Dinlari tarixi


-§ JAHON DINLARI MANBALARI


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/97
Sana21.10.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1714929
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   97
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi 11 sinf

7-§
JAHON DINLARI MANBALARI: 
BUDDAVIYLIK VA XRISTIANLIK
JAHON DINLARI MANBALARINING DINIY 
BAG‘RIKENGLIK, TOTUVLIK MADANIYATINI 
SHAKLLANTIRISHDAGI AHAMIYATI
Har qanday dinga e’tiqodning asoslari, qonun-qoida-
lari, ibodat va marosimlari uning muqaddas manbalarida 
aks etadi. Muqaddas kitoblar birlamchi yoki ikkilam chi 
bo‘lishi mumkin. Jahon dinlaridan bo‘lgan buddaviy-
likda Tripitaka, xristianlikda Bibliya muqaddas manba 
hisoblansa, islom dinida Qur’oni karim bevosita Alloh-
ning so‘zlari – kalomidir. Shu sababli ham, islom dini 
ta’limotiga ko‘ra Qur’on oyatlarini nopok holda tilovat 
qilish, uning ustiga bosh qa kitoblarni yoki buyumlarni 
qo‘yish, ko‘tarib yurganda qo‘llar beldan pastga tushib 
turishi mumkin emas. 
Boshqa dinlarda ham o‘zlarining muqaddas manbala-
riga nisbatan katta ehtirom ko‘rsatiladi.
Masalan, xristianlikda Iso Masih yoki boshqa avliyo-
larning suratlari tushirilgan ikonalar uylardagi maxsus 
«muqaddas burchak» yoki «qizil burchak»ka joylashtiri-
BUGUN DARSDA QUYIDAGILAR 
BILAN TANISHASIZ:
1. Jahon dinlari manbalarining diniy bag‘rikeng-
lik, totuvlik madaniyatini shakllantirishdagi 
ahamiyati.
2. O‘zbekistonda buddaviylik jamoasi, ada-
biyotlari. Xristianlik jamoalari. Bibliyaning 
o‘zbek tilidagi nashri. 
Tripitaka
MA’LUMOT
UCHUN
2017-yilning 
1-iyunida Tosh-
kent shahrida 
Bibliya kitobining 
o‘zbek tiliga to‘liq 
tarjimasining 
taqdimoti bo‘lib 
o‘tdi.
Shu yilga qadar 
Bibliyaning ayrim 
qismlarigina 
o‘zbek tiliga tarji-
ma qilingan edi.


35
ladi va ularga alohida hurmat korsatiladi. Bu joy uydagi 
altar (mehrob) vazifasini bajaradi. Oila a’zolari bu joy-
ga kelib, ibodatlarini amalga oshiradilar. Altar juda toza 
saq langan.
Muqaddas manbalarda diniy ko‘rsatmalar bilan birga, 
odob-axloq, insonparvarlik, halollik, atrof-muhitni as-
rashga doir ko‘rsatmalar ham o‘rin olgan. 
Shuni unutmaslik lozimki, hech qaysi dinning 
muqaddas manbasi begunoh insonlar, jonivorlarning qo-
nini to‘kish, o‘g‘rilik, vayronagarchilikka buyurmaydi.
Xristian 
oilalaridagi 
«muqaddas 
burchak»
yoki «qizil 
burchak»
«Keyin Xudo quyidagi so‘zlarni aytdi: «Men sizlarni Misr dagi qullik-
dan olib chiqqan Egangiz Xudoman... Qotillik qilmang... O‘g‘rilik qil-
mang. Qo‘shningiz ga qarshi yolg‘on guvohlik bermang. Qo‘shningizning 
uyiga ko‘z olaytirmang. Qo‘shningiz ning xotini, quli yoki cho‘risi, moli 
yoxud eshagi, unga qarashli biror narsasiga ko‘z olaytirmang». 

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling