Dinlari tarixi


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/97
Sana21.10.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1714929
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   97
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi 11 sinf

Jaloliddin 
Rumiy
BUGUN DARSDA QUYIDAGILAR BILAN TANISHASIZ:
1. Islom dini doirasida yuzaga kelgan xalqaro tashkilotlar, ularning 
mutaassib lik va terrorizmga qarshi kurashdagi o‘rni.
2. O‘zbekistonning xalqaro islom tashkilotlariga a’zoligi.


39
etib belgilandi. Bugungi kunda bu tashkilot Islom ham-
korlik tashkiloti (IHT) deb ataladi. 
IHT faoliyatida quyidagilar asosiy maqsad sifati-
da belgilangan: islom birdamligini rag‘batlantirish; iq-
tisodiy, ijtimoiy, madaniy, ilmiy va boshqa sohalarda 
hamkorlikni mustahkamlash; irqiy kamsitishni, barcha 
shakldagi mustamlakachilikni tugatishga harakat qilish; 
tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun tadbirlar belgilash 
va hokazo.
Tashkilotni boshqarishning asosiy tamoyillari: o‘z 
taq 
dirini o‘zi belgilash huquqiga rioya etish; a’zo 
davlatlarning teng huquqlarga ega ekanligi; suverenitet, 
mustaqillik va hududiy yaxlitlikni tan olish; a’zo davlat-
lar orasidagi nizolarni tinch yo‘llar bilan hal etishdan 
iborat. 
ISLOM HAMKORLIK TASHKILOTI 
BO‘LINMALARI
IHTning rahbar organlari Davlat va hukumat bosh-
liqlari konferensiyasi, Tashqi ishlar vazirlarining konfe-
rensiyasi va bosh kotib rahbarligidagi kotibiyat hisobla-
nadi.
Oliy organ – a’zo mamlakatlar rahbarlarining islom 
sammiti har uch yilda o‘tkazilib, musulmon mamlakat-
larining umumiy siyosatini belgilab beradi. Tashqi ishlar 
vazirlari konferensiyasi esa har yili yoki zaruratga qarab 
o‘tkaziladi. 
Oliy ijro organi Bosh kotib rahbarligidagi Bosh koti-
biyat hisoblanadi. 
Bosh kotib a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari tomo-
nidan 4 yil muddatga saylanadi. Tashkilot bosh qaror-
gohi Saudiya Arabistonining Jidda shahrida joylashgan. 
...Ushbu anju-
man buyuk 
alloma Mirzo 
Ulug‘bek Buxo-
ro shahrida bun-
yod etgan mad-
rasa peshtoqiga 
bitilgan «Ilm 
egallash har 
bir muslim va 
muslima uchun 
farzdir», degan 
hadisi sharifni 
hayotimiz qoida-
siga aylantirish-
ga xizmat qiladi.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling