Dinlari tarixi


Britaniya. Shayx Zimer Solihiy. 2018-yil


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/97
Sana21.10.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1714929
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   97
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi 11 sinf

Britaniya. Shayx Zimer Solihiy. 2018-yil.


69
yuz-qo‘lidan turli zararli mikroblar tushadi. Uni ichish
og‘ir kasallikka olib kelishi mumkin. Ikkinchidan, 
Imom A’zam nazdida bu suv najosat bilan aralashgan hi-
soblanadi. Faqih olimlar uni ichish ni man etganlar.
Tasavvuf deganda, oila, tirikchilik, mas’uliyatni unu-
tib, tarkidunyo qilish tushunilmaydi.
Ba’zi kishilar tariqatga kirganlarini pesh qilib, tashqi 
qiyofa va marosimlarga katta ahamiyat beradilar, ammo 
oilalari, farzandlari oldidagi majburiyatlarini unutib 
qo‘yadilar. Ular o‘zlaricha Allohga tavakkal qilib,
oilasining ta’minotidan voz kechmoqdalar, pir xizmatini 
oila oldidagi vojib mas’uliyatdan ustun qo‘ymoqdalar. 
Shu yo‘l bilan, tasavvufning asl mohiyatini angla-
magan va haqiqatidan bexabar qolganlar haqiqiy tariqat 
ahliga ham, tasavvuf nomiga ham dog‘ tushirmoq dalar.
Tariqatchilar faoliyati tufayli ijtimoiy nizolarga sabab 
bo‘layotgan holatlar haqida fikr yuritar ekanmiz, quyi-
dagilarni ham nazardan chetda qoldirmaslik kerak bo‘la-
di. Tariqatchilar orasida:
– tariqatda bo‘lmaganlarga nisbatan past nazar bilan 
qarash;
1. Tariqatchilarning faoliyati islom dini ta’limotiga to‘g‘ri keladimi?
2. Fikringizni izohlashda quyida berilgan matndan foydalaning.
«Odamlarga (kibrlanib) yuzingni burishtirmagin va yerda kerilib 
yurmagin. Chunki Alloh barcha kibrli, maqtanchoq kimsalarni suymas».
Qur’oni karim, Luqmon surasi, 18-oyat.
IJODIY FAOLIYAT
Sizlarning 
yaxshilaringiz 
dunyo ishini deb 
oxiratni, oxiratni 
deb dunyoni tark 
qilmaydigan 
va odamlar-
ga malolligini 
tushirmaydigan-
laringizdir.
Hadis


70
– ilm olishga bo‘lgan rag‘batning susayishi – ko‘pgi-
na avliyolar o‘qimasalar ham katta maqomlarga yetish-
ganlar, qabilida ish tutish;
– oilali tariqatchilarning pirdan vazifa olganlik baho-
nasida oilasining moddiy ta’minotidan bosh tortishi;
– zamonaviy taraqqiyot yutuqlariga salbiy munosabat-
da bo‘lish, zamonaviy kiyim kiyib yurganlarga nisbatan 
yaxshi fikrda bo‘lmaslik va h.k. holatlari kuzatiladi.
Bu kabi tariqatchilar tomonidan shariat talablarining 
noto‘g‘ri talqin qilinishi, an’anaviy islom tamoyillariga 
zid bo‘lgan qoidalar ishlab chiqilishi odamlar o‘rtasida 
noroziliklarga sabab bo‘lmoqda.
Bundan tashqari ayrim tariqatchilar so‘fiy tabobati
so‘fiy gimnastikasi, so‘fiy jang san’ati kabi markazlarni 
ochib, shu orqali odamlarning e’tiborini jalb qilish usul-
laridan ham foydalanishmoqda. Bunday tariqatchilar 
tomonidan islom asoslarining buzib talqin qilinishi, tur-
li ta’limotlar va amaliyotlarining tasavvufga oid, deb 
targ‘ib etilishi, islom diniga aloqasi bo‘lmagan turli yot 
Bahouddin Naqshband (1318–1389) – naqshbandiylik tariqatining 
buyuk namoyandasi. El orasida Xoja Bahouddin Balogardon, Xo‘jai 
Buzruk, Shohi Naqshband nomlari bilan mashhur. Buxoroda Qasri 
Xinduvon qishlog‘ida tug‘ilgan. Bahouddin Naqshband Boboyi Sa-
mosiy, Amir Kulol, Mavlono Orif, Halil ota, Qusam Shayh kabi us-
tozlardan saboq olgan. U ikki marta haj qilgan. G‘aribona hayot ke-
chirgan, faqat dehqonchilik va keyinroq mis va kimxobga naqsh solish 
orqali kun ko‘rgan. O‘z ta’limotini yaratishda Abduxoliq G‘ijduvoniy 
asos solgan «Xojagon» silsilasining sakkiz moddadan iborat qoida-
siga o‘zining uch qoidasi (talabi) ni qo‘shib uni takomilga yetkazdi. 
Shu tariqa tasavvuf naqshbandiya tariqatida yanada mukammallikka
erish di.
Befoyda so‘zni 
ko‘p aytma va 
foydali so‘zni 
ko‘p eshiturdin 
qaytma.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling