Dinlari tarixi


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/97
Sana21.10.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1714929
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   97
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi 11 sinf

Mahmud
Zamaxshariy


30
MARKAZIY OSIYO DINLARI
5-6-§
Markaziy Osiyo mintaqasining qadim da Buyuk Ipak 
yo‘lida joylashganligi bu yerda ko‘p millatli va konfes-
siyali davlatning shakllanishiga sabab bo‘ldi. Buyuk 
Ipak yo‘li Shosh, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi qadi-
miy shaharlar orqali o‘tgan. Bu shaharlarda yirik kar-
vonsaroylar, savdo rastalari va bozorlarning rivojlani-
shi bilan birga turli madaniyat, til va din vakillari ham 
jamlandi. Tabiiyki, ular o‘z urf-odat va an’analarini 
ham olib kirishdi. 
Markaziy Osiyo mintaqasida tarqalgan eng qadimgi 
dinlardan biri zardushtiylikdir. Bugungi kunda bu dinga 
e’tiqod qiluvchilarning soni ko‘p emas. 
Buyuk Ipak 
yo‘li nafaqat 
hududlar o‘rta-
sida savdo-sotiq 
aloqalarini, balki 
davlatlar va 
qit’alar o‘rtasida 
axborot almashu-
vini ta’minlashga 
xizmat qilgan.
Shavkat
Mirziyoyev
BUGUN DARSDA QUYIDAGILAR BILAN TANISHASIZ:
1. Markaziy Osiyoda tarqalgan dinlarning hozirgi holati. 
2. Zardushtiylik jamoalarining zamonaviy hayot tarzi. 
3. Tangrichilikdagi «Uyg‘onish» harakati va buning zararli oqibatlari.
Buyuk Ipak yo‘li O‘rta asrlarda Sharq va G‘arb mamlakatlarini o‘zaro 
bog‘lagan qit’alararo kar von yo‘li. «Buyuk Ipak yo‘li» atamasi ushbu 
yo‘ldan tashilgan qimmatbaho tovar – Xitoy ipagi bilan bog‘liq. Marka-
ziy Osiyoda qadimdan jahon dinlari – buddaviylik, xristianlik, islom 
dinlari tarqalgan. Shuningdek, moniylik va yahudiylik dinlari ham 
mavjud bo‘lgan.
TARIXGA NAZAR


31
Jahon miqyosida zardushtiylikning diniy manbasi 
Avestoni o‘rganish avestoshunoslik nomini olgan. Ho-
zir AQSh, Rossiya, Eron, Hindiston davlatlarida yirik 
avestoshunoslik markazlari mavjud. Bugungi kunda eng 
yirik zardushtiy jamoalari — Eron gebrlari va Hindis-
ton parslari o‘rtasida faqatgina til, ibodatlarni o‘tka zish 
shakli va yil hisobi borasida ba’zi ixtiloflar mavjud. 
Ayni damda Hindistonda ruhiy jihatga e’tibor beruvchi 
qator guruhlar yuzaga kelgan.
Globallashuv ta’sirida so‘nggi vaqtlarda zardushtiy-
likni isloh qilish, ko‘pgina marosimlarni bekor qilib, 
faqat «Gat»larni muqaddas kitob deb tan olish fikri 
olg‘a surilmoqda. Hozirda jahon miqyosida zardushtiy-
lar Hindistonda 100 ming, Eronda 50 ming, Yevropa, 
Osiyo mamlakatlari hamda Amerikada bir necha ming 
kishini tashkil etadi.
Eron gebrlari
Hindiston parslari

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling