Dinlari tarixi


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/97
Sana21.10.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1714929
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   97
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi 11 sinf

MUSTAHKAMLASH UCHUN 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Berilgan rasmlarda qanday qadriyatlar aks etgan?
2. Siz mazkur qadriyatlarning qaysi birida ishtirok etasiz?
3. Ushbu qadriyatlarni saqlash va avloddan-avlodga uzatish zarurmi? 
Zarur bo‘lsa, bu borada qanday ishlarni amalga oshirish kerak?
IJODIY FAOLIYAT


90
Axborot – inson 
o‘z sezgi organ-
lari orqali qabul 
qiladigan barcha 
signallar maj-
muasi.
ZAMONAVIY AXBOROT 
TARMOQLARI VA DIN OMILI 
20-21-§
DIN VA KINEMATOGRAFIYA.
DIN VA BADIIY ADABIYOT
Ertalab uyqudan uyg‘ongan vaqtimizdan to kech 
uyquga ketgan vaqtimizgacha atrofimizdagi barcha nar-
salar bizga o‘zi haqida ma’lumot berib turadi. Bugun-
gi kunda ma’lumotlar shu qadar ko‘pligidan keraksiz 
axborotlar bilan xotiramiz tobora to‘lib bormoqda.
Radio, televideniye, telefon, internet kabi axborot 
tarmoqlari orqali uzatilayotgan ma’lumotlar turli ko‘ri-
nishga ega. Ular orasida matn, surat, video, turli belgilar 
tizimi va boshqalar mavjud. Kinematografiya bugungi 
kunda ma’lumot uzatishning eng intensiv usuliga ay-
landi. Kino nafaqat ma’lumot uzatish, balki tarbiyalash, 
mafkura, dunyoqarash va e’tiqodni shakllantirish vazifa-
sini bajarmoqda.
Yurtimizda mustaqillik yillarida yosh avlodni yuk-
sak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan 
ko‘plab filmlar yaratildi. Ular, asosan, alloma ajdod-
larimiz hayoti, ilmiy faoliyati, fikriy-ma’rifiy merosini 
xalqimizga yetkazib berishga, zamondoshlarimizning 
o‘z Vatani, xalqi, insoniy qadriyatlarini himoya qilish-
BUGUN DARSDA QUYIDAGILAR BILAN TANISHASIZ:
1. 
Din va kinematografiya. Din va badiiy adabiyot.
2. Virtual messenjerlar va ulardan turli ekstremistik oqimlarning 
foydalanishi. 
3. O‘zbekistonda axborot xurujlarining oldini olish bo‘yicha harakatlar.


91
dagi ko‘rsatgan qahramonliklarini yoritib berishga 
bag‘ishlangan. Mazkur kinofilmlarni ko‘rgan tomo-
shabinlar ulardan estetik zavq, ilm-ma’rifat bilan birga 
xayrli ishlarga shijoat va kuch-g‘ayrat oladilar. Ammo 
guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek, barcha kinofilmlar 
har doim ham insonlarga ilm-ma’rifat tarqatish, yaxshi 
ishlarga undash, umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib 
etish ga xizmat qilmayapti.
Aksincha, ayrim «ishbilarmonlar» pul ishlash maq-
sadida yoki muayyan niyatlarni amalga oshirishni 
ko‘zda tutgan holda turli kinematografiya mahsulotlari 
Yaxshi ishlarning 
yana bir afzalligi 
shundaki, u qalbni 
yuksaltiradi va 
uni yanada ezgu 
ishlarga moyil 
qiladi.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling