Dinlari tarixi


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/97
Sana21.10.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1714929
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   97
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi 11 sinf

Imom Moturidiy
Hayot ipining uchi Xudoning qo‘lida ekan, nima uchun bu hayotni 
unga ishonmaslik kerak.
Maxatma Gandi
Yaxshilik qil, daryoga tashla, bilsa baliq, bilmasa Xoliq. 
Xalq maqoli
Har bir ishda xayr bor.
Xalq hikmati
Ushbu hikmatlar dinning qaysi funksiyalarini amalga oshiradi?
IJODIY FAOLIYAT


29
Moslashuv funksiyasi. Din odamlarning yangi ij-
timoiy muhitga moslashishiga yordam beradi. Ayrim 
sabablarga ko‘ra, boshqa mamlakatlarga ko‘chib ketgan 
kishilar yangi joyda notanish mahalliy urf-odatlarga 
oson ko‘nika olmaydilar. Bunday sharoitda ular o‘zlari 
e’tiqod qiladigan dinning rasm-rusumlarini va e’tiqod 
normalarini hamda ona tilini saqlab qolish orqali ma-
daniy va milliy qadriyatlarini keyingi avlodlarga uza-
tadilar.
Albatta, din yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan muhim ij-
timoiy funksiyalarni bajarib, jamiyat a’zolari dunyo-
qarashiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. 
Mamlakatimizda islom dinidagi mo‘tadillik tamoyili 
kishilarning shaxsiy va ijtimoiy hayotlaridagi mavjud 
muammolarga bag‘rikenglik, saxovat, savob, himmat 
kabi axloqiy qadriyatlar asosida oqilona yondashishga 
undaydi. Shu nuqtayi nazardan, islom dinidagi bu ta-
moyil O‘zbekistonning bugungi kundagi shiddat bilan 
kechayotgan ijtimoiy taraqqiyoti uchun ma’naviy omil-
lardan biri bo‘lib xizmat qiladi.
MUSTAHKAMLASH UCHUN 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Dindan g‘arazli maqsadlarda foydalanish qanday ijtimoiy muam-
molarga olib keladi?
2. Din va jamiyat munosabatlarini o‘rganuvchi fan sohasi qanday 
nomlanadi?
3. Din sotsiologiyasining asosiy maqsadi nimada?
4. Dinning ijtimoiy hayotdagi qanday funksiyalarini bilasiz?
5. Dinning jamiyatdagi «funksiyasi» va «roli» tushunchalari nima-
larda ifodalanadi?
To‘g‘ri va haq 
yo‘ldan yurgan 
kishining yurishi 
arslon yurishi-
dan ko‘ra ham 
mahobatliroq 
(haybatliroq)dir.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling