Dinlari tarixi


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/97
Sana21.10.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1714929
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   97
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi 11 sinf

Qur’oni karim,
Baqara surasi,
204-205-oyat 
Har qanday narsaga har 
tomonlama nazar sol – foy-
dasini ham, zararini ham 
ko‘r.
Boshqalarning 
fikrini 
o‘ylab o‘tirgandan ko‘ra o‘z 
ustingda ko‘proq ishla.
Lev Tolstoy


94
bo‘lishi ko‘zga tashlanadi. Yana shunaqangi filmlar bor-
ki, ularni ko‘rgan bolalarda suitsid ga moyillik kuchayadi
ular xayolparast bo‘lib qoladilar.
O‘tgan asrning oxirida yoshlar o‘rtasida karate, kung-
fu kabi qo‘l jangi san’atini targ‘ib qiluvchi filmlarni 
qiziqib tamosha qilish urf bo‘ldi. Bunday filmlar jang 
san’atini chiroyli qilib ko‘rsatish sahnalari bo‘lishi bilan 
birga, shafqatsizlik, hayosizlik, diniy va milliy urf-odat-
larga zid bo‘lgan sahna ko‘rinishlarini ham o‘z ichiga 
olgan edi. Bu esa, 1980–90-yillardagi jinoyatchilik bilan 
bog‘liq voqealarda o‘zining aksini namoyon qildi. 
Turli missioner tashkilotlar kinematografiya orqali 
har xil ko‘ri nishda o‘z g‘oyalarini ilgari surishlari – 
ochiq-oydin ishora qilish, yashirin, psixologik ta’sir 
o‘tkazish va boshqa yo‘llar bilan amalga oshirishlari 
mumkin. 
Har bir oilada sevib tomosha qilinadigan turli g‘arb 
va boshqa davlatlarning seriallarida oilaning do‘sti ru-
honiy barcha muammolarni hal etadigan, oila a’zola-
rining sir-asrorlaridan xabardor shaxs sifatida targ‘ib 
etiladi. Yoki hind kinolarida biror-bir dinga sig‘inish 
marosimi (fil, maymun, sigir yoki boshqa) ko‘rsatiladi 
va ular xaloskor sifatida talqin etiladi. 
Buning natijasida nafaqat bolalar, balki kattalar ham 
aynan ana shu filmlardagi ibodat sahnalariga ba’zan bi-
lib-bilmay taqlid qiladilar. Masalan, «Faryod-1» o‘zbek 
filmida ota qizini qaytarib olib ketishlari uchun quda to-
monga ikki kaftini bir-biriga tirab (hind filmlaridagidek) 
iltimos qiladi. 
Bu kabi odatlar asosan, kinofilmlar orqali kirib ke-
ladi. O‘tgan mustabid tuzim davrida suratga olingan 
ayrim o‘zbek filmlarida ham milliy qadriyatlarimizni 
bu zish kabi sahnalashtirilgan voqealar («Yor-yor» filmi-
(Ey inson!) 
O‘zing (aniq) 
bilmagan nar-
saga ergashma!
Chunki quloq, 
ko‘z, dilning har 
biri to‘g‘risida 
(har bir inson) 
mas’ul bo‘lur 
(javob berur). 

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling