Dinlari tarixi


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/97
Sana21.10.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1714929
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   97
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi 11 sinf

IJODIY FAOLIYAT 
Berilgan matnni o‘qing va quyidagi savollarga javob bering.
1. Islom dinida ilm-fanga e’tibor berishdan va targ‘ib etishdan qan-
day maqsadlar ko‘zlangan?
2. Ilm-fan rivojining qo‘llab-quvvatlanishi qanday natijalar bergan?
Dunyoda birinchi kasalxonaga 707-yilda musulmonlar tomonidan 
(davlat tarafidan moliyalashtirilgani uchun uni hozir «byudjet tash-
kiloti» deb nomlashgan bo‘lar edi) asos solindi. Mazkur kasalxonada 
hamshiralar xizmat ko‘rsatishi yo‘lga qo‘yildi va tibbiyot institutla-
ri faoliyat ko‘rsata bosh ladi. Ko‘p asrlar mobaynida aynan musulmon 
shifokorlar ko‘z kasalliklarini tekshirish va davolash bo‘yicha mutaxas-
sislar hisoblanganlar.
Halol odamni 
ta’qib qilish 
mumkin, ammo 
uni sharmanda 
qilib bo‘lmaydi.
Volter


133
etilgan. Madrasaga Saidahmad Vali Kuloh-
do‘z Xoja Buxoriy nomi berilgan.
«Muhammad Beruniy» o‘rta-max-
sus islom bilim yurti — 1992-yili Qo-
raqalpog‘iston Respublikasi poytaxti Nukus-
da ochilgan. Bilim yurti Nukusdagi «Imom 
Eshon» jome masjidi binosida joylashgan.
«Jo‘ybori kalon» ayol-qizlar o‘rta max-
sus islom bilim yurti (Buxoro sh.) — 
XVII asr oxiri – XVIII asr boshlarida Buxo-
ro hokimi Abdulazizxon farmoni bilan bar-
po qilingan. Madrasa 1992-yilda faoliyatini 
qayta yo‘lga qo‘ygan.
«Xadichai Kubro» ayol-qizlar o‘rta max-
sus islom bilim yurti (Toshkent sh.) — 
1993-yili o‘z faoliyatini bosh ladi. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 
tashabbusi bilan 2017-yilda Buxoro va Ter-
miz davlat universitetlarida Islom tarixi va 
Toshkent islom instituti 
bitiruvchilari
TARIXGA NAZAR 
Me’mor Ismoil ibn Tohir Mahmud Isfahoniy Mirzo Ulug‘bek buyurt-
masi bilan 1417-yilda Buxoroda madrasa qurishni boshlagan. Madrasa-
ning yog‘och darvozasiga «Ilmga intilmoq har bir muslim va muslima 
uchun farzdir» hadisi sharifini arab tilida naqshinkor yozuvlar bilan bit-
gan. Darvozaning temir halqasiga hukmdor Mirzo Ulug‘bek ruhiyati-
ga xos bo‘lgan ushbu jumlalarni olimga qattiq mehr qo‘ygan yosh usta 
me’morlardan biri yozib qoldirgan: «Ilm durdonalaridan bahramand 
bo‘lgan odamlarga Alloh taolo rahmat eshigini ochgay». 


134
manbashunosligi ta’lim yo‘nalishi ochildi. Shuning-
dek, Samarqandda ilohiyot va hadisshunoslik, Buxoro-
da tasavvuf, Qarshi shahrida aqoid, Marg‘ilonda islom 
huquqi ilmiy maktablari tashkil etildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 
16-apreldagi «Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Far-
moniga ko‘ra O‘zbekiston musulmonlari idorasining 
O‘zbekiston islom akademiyasi va O‘zbekiston Respub-
likasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom 
universiteti negizida O‘zbekiston xalqaro islom akade-
miyasi tashkil etildi.
Farmonga ko‘ra O‘zbekiston xalqaro islom akade-
miyasi O‘zbekiston musulmonlari idorasi va O‘zbekis-
ton Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din 
ishlari bo‘yicha qo‘mita muassisligidagi Qur’on ilmlari, 
hadis, islom huquqi, aqida, tasavvuf, islom iqtisodiyoti 
va moliyasi, xalqaro munosabatlar, xorijiy tillar (arab, 
fors, ingliz, rus, urdu, turk) va boshqa xalq aro miqyos-
da ehtiyoj mavjud bo‘lgan sohalar bo‘yicha malakali 
Hech qachon 
ilm o‘rganish 
ishida uzilish 
yuz bermasligi 
kerak, negaki, 
bu katta 
yo‘qotishga 
olib boradi. 

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling