Dinlari tarixi


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/97
Sana21.10.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1714929
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   97
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi 11 sinf

Burhoniddin 
Marg‘inoniy
MA’LUMOT UCHUN
Xalqaro maorif byurosining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Saudiya 
Arabistoni va Yaman bugungi kunga kelib diniy ta’lim uchun eng ko‘p 
o‘quv soatlari ajratiladigan mamla 
katlar hisoblanadi. Jumladan, diniy 
ta’lim uchun umum ta’lim maktab o‘quv dasturining dastlabki 6 yilida 
Saudiya Arabistonida 1458 soat (shu davrgacha bo‘lgan umumiy o‘quv 
soatlarining 31 foizi), Yamanda esa 1104 soat (shu davrgacha bo‘lgan 
umumiy o‘quv soatlarining 28 foizi) ajratiladi. Ayni paytda, ushbu 
ko‘rsat 
kichlar boshqa istalgan mamla 
katdagiga nisbatan uch baravar 
yuqori ekanini ham alohida ta’kidlash joiz.
Manba: www.islamcenter.uz


135
… Vaqtni 
«essiz», 
«qaniydi», 
«koshkiydi» lar 
bilan o‘tkazgan 
kishining umri 
eng qisqa umr 
ekan. 
Najmiddin 
Kubro
kadrlarni tayyorlashga, o‘rta maxsus, oliy ta’lim, oliy 
ta’limdan keyingi ta’lim, malaka oshirish bosqichlari-
da uzluksiz ta’limning yaxlit tizimini tashkil etishga va 
ilmiy merosni chuqur tadqiq qilish va asrab-avaylash-
ga, diniy va dunyoviy bilim berishga ixtisoslashgan ye-
takchi ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.
Muassasa respublikadagi barcha islom ta’lim muas-
sasalari faoliyatini o‘quv-me’yoriy va o‘quv-uslubiy 
jihatdan ta’minlash hamda muvofiqlashtirishni amalga 
oshiradi.
Akademiya O‘zbekiston Respublikasining Davlat 
byudjeti mab lag‘lari va qonunda taqiqlanmagan boshqa 
manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Shuningdek, Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston xalqaro 
islom akademiyasi bitiruvchilariga umumta’lim mak-
tablari, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida so-
haga tegishli fanlar bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan 
shug‘ullanish huquqi belgilab qo‘yildi.
O‘zbekiston 
xalqaro islom 
akademiyasi


136
Yurtimizda Rus Pravoslav va protestantlikka oid 
To‘liq injil xristianlari cherkovlarining diniy semina-
riyalari ham faoliyat olib bormoqda.
Mustaqillik davrida O‘zbekistonda islom dini bi-
lan bir qatorda boshqa diniy konfessiyalarning ta’lim 
muassasalari ham faoliyat ko‘rsatishlariga imkoniyatlar 
ochildi. Xususan, 1998-yildan Pravoslav hamda Protes-
tant seminariyalari faoliyat ko‘rsata boshladi.
Rus pravoslav cherkovining Toshkent diniy semina-
riyasi besh yillik muddatga mo‘ljallangan ta’lim muas-
sasasi hisoblanadi. U yerda kelajakda rus pravoslav 
cherkovining Markaziy Osiyo mintaqasidagi va boshqa 
yeparxiyalarida ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan di-
niy xizmatchilar va oliy diniy ma’lumotli mutaxassislar 
ta’lim oladi.
Chor Rossiyasi davrida Toshkentda ochilgan xristian 
seminariyalari hisobga olinmasa, Toshkent diniy semi-
nariyasining tarixi unchalik katta muddatni o‘z ichiga 
olmaydi.
1990-yilda Arxiyerey rahnamoligida ikki yillik 
ta’limga mo‘ljallangan Toshkent diniy bilim yurti ochil-
gan. Ilgari hech qanday bazaga ega bo‘lmagan Rus pra-
voslav cherkovining Toshkent diniy bilim yurti tezda 
oyoqqa turdi. Mashg‘ulotlar uchun joy topildi, doimiy 
o‘qituv chilar tarkibi shakllandi, talabalar esa turar joy 
va issiq ovqat bilan ta’minlandi. 
1998-yilga kelib, O‘zbekiston Respublikasi hukuma-
tining sa’y-harakatlari bilan qator binolar, bugungi kun-
da Svyato-Uspensk soboriga tegishli bo‘lgan hududlar 
ajratib berildi. Shundan so‘ng Toshkent va O‘rta Osiyo 
yeparxiyasi idorasida to‘laqonli oliy ma’lumotli diniy 
xizmatchilarni chiqara oladigan Diniy seminariya tash-
kil etildi.
 — Haq 
hikmatini 
ilmingdan afzal 
bil.
— Ilmingni 
ehtiyot qil. 

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling