Dinlari tarixi


DUNYODAGI DASTLABKI UNIVERSITETLAR


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/97
Sana21.10.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1714929
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   97
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi 11 sinf

DUNYODAGI DASTLABKI UNIVERSITETLAR
TARIXGA
NAZAR
1173-yilda vafot 
etgan Totbaliy 
(Tudelskiy) 
Iskandariyada 
20 ta madrasa 
bo‘lganligi, 
Bag‘dod, Qohi-
ra, Kordova va 
shunga o‘xshash 
katta shaharlar-
da laboratoriya, 
rasadxonalar qu-
rilganligi hamda 
ilmiy tadqiqotga 
asqotadigan 
barcha sharoit 
yaratilganligi, 
kitobga boy 
kutubxonalarga 
ega «jomea» – 
universitetlar 
qad ko‘targanligi 
haqida ma’lumot 
bergan.


76
Hazrati Imom (Hastimom) majmuasi
Minor masjidi
TOSHKENT – ISLOM MADANIYATI POYTAXTI
Toshkent qadimdan ilm-fan, madaniyat markazi bo‘lib kelgan. Ushbu 
shaharda o‘rta asrlarda turli fan sohalari bo‘yicha faoliyat yuritgan 100 dan or-
tiq olimlar nomlari aniqlangan. Jumladan, Hazrati Imom deb ulug‘langan Abu 
Bakr Qaffol Shoshiy (904–976), ishonchli muhaddis sifatida tanilgan Abu Said 
Haysam ibn Kulayb Shoshiy (vaf. 947) hamda Faxrul islom, Al-Imom al-Ka-
bir nomlariga sazovor Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad Shoshiy (1038–1114) 
nomlarini alohida qayd etish mumkin.
Zamondoshlari «Hazrati Imom» deb ulug‘lagan bu zotning to‘liq ismi Abu 
Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol Shoshiy bo‘lib, arab manbalarida 
unga alohida hurmat bajo keltirish uchun nomiga «kat ta», «ulug‘» ma’nolarini 
ifodalaydigan «Kabir» so‘zini qo‘shib yozadilar. 
Imom Qaffol Shoshiy nomi bilan shuhrat qozongan Hastimom mahallasi 
o‘z zamonasida Toshkentning diniy, ilmiy, ma’naviy va ma’rifiy markazi sifa-
tida dong chiqargan. Afsuski, sho‘rolarning ajdodlarimiz qadamjo va ziyorat-
gohlariga nisbatan ateistik munosabatlari natijasida bunday maskanlar e’tibor-
dan chetda qoldi. 
Tarix fanida olgan bilimlaringiz asosida islom madaniyati poytaxti no-
mini olgan shaharlar tarixi haqida malumot bering. Bunda ISESCO to-
monidan shaharlarni Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinishiga oid 
talablardan foydalaning. 
IJODIY FAOLIYAT


77
Mustaqillik yillarida ilmiy-ma’naviy, di-
niy-ma’rifiy adabiyotlarning chop etilishiga 
keng imkoniyatlar yaratildi. Aynan Tosh-
kentda Qur’oni karim va hadisi shariflar, 
shuningdek, islom ma’naviy merosiga ul-
kan hissa qo‘shgan allomalar asarlarining 
o‘zbek tilidagi nashrlari chop etildi. Hozirgi 
kunda poytaxtimizning eng ko‘hna go‘sha-
sida, O‘zbekiston musulmonlari idorasi yo-
nida joylashgan Qaffol Shoshiy nomi bilan 
bog‘liq Hazrati Imom (Hastimom) majmua-
si yildan-yilga obod bo‘lib, Eski shaharning 
fayziga fayz qo‘shayotgan tarixiy maskanlar-
dan biriga aylandi. 
Yuqorida zikr etilgan islom dini va mada-
niyatining turli qirralariga bevosita bog‘liq 
bo‘lgan bu ulug‘vor ishlar ulkan salohiyat va 
donishmandlik bilan olib borilayotgan dono 
va xalqchil siyosatning samarasidir. 
Mamlakatimiz poytaxti – Toshkent 
shahrining islom madaniyati poytaxti, deb 
e’lon qilinishi islom madaniyati va qadriyat-
larini tiklash hamda rivojlantirishda Pre-
zidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 
amalga oshirilayotgan ishlarning jahonshu-
mul ahamiyat kasb etishining e’tirofidir.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling