Dinlari tarixi


BUGUN DARSDA QUYIDAGILAR BILAN TANISHASIZ


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/97
Sana21.10.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1714929
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   97
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi 11 sinf

BUGUN DARSDA QUYIDAGILAR BILAN TANISHASIZ:
1. Xalqaro terrorizm muammosi.
2. Mutaassiblik ildizlari.
3. Zamonaviy mutaassib oqimlar va ularning maqsadlari, mafkura-
viy tizimi.
Inson ixtiro 
qilgan vayron-
kor qurollar 
orasida so‘z eng 
xatarli va kuchli 
qurolligicha 
qolmoqda.
Paulo Koelo
MA’LUMOT UCHUN
2017-yil Misrning Shimoliy Sinay yarim orolidagi So‘fiy masjidida 
amalga oshirilgan dahshatli teraktda 128 kishi yaralandi, 300 dan ortiq 
odam halok bo‘ldi, shundan 27 nafari bolalar edi.


44
ga oshiriladi, ularda minglab insonlar halok 
bo‘lmoqda va mayib-majruhga aylanmoqda.
Uchinchidan, xalqaro terrorizmga qarshi 
kurash borasida alohida bir yirik davlat yoki 
yuksak taraqqiy etgan davlatlar guruhining 
sa’y-harakatlari yetarli emas. Keskin global 
muammoga aylangan xalqaro terrorizmga 
qarshi kurashda dunyo hamjamiyati, ko‘plab 
davlatlar va xalqlarning kuchlarini birlashti-
rish talab etiladi.
To‘rtinchidan, xalqaro terrorizm fenome-
ni va bugungi kunning boshqa global muam-
molari o‘rtasidagi bog‘liqlik tobora aniq va 
ravshan ko‘zga tashlanmoqda. Shu bois, ho-
zirgi vaqtda xalqaro terrorizm muammosi 
umuminsoniy, global muammolar komplek-
sida muhim element sifatida ko‘rilishi lozim. 
U rivojlangan «mehnat bozori» va yirik ka-
pitalga ega, global miqyosdagi o‘ta foydali 
«biznesga» aylandi. Bunday «yaxshi yo‘lga 
qo‘yilgan terror tizimini» faqatgina tizimli 
va kompleks yondashuv asosida, dunyoda-
gi barcha aksilekstremistik va aksilterrorchi 
kuchlarni birlashtirib, xalqaro hamkorlik 
asosida bartaraf qilish mumkin.
MUTAASSIBLIK ILDIZLARI
Mutaassiblik ildizlari o‘rta asrlarga borib 
taqaladi. Islomdagi ilk oqim Xalifa Ali ibn 
Abu Tolib (r.a.) bilan umaviylar o‘rtasidagi 
kurash davomida 657-yilda vujudga kelgan.
Hokimiyat uchun kurashda Ali ibn Abu 
Tolib Muoviya ibn Abu Sufyon (r.a.) ta-
MA’LUMOT UCHUN
2004-yil 1-sentabr kuni 
Shimoliy Osetiyaning Bes-
lan shahrida qurollangan 
terrorchi guruh 1-maktab 
o‘quvchilari, ota-onalar va 
o‘qi 
tuvchilarni garovga ol-
dilar. Ikki kun ichida 1128 
kishidan 314 nafari halok 
bo‘ldi. Ulardan 186 nafari 
bolalar edi.


45
rafdorlari (umaviylar) bilan muzokara olib borishga 
ko‘ngan. Bu hol xalifa Ali haqiqiy vorislik huquqiga 
ega, deb hisoblagan tarafdorlarning o‘rtasida norozilik 
tug‘dirgan. Qo‘shinning bir qismi Alini kelishuvchilik-
da ayblab, undan ajralib ketgan va keyinchalik Aliga 
ham, umaviylarga ham qarshi kurash boshlagan. Ular 
tarixda xorijiylar deb nom qoldirgan. Xorijiylar o‘zlari-
ning siyosiy raqiblariga nisbatan o‘ta murosasiz bo‘lish-
gan. Katta gunoh (kabira) qilgan musulmonlarni kofir-
ga chiqarib, ularga qarshi qurolli jihod olib borganlar. 
Keyinchalik xorijiylar bir necha guruhlarga bo‘linib ket-
gan. Umaviy va abbosiy xalifalar VII-IX asrlarda xori-
jiylarga qarshi keskin kurash olib borganlar. Xorijiylar 
xalifalikdagi ko‘pgina qo‘zg‘olonlarda qatnashganlar. 

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling