Dinlari tarixi


ZAMONAVIY MUTAASSIB OQIMLAR


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/97
Sana21.10.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1714929
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   97
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi 11 sinf

ZAMONAVIY MUTAASSIB OQIMLAR
VA ULARNING MAQSADLARI,
MAFKURAVIY TIZIMI
Keyingi yillarda Yevrosiyo qit’asi va Afrikada joy-
lashgan qator mamlakatlarda ijtimoiy-siyosiy vaziyatga 
salbiy ta’sir o‘tkazayotgan ekstremistik va terroristik 
tashkilotlarning faollashuvi kuzatilmoqda.
Diniy sohada ekstremizm boshqa din vakillariga 
o‘ta murosasizlik (masalan, Hindistonda musulmonlar 
va hinduiylar, hinduiylar va sikxlar, Myanmadagi mu-
sulmonlarning qirg‘in qilinishi va boshqa nizolar), bit-
ta din ichidagi (Pokiston, Afg‘oniston, Iroqda sunniylar 
va shialar) mojaroli munosabatlar, dunyoviy tuzumga 
qarshi kurash (aksariyat musulmon mamlakatlarida) 
yoki xalqaro darajadagi sivilizatsion qarama-qarshiliklar 
(«Al-Qoida», «Hizbulloh» tashkilotlari ) bilan bog‘liq. 
Ey imon 
keltirganlar! 
Mol-
mulklaringizni 
o‘rtada nohaq 
(yo‘llar) bilan 
yemangiz! 
O‘zaro rozilik 
asosidagi tijorat 
bo‘lsa, u bundan 
mustasno. 
Shuningdek, 
o‘zlaringizni 
(bir-biringizni 
nohaq) 
o‘ldirmangiz! 
Albatta, Alloh 
sizlarga rahm-
shafqatlidir.
Qur’oni karim, 
Niso surasi,
29-oyat


46
O‘zini islom nomi bilan bog‘laydigan ekstremistik 
tashkilotlarning xususiy jihatlari quyidagilardan iborat:
– dunyoviy davlat va jamiyatga murosasiz muno-
sabatda bo‘lish;
– dinning davlatdan ajratilishini rad etish va ja-
miyatning barcha a’zolarini shariat talablari asosida 
hayot kechirishga majburlash;
– islom dinini dunyoning boshqa jamiyatlariga qarshi 
qo‘yish;
– mamlakatlarning mustaqilligi va hududiy yaxlit-
ligini tan olmaslik, yagona davlat — «xalifalik» qurish 
g‘oyasini ilgari surish;
– o‘z maqsadlari yo‘lida davlat va jamiyatda ijti-
moiy-siyosiy barqarorlikni izdan chiqarishga qaratilgan 
xatti-harakatlarga urg‘u berish;
– o‘z g‘oyalariga ergashmagan musulmonlarni din-
dan chiqqanlikda, «kofir»likda ayblash, an’anaviy islom 
tarafdori bo‘lgan ulamolarni obro‘sizlantirish, ularga 
taz yiq o‘tkazish va hattoki o‘ldirish;
– XX asr o‘rtalarida islom dunyosida kolonial huku-
matga qarshi terror usullaridan foydalangan milliy-
ozod 
lik harakati asosida keyinchalik kuch ishlatish 
uslub lariga tayanuvchi guruhlarning vujudga kelishi; 
Qur’oni karimning ushbu oyatini oqing. Ozlarining siyosiy 
maqsadlari yo‘lida dindan foydalanayotdan kimsalarning faoliyatini 
fitna deyish mumkinmi?
«Fitna esa qotillikdan ham kattaroq (gunoh)dir».

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling