Dinlari tarixi
Download 1.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Dunyo dinlari tarixi 11 sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shavkat Mirziyoyev BUGUN DARSDA QUYIDAGILAR BILAN TANISHASIZ
- TARIXGA NAZAR
Mahmud
Zamaxshariy 30 MARKAZIY OSIYO DINLARI 5-6-§ Markaziy Osiyo mintaqasining qadim da Buyuk Ipak yo‘lida joylashganligi bu yerda ko‘p millatli va konfes- siyali davlatning shakllanishiga sabab bo‘ldi. Buyuk Ipak yo‘li Shosh, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi qadi- miy shaharlar orqali o‘tgan. Bu shaharlarda yirik kar- vonsaroylar, savdo rastalari va bozorlarning rivojlani- shi bilan birga turli madaniyat, til va din vakillari ham jamlandi. Tabiiyki, ular o‘z urf-odat va an’analarini ham olib kirishdi. Markaziy Osiyo mintaqasida tarqalgan eng qadimgi dinlardan biri zardushtiylikdir. Bugungi kunda bu dinga e’tiqod qiluvchilarning soni ko‘p emas. Buyuk Ipak yo‘li nafaqat hududlar o‘rta- sida savdo-sotiq aloqalarini, balki davlatlar va qit’alar o‘rtasida axborot almashu- vini ta’minlashga xizmat qilgan. Shavkat Mirziyoyev BUGUN DARSDA QUYIDAGILAR BILAN TANISHASIZ: 1. Markaziy Osiyoda tarqalgan dinlarning hozirgi holati. 2. Zardushtiylik jamoalarining zamonaviy hayot tarzi. 3. Tangrichilikdagi «Uyg‘onish» harakati va buning zararli oqibatlari. Buyuk Ipak yo‘li O‘rta asrlarda Sharq va G‘arb mamlakatlarini o‘zaro bog‘lagan qit’alararo kar von yo‘li. «Buyuk Ipak yo‘li» atamasi ushbu yo‘ldan tashilgan qimmatbaho tovar – Xitoy ipagi bilan bog‘liq. Marka- ziy Osiyoda qadimdan jahon dinlari – buddaviylik, xristianlik, islom dinlari tarqalgan. Shuningdek, moniylik va yahudiylik dinlari ham mavjud bo‘lgan. TARIXGA NAZAR 31 Jahon miqyosida zardushtiylikning diniy manbasi Avestoni o‘rganish avestoshunoslik nomini olgan. Ho- zir AQSh, Rossiya, Eron, Hindiston davlatlarida yirik avestoshunoslik markazlari mavjud. Bugungi kunda eng yirik zardushtiy jamoalari — Eron gebrlari va Hindis- ton parslari o‘rtasida faqatgina til, ibodatlarni o‘tka zish shakli va yil hisobi borasida ba’zi ixtiloflar mavjud. Ayni damda Hindistonda ruhiy jihatga e’tibor beruvchi qator guruhlar yuzaga kelgan. Globallashuv ta’sirida so‘nggi vaqtlarda zardushtiy- likni isloh qilish, ko‘pgina marosimlarni bekor qilib, faqat «Gat»larni muqaddas kitob deb tan olish fikri olg‘a surilmoqda. Hozirda jahon miqyosida zardushtiy- lar Hindistonda 100 ming, Eronda 50 ming, Yevropa, Osiyo mamlakatlari hamda Amerikada bir necha ming kishini tashkil etadi. Eron gebrlari Hindiston parslari Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling