Dinlari tarixi


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/97
Sana21.10.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1714929
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   97
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi 11 sinf

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR


72
XX–XXI ASRLARDA DIN VA 
MADANIYAT
16-17-§
DINNING MADANIY HAYOTDAGI O‘RNI 
Madaniyat inson va jamiyat hayotida muhim o‘rin 
tutadi. Madaniyat insoniyatga bir-biriga yaxshi muoma-
la qilish, o‘zgalarni hurmat qilish, yer yuzida tinch-to-
tuv yashashni o‘rgatadi. Din e’tiqod qiluvchilarning ij-
timoiy, etnik va ma’naviy hayotiga ta’sir o‘tkazadi. Bu 
esa dunyo xalqlarining madaniyati, adabiyoti, san’ati 
kabi sohalariga kirib borishida ko‘rinadi. 
Dinning madaniyatni targ‘ib qilish funksiyasi shunda 
ko‘rinadiki, oldin madaniyatning ma’lum bir qatlamlari 
– yozuv, kitob bosish, san’atning umuman rivojlanishiga 
yordam bergan bo‘lsa, hozir ba’zi madaniy fenomenlarni 
rag‘batlantirib, ba’zilarini inkor etgan holda diniy mada-
niyat qad riyatlarini saqlash va ko‘paytirish, ilmiy-ma’na-
viy merosni nasldan naslga qoldirish vazifalarini bajaradi.
BUGUN DARSDA QUYIDAGILAR BILAN TANISHASIZ:
1. Dinning madaniy hayotdagi o‘rni.
2. Islom sivilizatsiya markazlarining tashkil etilishi.
MA’LUMOT
UCHUN
Madaniyatning 
yaxlit tizimidan 
ikki katta soha 
ajralib chiqadi. 
Bular o‘z maz-
mun-mohiyatiga 
ko‘ra moddiy va 
ma’naviy mada-
niyatlardir.
MA’LUMOT UCHUN
Diniy madaniyat – inson ruhiyatining ozig‘idir. Insoniyat o‘z taraqqiyoti 
davrida turli dinlarga e’tiqod qilib kelgan. Ilohiy kuchlar orqali tabiatdan 
ko‘mak so‘ragan. Jahonda eng ko‘p tarqalgan dinlar uchta: buddaviylik, 
xristianlik, islom. 


73
ISLOM MADANIYATI POYTAXTLARI
2005-yildan boshlab Islom hamkorlik tashkiloti-
ga (IHT) qarashli Ta’lim, fan va madaniyat masalala-
ri bo‘yicha xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) har yili 
tashkilotga a’zo Osiyo, Afrika va arab mamlakatlari 
shaharlarini «Islom madaniyati poytaxti» deb e’lon qi-
ladi. ISESCOning musulmon dunyosidagi muayyan 
shaharlarni islom madaniyatining poytaxtlari deb e’lon 
qilishi musulmon mamlakatlari o‘rtasidagi madaniy 
aloqalarni rivojlantirish, islom madaniyatiga oid il-
miy-ma’rifiy, tarixiy-me’moriy merosni o‘rganish, 
1. XX–XXI asrlarda qurilgan mazkur ibodatxonalarning arxitektura-
siga e’tibor qarating va dinning madaniyatga, rivojlanishga ta’siri 
haqida ma’lumot bering.
2. Din e’tiqod qiluvchilarning ma’naviy hayotiga, ijtimoiy turmush 
tarziga kirib borishi haqida ma’lumot bering. 
3. Fikringizni dinning madaniy qadriyatlarni saqlash va ko‘payti-
rish, ilmiy-ma’naviy merosni nasldan naslga qoldirish kabi vazi-
falari bilan bog‘lab tushuntiring.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling