Dinlari tarixi
DUNYODAGI DASTLABKI UNIVERSITETLAR
Download 1.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Dunyo dinlari tarixi 11 sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOSHKENT – ISLOM MADANIYATI POYTAXTI
- IJODIY FAOLIYAT
DUNYODAGI DASTLABKI UNIVERSITETLAR
TARIXGA NAZAR 1173-yilda vafot etgan Totbaliy (Tudelskiy) Iskandariyada 20 ta madrasa bo‘lganligi, Bag‘dod, Qohi- ra, Kordova va shunga o‘xshash katta shaharlar- da laboratoriya, rasadxonalar qu- rilganligi hamda ilmiy tadqiqotga asqotadigan barcha sharoit yaratilganligi, kitobga boy kutubxonalarga ega «jomea» – universitetlar qad ko‘targanligi haqida ma’lumot bergan. 76 Hazrati Imom (Hastimom) majmuasi Minor masjidi TOSHKENT – ISLOM MADANIYATI POYTAXTI Toshkent qadimdan ilm-fan, madaniyat markazi bo‘lib kelgan. Ushbu shaharda o‘rta asrlarda turli fan sohalari bo‘yicha faoliyat yuritgan 100 dan or- tiq olimlar nomlari aniqlangan. Jumladan, Hazrati Imom deb ulug‘langan Abu Bakr Qaffol Shoshiy (904–976), ishonchli muhaddis sifatida tanilgan Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiy (vaf. 947) hamda Faxrul islom, Al-Imom al-Ka- bir nomlariga sazovor Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad Shoshiy (1038–1114) nomlarini alohida qayd etish mumkin. Zamondoshlari «Hazrati Imom» deb ulug‘lagan bu zotning to‘liq ismi Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol Shoshiy bo‘lib, arab manbalarida unga alohida hurmat bajo keltirish uchun nomiga «kat ta», «ulug‘» ma’nolarini ifodalaydigan «Kabir» so‘zini qo‘shib yozadilar. Imom Qaffol Shoshiy nomi bilan shuhrat qozongan Hastimom mahallasi o‘z zamonasida Toshkentning diniy, ilmiy, ma’naviy va ma’rifiy markazi sifa- tida dong chiqargan. Afsuski, sho‘rolarning ajdodlarimiz qadamjo va ziyorat- gohlariga nisbatan ateistik munosabatlari natijasida bunday maskanlar e’tibor- dan chetda qoldi. Tarix fanida olgan bilimlaringiz asosida islom madaniyati poytaxti no- mini olgan shaharlar tarixi haqida malumot bering. Bunda ISESCO to- monidan shaharlarni Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinishiga oid talablardan foydalaning. IJODIY FAOLIYAT 77 Mustaqillik yillarida ilmiy-ma’naviy, di- niy-ma’rifiy adabiyotlarning chop etilishiga keng imkoniyatlar yaratildi. Aynan Tosh- kentda Qur’oni karim va hadisi shariflar, shuningdek, islom ma’naviy merosiga ul- kan hissa qo‘shgan allomalar asarlarining o‘zbek tilidagi nashrlari chop etildi. Hozirgi kunda poytaxtimizning eng ko‘hna go‘sha- sida, O‘zbekiston musulmonlari idorasi yo- nida joylashgan Qaffol Shoshiy nomi bilan bog‘liq Hazrati Imom (Hastimom) majmua- si yildan-yilga obod bo‘lib, Eski shaharning fayziga fayz qo‘shayotgan tarixiy maskanlar- dan biriga aylandi. Yuqorida zikr etilgan islom dini va mada- niyatining turli qirralariga bevosita bog‘liq bo‘lgan bu ulug‘vor ishlar ulkan salohiyat va donishmandlik bilan olib borilayotgan dono va xalqchil siyosatning samarasidir. Mamlakatimiz poytaxti – Toshkent shahrining islom madaniyati poytaxti, deb e’lon qilinishi islom madaniyati va qadriyat- larini tiklash hamda rivojlantirishda Pre- zidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan ishlarning jahonshu- mul ahamiyat kasb etishining e’tirofidir. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling