Dinlari tarixi


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/97
Sana21.10.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1714929
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   97
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi 11 sinf

TARIXGA NAZAR


41
O‘ZBEKISTONING XALQARO ISLOM 
TASHKILOTLARIGA A’ZOLIGI
2016-yil Toshkent shahrida Islom hamkorlik tash-
kiloti ishtirokida «Ta’lim va ma’rifat – tinchlik va 
bunyod 
korlik sari yo‘l» mavzusida xalqaro anjuman 
bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Islom hamkorlik tashkilotidagi 
raislik davri uchun taklif etilayotgan ustuvor maqsadlar-
dan birining kontekstida davlatimizning ayrim tashab-
buslarini e’lon qildi. 
Birinchi tashabbus nafaqat islom madaniyati, balki 
umumbashariy sivilizatsiyaga benazir hissa qo‘shgan 
buyuk ajdodlarimizning ko‘p qirrali diniy-ma’naviy me-
rosini o‘rganishga ixtisoslashgan Samarqanddagi Imom 
Buxoriy xalqaro tadqiqotlar markazini tashkil etishdan 
iborat. O‘zbekistonning yana bir tashabbusi – Tosh-
kent islom universiteti (hozirgi O‘zbekiston xalqaro 
islom akademiyasi) tarkibida Ta’lim, fan va madaniyat 
masalalari bo‘yicha islom tashkiloti (ISESCO — Isla-
mic Educational, Scientific and Cultural Organization)
ning maxsus kafedrasini tashkil etish bilan bog‘liqdir. 
Yangi kafedra faoliyatining asosiy yo‘nalishini musul-
mon dunyosidagi ta’lim, ilm-fan va madaniyat tarixi 
MA’LUMOT UCHUN
IHTga jami 57 davlat a’zodir. O‘zbekiston ushbu tashkilotga 1996-yil
2-oktabrda qabul qilingan. Bosniya va Gersegovina, Markaziy Afri-
ka Respub likasi, Rossiya, Tayland, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, 
shuningdek, BMT, Arab mamlakatlari ligasi, Afrika ittifoqi, Iqtisodiy 
hamkorlik tashkiloti, Qo‘shilmaslik harakati tashkiloti kuzatuvchi ma-
qomiga ega. IHT esa xalqaro huquq subyekti sifatida BMTda kuzatuv-
chilik qilishga haqli.
TARIXGA 
NAZAR
ISESCO – IHT 
huzuridagi mus-
taqil tashkilot. 
1979-yili ta’sis 
etilgan. Nizomi 
1982-yildagi 
Ta’sis Konferen-
siyada (1982-yil, 
Fes shahri) qabul 
qilingan..


42
hamda ularning hozirgi holatini o‘rganish 
va ular haqida talabalarga chuqurlashtirilgan 
maxsus kurslarni berish tashkil etadi. 
Bugungi kunda IHT va O‘zbekiston o‘rta-
sida hamkorlik istiqbollarini bir qator global 
va mintaqaviy muammolarni hal qilishda 
ko‘rish mumkin. Respublikamiz IHT tar-
kibidagi Ta’lim, fan va madaniyat masa-
lalari bo‘yicha islom tashkiloti (ISESCO) 
bilan ham mustah 
kam aloqalarga ega. Da-
rhaqiqat, mazkur tashkilot 2007-yilda Tosh-
kent shahrini islom madaniyati poytaxti, deb 
e’lon qilgan edi. Shu bilan birga, ISESCO 
tomonidan 2020-yilda vatanimizning yana 
bir durdonasi – Buxoro shahriga ham shu 
nomning berilishi mo‘ljallangan.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling