123
TARIXGA NAZAR
ni ta’kidlash joiz. Shu bois ilohiyot borasidagi turli mu-
nozaralar, xristianlik va musulmonlikning nozik ta’li-
motlari haqidagi bahslar keraksiz
va ziyon yetkazishi
mumkin. Biz oramizdagi farqlarni keskinlashtirmasdan,
balki bir-birimizning madaniyat va e’tiqodimizga hur-
mat nuqtayi nazaridan qarashga harakat qilmog‘imiz
kerak», degan fikrni ilgari suradi. U ko‘plab ilmiy ma-
qolalarida, xalqaro konferensiyalarda yurtimizda musul-
monlar bilan pravoslavlar orasida o‘zaro
hurmat qadim-
dan shakllanganiga e’tibor qaratadi.
Mamlakatimizda tinchlik bo‘lishidan turli konfessiya
vakillari manfaatdor. Shu sababli ham yurtimizdagi turli
din vakillari konfessiyalararo muloqotga oid
tadbirlarni
doimiy o‘tkazib turilishini istaydi.
Bu tadbirlardan birida har bir konfessiya vakili o‘z
faoliyati haqida, millatlararo va konfessiyalararo nizolar
kelib chiqmasligi uchun nima qilgani haqida to‘xtalib
o‘tdi.
O‘zbekiston Bibliya jamiyati ijrochi direktori
S. Mitin: «Diniy bag‘rikenglik va
qonun ustuvorligi bu
Tarixda «Hudaybiya sulhi» deb nomlangan tinchlik bitimida musul-
monlarning tinchlikparvar siyosatlari Qur’oni karim oyatlari asosida
ekanligi namoyon bo‘ladi. Bu sulh zohiran
musulmonlarning ziyoniga
tuzilsa-da, islom dinining tinchlikparvarligini va qon to‘kilishining oldini
olishdagi o‘rnini ko‘rsatib berdi.
«Agar ular sulhga moyil bo‘lsalar, Siz ham unga moyil bo‘ling va
Allohga tavakkul qiling!»
Qur’oni karim, Anfol surasi, 61-oyat.
Musulmon-
lar
diyorida
cherkov va
ibodatxonalar
buzilib ketgan
bo‘lsa, ular-
ni o‘z
joyida
yana qayta
tiklab qo‘yish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: