Dinlari tarixi


Qur’oni karim, Baqara surasi, 217-oyat


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/97
Sana21.10.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1714929
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   97
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi 11 sinf

Qur’oni karim, Baqara surasi, 217-oyat.
IJODIY FAOLIYAT
«Ey qavmim! 
O‘lchov va 
vaznni adolat 
bilan to‘la 
beringiz!
Odamlarning
narsalarini urib 
qolmangiz va 
Yerda fasod 
ishlari bilan 
buzg‘unchilik 
qilmangiz!» 
Qur’oni karim, 
Hud surasi,
 85-oyat


47
– Arab-Isroil urushlari va Yaqin Sharq muammosi-
ning hal etilmay kelayotgani barobarida, G‘arb mamla-
katlarining Yaqin Sharqni o‘z ta’sir doirasiga olishga qa-
ratilgan faol xatti-harakatlari;
– yetakchi davlatlarning musulmon dunyosi mamla-
katlaridagi energetik zaxiralar ustidan o‘z nazoratlarini 
o‘rnatishga qaratilgan siyosati;
– rivojlangan musulmon mamlakatlarining min-
taqaviy yetakchilik yo‘lida olib borayotgan o‘zaro raqo-
bat kurashi hamda mazkur davlatlarning rivojlanayotgan 
musulmon mamlakatlarini o‘z ta’siriga olishga qaratil-
gan intilishlari; 
– sunniylar va shialar orasida an’anaviy davom etib 
kelayotgan qarama-qarshiliklarning davlatlararo muno-
sabatlar darajasiga ko‘tarilishi oqibatida o‘zaro kurash-
ning turli ko‘rinishlarda, jumladan, noqonuniy qurolli 
tuzilmalar orqali olib borilishi.
Islom niqobidagi deyarli barcha ekstremistik 
oqimlarning mafkurasida ikkita tamoyil – takfir va jihod 
mavjud. Terrorizm zamonaviy ilmiy doiralarda uchta 
nuqtayi nazardan, ya’ni jinoiy faoliyat, terroristik guruh 
va terroristik ta’limot sifatida qaraladi. 
MA’LUMOT UCHUN
Tadqiqotga ko‘ra, o‘tgan besh yil davomida musulmon mamlakatla-
rida sodir etilgan terroristik hujum lar natijasida ikki yuz mingdan ortiq 
inson halok bo‘lgan va yaralangan. O‘tgan davr mobaynida terrorizm 
musulmon mamlakatlariga 348 milliard AQSh dollari miqdorida zarar 
keltirgan. Iroq, Suriya, Afg‘oniston, Pokiston va Nigeriya eng ko‘p za-
rar ko‘rgan mamlakat lar bo‘lib, terror qurbonlarining taxminan 70 foizi 
shu mamlakatlarga to‘g‘ri keladi.
Urush ayirar, 
Tinchlik 
topish tirar.
Xalq maqoli


48
Bunday terrorchi guruhlar o‘zlarining fao-
liyatlarini Qur’oni karim ko‘rsatmalari asosi-
da mustahkamlashga harakat qiladilar. 
Islom ta’limotida musulmonlikni da’vo 
qiluvchi inson boshqa insonlarga na tili bi-
lan, na qo‘li bilan zarar yetkazmasligi shart 
qilib qo‘yilgan. Aksincha, musulmon kishi 
yer yuzida isloh qilish, urushgan kishilarni 
bir-biri bilan yarashtirish tashvishida bo‘lishi 
lozimligi belgilangan.
Bugungi kunda jahon hamjamiyatini 
tashvishga solayotgan, yadroviy poligonlar-
dan-da xavfliroq bo‘lgan mafkuraviy poli-
gonlar orqali insonlarning e’tiqodini, hayoti-
Din to‘g‘risida sizlar bilan urushmagan va sizlarni o‘z yurtingizdan 
(haydab) chiqarmagan kimsalarga nisbatan yaxshilik qilishingiz va 
ularga adolatli bo‘lishingizdan Alloh sizlarni qaytarmas. Albatta, Alloh 
adolatli kishilarni sevar.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling