Dinlari tarixi


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/97
Sana21.10.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1714929
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   97
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi 11 sinf

IJODIY 
FAOLIYAT
«Marosim» so‘zi jamoatchilik ishtirokida o‘tka-
ziladigan katta tadbir ma’nosini bildiradi. Oilaviy 
urf-odatlar oila paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan. 
Shu tufayli oilalar o‘zgarishi bilan birgalikda u ham 
o‘zgargan, rivoj topgan.
MA’LUMOT UCHUN


85
Jahon va milliy 
dinlardagi ibodat 
marosimlari
Berilgan matnni o‘qing. 
1. Matnda qanday oilaviy an’analar, qadriyat va marosimlar mavjud? 
2. Yana qanday oilaviy tadbirlar, marosimlar, an’analar va urf-odat-
larni bilasiz?
3. Oilaviy tadbirlar, marosimlar, an’analar va urf-odatlar nima maq-
sadda o‘tkaziladi? 
4. Xalqimizga xos bo‘lgan tadbirlar, marosimlar, an’analar va 
urf-odatlar haqida ma’lumot bering.
Farhod ishga kirganiga ham bir oy bo‘ldi. Birinchi maoshini olib kel-
di-da, onasiga berdi. Onasi duo qilib: «Oilaning kattasi — buvangiz, u 
kishiga bering, bu oilamizga xos odat», — deb qo‘shib qo‘ydi. Shu kuni 
oila a’zolari kechki dasturxon atrofiga yig‘ilganlarida Farhodning buvasi 
nabirasining birinchi halol ishlab topgan puli bilan tabriklab, duo qildi. 
Bu muhim voqea munosabati bilan Farhodning onasi dasturxon tuzatdi. 
IJODIY FAOLIYAT
XX asrda yangi urf-odat va an’analar hayotimizga 
kirib kela boshladi. Masalan, tug‘ilgan chaqaloqlarning 
ota-onalariga guvohnoma yoki voyaga yetgan yoshlarga 
pasport topshirish, o‘quv yurti bitiruvchilariga tantana-
li ravishda diplom va shahodatnomalar taqdim etish va 
ularni mehnat jamoasiga qabul qilish, tantanali pensiya-
ga kuzatish va boshqalar. Hozirga kelib ular an’anaviy 
tadbirlarimizga aylanib qoldi.


86
Diniy urf-odat, an’ana va marosimlar vaqt o‘tishi 
bilan milliy an’ana va marosimlarga aylanib borishi 
transformatsi 
yalashuv deb ataladi. Masalan, xristianlik 
dini Yevropa xalqlari hayotiga kirib kelganida ushbu 
dinning marosimlari mazkur xalqlarning milliy urf-odat 
va an’analariga aylandi. Xristianlarda Rojdestvo bayra-
mi, hind larda Xoli bayrami, koreyslarda shamanizm bi-
lan bog‘liq urf-odatlar mavjud. 
O‘zbekistonda esa barcha dinlarda muqaddas deb hi-
soblangan oila instituti milliy qadriyat sifatida Asosiy 
qonunga kiritilgan va an’anaga aylangan.
Diniy marosimlarni bajarishda kohinlar, keyinchalik 
ruhoniylar boshchilik qilgan. Ular o‘z marosimlarini as-
ta-sekin muayyan dinning talabi, xususiyati, aqidasi va 
ehtiyojiga moslagan. 
Xristianlikda «Yetti sirli marosim»: cho‘qintirish, 
non va sharob totish, miro moyi surtish, tavba-tazarru 
qilish, yeley (muqaddas zaytun yog‘i) surtish marosi-
mi, ruhoniy unvonini berish, nikoh marosimlari mavjud. 
Roj destvo va Pasxa xristianlikda keng nishonla na digan 
eng asosiy bayramlar hisoblanadi.
Islom dinida aqiqa, amri ma’ruf, xatna, ro‘za tutish 
va Ramazon hayiti, qurbonlik qilish va qurbon hayiti, 
haj, janoza, nikoh, dafn va boshqa marosimlar bor. 
Yahudiylikda ibodat, shanba kunini muqaddas deb 
bilish, tug‘ilish, balog‘atga yetish, nikoh va dafn maro-
simlari alohida o‘rin tutadi.
Toshkentda 
maslenitsa 
bayrami.
Hindistonda Yangi yil
bayrami.
Tatar xalqi bayrami 
«Saban to
yi».
Surxondaryoda Navro‘z 
bayrami.


87

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling