Dinlari tarixi


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/97
Sana21.10.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1714929
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   97
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi 11 sinf

Qur’oni karim, 
Rum surasi,
22-oyat


128
laydi. Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan 
xatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek, boshqa har qanday missionerlik fao-
liyati man etiladi. Ushbu qoidaning buzilishiga aybdor bo‘lgan shaxslar qonun 
hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar». 
Markaziy Osiyodagi musulmon va boshqa konfessiyalarga mansub aholi 
o‘rtasidagi munosabatlar ham siyosiy, ham maishiy darajada ikki asosiy xusu-
siyatga asoslangan, bular o‘zaro hurmat va bag‘rikenglikdir. Bu munosabat tur-
li din vakillarining murakkab tarixiy jarayonlar sinovlarini mardonavor yengib 
o‘tishlari natijasida shakllangan. Mamlakatda tinchlik, taraqqiyot va farovon-
likni ta’minlash, ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash maqsadida barcha di-
niy konfessiya vakillari yurtimizda va xorij da tashkil etilayotgan ma’naviy va 
ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etib kelmoqdalar. 
Shuningdek, mamlakatda dinlararo totuvlikni qo‘llab-quvvatlashda hamda 
turli nizo va murakkabliklarni keltirib chiqaruvchi missionerlik kabi xatti-hara-
katlarga qarshi amalga oshirilayotgan tadbirlarda faol qatnashmoqdalar. Ular-
ning xalqaro anjumanlarda mamlakatimizda e’tiqod erkinligini ta’minlash, 
millatlararo va dinlararo totuvlikni barqarorlashtirishda amalga oshirilayotgan 
islohotlar haqidagi ma’ruzalari dunyo jamoatchiligining mazkur islohotlar bi-
lan yaqindan tanishuvida muhim ahamiyat kasb etmoq da. Bunday munosabat 
davlat tomonidan ham taqdirlanmoqda. Mit 
ropolit Vladimirning «Do‘stlik» 
ordeni bilan mukofotlangani buning yorqin dalilidir.
1. Diniy bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirish zaruratining vu-
judga kelishi qanday omillar bilan bog‘liq?
2. Diniy bag‘rikenglik islom dinida va milliy urf-odatlarimizda qan-
day talqin etiladi?
3. Mamlakatda tinchlik, barqarorlikni saqlashda bag‘rikenglikning 
o‘rni qanday? Fikringizni misollar bilan asoslang.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling