Dinlari tarixi
Download 1.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Dunyo dinlari tarixi 11 sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- TARIXGA NAZAR
IJODIY FAOLIYAT
Berilgan matnni o‘qing va quyidagi savollarga javob bering. 1. Islom dinida ilm-fanga e’tibor berishdan va targ‘ib etishdan qan- day maqsadlar ko‘zlangan? 2. Ilm-fan rivojining qo‘llab-quvvatlanishi qanday natijalar bergan? Dunyoda birinchi kasalxonaga 707-yilda musulmonlar tomonidan (davlat tarafidan moliyalashtirilgani uchun uni hozir «byudjet tash- kiloti» deb nomlashgan bo‘lar edi) asos solindi. Mazkur kasalxonada hamshiralar xizmat ko‘rsatishi yo‘lga qo‘yildi va tibbiyot institutla- ri faoliyat ko‘rsata bosh ladi. Ko‘p asrlar mobaynida aynan musulmon shifokorlar ko‘z kasalliklarini tekshirish va davolash bo‘yicha mutaxas- sislar hisoblanganlar. Halol odamni ta’qib qilish mumkin, ammo uni sharmanda qilib bo‘lmaydi. Volter 133 etilgan. Madrasaga Saidahmad Vali Kuloh- do‘z Xoja Buxoriy nomi berilgan. «Muhammad Beruniy» o‘rta-max- sus islom bilim yurti — 1992-yili Qo- raqalpog‘iston Respublikasi poytaxti Nukus- da ochilgan. Bilim yurti Nukusdagi «Imom Eshon» jome masjidi binosida joylashgan. «Jo‘ybori kalon» ayol-qizlar o‘rta max- sus islom bilim yurti (Buxoro sh.) — XVII asr oxiri – XVIII asr boshlarida Buxo- ro hokimi Abdulazizxon farmoni bilan bar- po qilingan. Madrasa 1992-yilda faoliyatini qayta yo‘lga qo‘ygan. «Xadichai Kubro» ayol-qizlar o‘rta max- sus islom bilim yurti (Toshkent sh.) — 1993-yili o‘z faoliyatini bosh ladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017-yilda Buxoro va Ter- miz davlat universitetlarida Islom tarixi va Toshkent islom instituti bitiruvchilari TARIXGA NAZAR Me’mor Ismoil ibn Tohir Mahmud Isfahoniy Mirzo Ulug‘bek buyurt- masi bilan 1417-yilda Buxoroda madrasa qurishni boshlagan. Madrasa- ning yog‘och darvozasiga «Ilmga intilmoq har bir muslim va muslima uchun farzdir» hadisi sharifini arab tilida naqshinkor yozuvlar bilan bit- gan. Darvozaning temir halqasiga hukmdor Mirzo Ulug‘bek ruhiyati- ga xos bo‘lgan ushbu jumlalarni olimga qattiq mehr qo‘ygan yosh usta me’morlardan biri yozib qoldirgan: «Ilm durdonalaridan bahramand bo‘lgan odamlarga Alloh taolo rahmat eshigini ochgay». 134 manbashunosligi ta’lim yo‘nalishi ochildi. Shuning- dek, Samarqandda ilohiyot va hadisshunoslik, Buxoro- da tasavvuf, Qarshi shahrida aqoid, Marg‘ilonda islom huquqi ilmiy maktablari tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi «Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Far- moniga ko‘ra O‘zbekiston musulmonlari idorasining O‘zbekiston islom akademiyasi va O‘zbekiston Respub- likasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti negizida O‘zbekiston xalqaro islom akade- miyasi tashkil etildi. Farmonga ko‘ra O‘zbekiston xalqaro islom akade- miyasi O‘zbekiston musulmonlari idorasi va O‘zbekis- ton Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita muassisligidagi Qur’on ilmlari, hadis, islom huquqi, aqida, tasavvuf, islom iqtisodiyoti va moliyasi, xalqaro munosabatlar, xorijiy tillar (arab, fors, ingliz, rus, urdu, turk) va boshqa xalq aro miqyos- da ehtiyoj mavjud bo‘lgan sohalar bo‘yicha malakali Hech qachon ilm o‘rganish ishida uzilish yuz bermasligi kerak, negaki, bu katta yo‘qotishga olib boradi. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling