Dinlari tarixi


Bibliyaning «Qadimgi Ahd» qismidan


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/97
Sana21.10.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1714929
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   97
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi 11 sinf

Bibliyaning «Qadimgi Ahd» qismidan


36
Buddaviylik matnlarida tinchlikparvarlik eng yuk-
sak fazilat hisoblanib, g‘azab va qahri qattiqlik eng 
katta gunohlar sifatida e’tirof etiladi. Jumladan, Tripi-
takaning «Dxammapada» kitobida shunday deyiladi: 
«Illoki, bu dunyoda hech qachon nafrat nafrat bilan 
yengilmaydi, balki nafratning yo‘qligi bilan u ham bar-
ham topadi».
O‘ZBEKISTONDA BUDDAVIYLIK JAMOASI, 
ADABIYOTLARI. XRISTIANLIK JAMOALARI. 
BIBLIYANING O‘ZBEK TILIDAGI NASHRI
Jahon dinlarining eng qadimiysi bo‘lgan buddaviylik-
da muqaddas manba – Tripitakaga katta ehtirom ko‘rsa-
tiladi. Pali tilida yozilgani sababli ham mazkur kitob 
«Pali kanoni» deb ham nomlanadi.
Hozirgi kunimizga qadar «Pali kanoni»ning ko‘plab 
qismlari ingliz tiliga tarjima qilingan. Tripitakaning rus 
tiliga tarjimalari XIX asrda paydo bo‘lgan.
Xristianlik dinining asosiy manbasi Bibliya «Qadim-
gi Ahd» (yahudiylarda «Tanax») va «Yangi Ahd» deb 
nomlanuvchi ikki qismdan iborat. Ulardan «Qadimgi 
MA’LUMOT
UCHUN
Budda ta’limoti-
ning asosi «hayot 
bu azob-uqu-
bat» va «najot 
yo‘li mavjud» 
degan g‘oyadir. 
Buddaviylik 
qonuniyatlariga 
ko‘ra, inson o‘zi-
ga moslashgan 
mavjudot bo‘lib, 
o‘zida tug‘iladi, 
o‘zini-o‘zi halok 
qiladi yoki qutqa-
radi.
TARIXGA NAZAR
Miloddan avvalgi 80-yillarda Tripitaka birinchi bor palma barglariga 
yozilgan.
1871-yilda Mandalay shahri (Birma)da bo‘lib o‘tgan Butunjahon 
buddaviylar yig‘ilishidan so‘ng Tripitaka matni har biri 2 metrli 729 ta 
marmar plitalarga yozib chiqilgan.
1900-yilda marmarga o‘yib tushirilgan Tripitaka matni ilk bor kitob 
holida nashr etildi. Uning hajmi 38 jildni tashkil etdi.


37
TARIXGA NAZAR
«Qadimgi Ahd»ning ilk tarjimasi miloddan avvalgi III-II asrlarda 
grek tiliga tarjima qilingan. U «Septuaginta» – yetmish tarjimon ishi 
deb ataladi. 
390-405-yillar orasida Bibliya matni lotin tiliga tarjima qilindi. 
V asrda Bibliyaning to‘liq matni arman, got, gruzin va boshqa tillar-
ga o‘girildi. 
1380-yilda esa lotin tilidan ingliz tiliga tarjima qilindi. 
1581-yili ilk bor slavyan-cherkov tilidagi Bibliya dunyoga keldi. 
1818-yilga kelib esa uning ilk qismlari rus tilida chop etildi.
Ahd» qadimiy oromiy tilida, «Yangi Ahd» esa qadim gi 
grek tilida yozilgan. 
Ma’lumotlarga ko‘ra bugungi kunga kelib, mazkur 
kitob uch mingdan ortiq til va lahjalarga tarjima qilin-
gan.
1991-yilda ilk bora Bibliya kitobi ayrim qismlarining 
o‘zbek tiliga tarjimasi amalga oshirilgan. 1994-yilda 
respublikamizda O‘zbekiston Bibliya kitob jamiyati tu-
zilgan. 2017-yil iyun oyida jamiyat tomonidan ilk bora 
Bibliya to‘lig‘icha o‘zbek tiliga tarjima qilingani e’lon 
qilindi. 

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling