Dinlari tarixi


MILLIY QADRIYATLAR VA DINIY AN’ANALAR


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/97
Sana21.10.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1714929
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   97
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi 11 sinf

MILLIY QADRIYATLAR VA DINIY AN’ANALAR
O‘zbekistonda diniy marosimlarning erkin o‘tkazili-
shi ta’minlanadi, ammo bunda qonunlar, jamoat tartibi 
buzilmasligi va shaxsga hamda fuqarolarning huquqiga 
daxl qilinmasligi kerak. Diniy marosimlar masjid va 
ibodatxonalarda, diniy tashkilot muassasalarida, ziyorat-
gohlarda, qabristonlarda, fuqarolarning xonadonlari va 
uylarida o‘tkaziladi. Belgilangan joydan tashqarida di-
niy marosimlar yoki ommaviy ibodatlar o‘tkaziladigan 
holatlarda bu haqida mahalliy hokimiyat ogohlantirib 
qo‘yilishi va bunday tadbirlar qat’iy tartibga rioya qi-
lingan holda tashkil etilishi lozim. 
«Qadriyat» atamasi bizga arabcha «qadr» so‘zidan 
kirib kelgan bo‘lib, bugungi kunda bu tushuncha bor-
liq va jamiyatdagi biror-bir narsa va hodisaning kishi-
lar o‘rtasidagi, o‘zaro ijtimoiy munosabatlardagi tutgan 
muhim ahamiyatini ifoda etishi uchun qo‘llanilmoqda.
Bayram – turkiycha «katta yig‘in», «to‘y» ma’nola-
rini anglatadi. Istilohda esa keng nishonlanadigan tan-
tanali kundir. Avloddan-avlodga meros tariqasida o‘tib 
Quyidagi matnni o‘qing va undagi «ming yillik qardoshlik va yaxshi 
qo‘shnichilik rishtalari» iborasini mavzu bilan bog‘lab tushuntiring. 
«Bizning mintaqamiz xalqlarini ming yillik qardoshlik va yaxshi 
qo‘shnichilik rishtalari bog‘lab turadi. Bizni tarix, din, umumiy mada-
niyat va an’analar birlashtiradi».
Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 11-noyabrda Samarqand shahrida 
bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyadagi «Markaziy Osiyoni tarix, din va 
umumiy madaniyat va an’analar birlashtiradi» mavzusidagi nutqidan.
IJODIY FAOLIYAT
Navro‘z xudo 
maxluqotni 
yaratgan olti 
kunning bi-
rinchisidir. 
Quyosh va Oy 
falakning ikki 
ko‘zi bo‘lga-
nidek, Nav ro‘z 
va mehrjon 
zamonning ikki 
ko‘zidir.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling