumladan, ba’zi xristian diniy tashkilotlari quyidagi usullaridan o‘zlarining missionerlik xarakatlarida foydalanganlar: -xayriya yordamini ko‘rsatish, bunga birinchi navbatda moddiy yordam kiradi, tibbiy yordam hamda oziq-ovqat bilan ta’minlash ham xayriya yordami hisoblanadi. Bunday harakatlari bilan ular o‘zlari haqida ijobiy xulosa yoki bahoga ega bo‘ladilar. Hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘ladilar: -bepul xristianlikni targ‘ib qiluvchi mahalliy tilda chop etilgan, juda sifatli rangli ishlangan kitob va jurnallarni tarqatish. -xristianlikga chaqiruvchi video-audio kassetalarni tarqatish; -tibbiy, ta’lim-tarbiya sohasiga maxsus kadrlarni yuborish (tibbiy xizmatchi, o‘qituvchi-murabbiy); -missionerlik ruhidagi kutubxona, ingliz tili va kompyuter o‘rgatish xonalarini tashkil etish; -o‘z saflariga qo‘shilganlarni moddiy rag‘batlantirish, ularni xorijiy safarlarga yuborish va ish bilan ta’minlash. Missionerlik harakatida yana bir holatini alohida ajratish lozim. Bu ma’lum bir ijtimoiy qatlamni ajratib olish va bilan maqsadli ish olib borish. Jumladan, yoshlar bilan ishlashning turli missiyalari mavjud bo‘lib, ulardan biri bolalar uchun xristian lagerlarini tashkil qilish. Bugungi kunda missionerlik yo‘li bilan insonlarni Allohning dinidan qaytarayotganlar hamda ularga ko‘r-ko‘rona ergashayotganlar insoniy fitrat va sof his-tuyg‘ulardan mahrum bo‘lgan, hoyu-havaslariga ergashayotgan kishilardir. Yuqoridagilardan ma’lumki Missionerlik va Prozelitizm azaldan islom dini va isomiy qadryatlarga beshik bo‘lgan bizning yurtimizning tinchini buzishga qartilgan g‘arazli maqsadlarining biridir. Biz bundan ogoh bo‘lmoqligimiz va o‘z dinimizdan og‘ishmagan holda mustahkam turib yoshlarni ham bunday g‘oyalar ta’siriga tushib qolishlaridan saqlashimiz zarur. Zero ertangi kun, kelajagimiz egalari yoshlardir. Ular to‘g‘ri yo‘ldan borishlari esa davlatimiz kelajagining kafolatidir. Manbalar asosida “Xoja Buxoriy” islom bilim yurti o‘qituvchisi S. Xudoyqulov tayyorladi. Download 25.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling