Dinlari tarixi


Qur’oni karim, Mumtahana surasi, 8-oyat


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/97
Sana21.10.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1714929
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   97
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi 11 sinf

Qur’oni karim, Mumtahana surasi, 8-oyat
Buddaviylik niqobi ostidagi 
ekstremistlar qurboni bo‘lgan 
myanmalik qochoqlar
MA’LUMOT UCHUN
Takfir – dindan chiqqanlik-
da, kofirlikda ayblashdir. 
Takfir ekstremistlar tomoni-
dan aynan musulmonlarga 
qarshi qo‘llanilmoqda.
Jihod – lug‘aviy ma’nosi jid-
du jahd qilish, g‘ayrat qilish, 
biror ishni mukammal baja-
rish uchun bor kuch-g‘ayrat 
va salohiyatni sarflashdir. 
Islom dinida bu so‘z bos-
qinchi va isyonchilarga 
qarshi eli, yurti, vatani 
himoyasiga chiqqan kishilar-
ning amaliyotlariga nisbatan 
ham ishlatilgan.


49
Osmon-u fa-
lakning ziynati 
yulduzlar bilan 
bo‘lsa, yer-u 
zaminning 
ko‘rkamligi 
olimlar bilandir.
Mahmud 
Zamaxshariy
Besh narsaning 
kafforati yoq: 
Allohga shirk 
keltirish, nohaq 
odam o‘ldirish, 
mo‘min kishiga 
bo‘hton qilish, 
urushdan qo-
chish va yolg‘on 
qasam bilan 
nohaqdan mol 
ishlab olish.
Hadis
ni zaharlayotgan mutaassib aqidaparast oqimlardan biri 
— «salafiylik»dir. 
«Salafiylik» tushunchasi arab tilidagi «salaf» so‘zi-
dan olingan bo‘lib, «avval yashab o‘tganlar», «ajdod-
lar» ma’nosini anglatadi. Islom manbalarida «salafi so-
lih» iborasi islomning ilk davrida yashagan sahoba va 
tobeinlarga nisbatan ishlatiladi. Bu atama keyingi davr-
larda va bugungi kunda yashayotgan musulmonlarga 
nisbatan ishlatilmaydi. Lekin o‘zlarini «salafiylar» deb 
e’lon qilgan ekstremistik guruhlarning olib borayotgan 
faoliyati islom ta’limotiga, uning an’analariga, tamoyil-
lariga mutlaqo zid. Shuning uchun ular «soxta salafiy-
lar» deb aytiladi. 
Soxta salafiylar tomonidan jamiyatdagi tinchlik va 
barqarorlikni izdan chiqarishga qaratilgan toqatsizlik, 
qo‘poruvchilik kabi g‘oyalar ilgari surilmoqda. Ular 
yosh larning ongini zaharlash orqali musulmonlar o‘rta-
sida diniy asosdagi nizolarni keltirib chiqarishga harakat 
qiladilar. Davlat va xalqiga xizmat qilayotgan huquq-
ni muhofaza qiluvchi organ xodimlarini esa dinsizlik-
da ayblaydilar. Ular 2007-yilda Tojikistonda yashovchi 
hanafiy mazhabi vakillarini «hidoyatda adashganlar», 
shialarni esa «kofir» deb e’lon qilganlar. 2004-yilda 
Toshkentda qo‘poruvchilik harakatlarini sodir etish-
gan. 2009-yilda O‘zbekistonda bir qator diniy ulamo-
larga nisbatan tajovuzlar uyushtirshgan. Bu harakatning 
g‘oyalari islom dini ta’limotiga mutlaqo zid ekanligini 
ko‘ramiz.
IShID (Iroq va Shom islom davlati) – 2006-yili Iroq-
da radikal guruhlarning uyushishidan vujudga kelgan 
terrorchi tashkilot. Bu tashkilot 2013-yilda Suriyadagi 
fuqarolar urushiga qo‘shildi. Ularning harakatlari Iroq 
hududidagi chet el harbiy kuchlarini, Iroq harbiylarini, 
fuqarolar va bino-inshootlarini yo‘q qilishga qaratilgan. 


50
Tashkilot Suriya, Iroq, Livan davlatlari hududida «Islom 
davlati» qurish iddaosi bilan chiqdi.
2014-yili iyul oyida jinoiy uyushma o‘zini «ID 
(Islom davlati)» deb atay boshladi. BMT hisob-kitobla-
riga ko‘ra, ushbu din niqobidagi jangarilar 2014-yilning 
boshidan buyon minglab insonlar – bolalar, ayollar, qa-
riyalar, tinch aholi vakillarining hayotiga zomin bo‘ldi-
Berilgan matnning mazmuni bilan rasmlardagi holatlarni baholang.
Fikringizni «yerda buzg‘unchilik, ekin va nasllarni halok qilish» 
so‘zlari bilan bog‘lang.
Odamlar orasida shunday kimsa ham borki, uning dunyo hayoti 
to‘g‘risidagi gapi Sizga qiziqarli bo‘ladi. Dilidagi «imoni»ga Allohni 
guvoh qiladi, vaholanki o‘zi (Islomga nisbatan) dushmanlarning ashad-
diysidir. 
(Oldingizdan) ketganida yerda fitna-fasod, ekin va naslni halok qilish 
ishlari bilan yuradi. Alloh esa fasodni (buzg‘unchilikni) yoqtirmaydi.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling