Dinlari tarixi
Download 1.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Dunyo dinlari tarixi 11 sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- TARIXGA NAZAR
IJODIY
FAOLIYAT 1989-yil voqealari 122 vakillari yashab kelmoqda edi. Mamlakat milliy tarki- bining asosiy qismini esa o‘zbeklar tashkil etardi. Ana shunday vaziyatda ko‘p konfessiyali mamlakati- mizda dinlararo bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qoldi. Bag‘rikenglik haqida gapirilganida bu xalqimizning azaliy fazilati ekanligini ta’kidlash zarur. Qomusiy al- loma Abu Rayhon Beruniy xristianlik ta’limotini o‘rga- nar ekan, Bibliyaga kirgan to‘rtta Injil haqidagi ma’lu- motlarni keltirib, ular orasidagi farqlarni ham tahlil qilib bergan. Uning yozishicha, Xuroson mit ropolitining qarorgohi Marv shahrida bo‘lgan. Bu esa o‘sha davr- larda musulmon aholisi bilan birga xristian jamoasi ham emin-erkin o‘z ibodatlarini amalga oshirganligini ko‘rsatadi. Bugungi kunda O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayot- gan turli e’tiqod vakillari ham diniy bag‘rikenglik g‘oyalarini yoqlaydilar. Masalan, Toshkent va O‘rta Osiyo yeparxiyasi sobiq rahbari, mitropolit Vladimir shunday fikrni ilgari suradi: «Pravoslavlik va Islom ikki xil dunyoqarashni o‘zida mujassam etgan dinlar ekani- Imom Abu Mansur Moturidiy (870-944) Qur’oni karimning «Haj» surasi, 40-oyatini tafsir qilib shunday deydi: «Cherkov va sinagogalarni vayron etish man etiladi. Shuning uchun ham musulmonlar yurtida shu davrgacha ular buzilmay saqlanib qolgan. Bu masalada ahli ilm orasida ixtilof yo‘qdir». Bu bilan olim musulmonlar boshqa din vakillari bilan bir jamiyatda birgalikda tinch hayot kechirishlarida muammo bo‘lishi mumkin emasligini ta’kidlaydi. TARIXGA NAZAR «Sizlar bilan dinda urush qilmagan o‘zga din vakillari bilan bordi-keldi qiling, ular bilan adolatli muomala qiling». Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling