Dinlari tarixi


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/97
Sana21.10.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1714929
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   97
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi 11 sinf

IJODIY FAOLIYAT
Komil narsa 
ortiqchalikni 
ham, kam-
chilikni ham 
qabul etmaydi.
Abu Rayhon 
Beruniy


125
MA’LUMOT UCHUN
Mamlakatimiz aholisi bugungi kunda 32 mln. dan ortiq bo‘lib, shulardan 
80 % ini o‘zbek, 4,9 % ini tojik, 3,8 % ini rus, 3,6 % ini qozoq va 7,7 %ini 
boshqa turli millatlarga mansub kishilar tashkil etadi. Ko‘p millatli davlat 
ko‘p konfessiyalilikka asos bo‘ladi. Jami 130 dan ziyod millat va elat vakil-
lari orasida islomdan tashqari xristianlik, yahudiylik, buddaviylik va boshqa 
konfessiyalarga e’tiqod qiluvchilar ham bor.
IJODIY FAOLIYAT
II Jahon urushi davrida toshkentlik temirchi Shoahmad Shomahmudov 
oilasi turli millatning qarovsiz va yetim qolgan bolalarini farzandlikka ol-
gan. Bular: Habiba, Vova, Shuhrat – rus, Hamidulla – ukrain, Rafiq, Rah-
matulla – tatar, Xolida – moldovan, Samug‘ – chuvash, Yo‘ldosh, Ergash – 
yahudiy, Halima – qozoq, Qoravoy, Ne’mat, Muazzam, Ulug‘bek – o‘zbek.
II Jahon urushi yillarida xalqimiz tomonidan ko‘rsatilgan ma’naviy ja-
soratni Shomahmudovlar oilasi timsolida tushuntiring. Fikringizni «millat-
lararo totuvlik», «diniy bag‘rikenglik», «milliy va umuminsoniy qadriyat» 
tushunchalari asosida izohlang.


126
bo‘lish shakllari, jamiyat taraqqiyotini ta’minlashdagi 
o‘rni va ahamiyati kabi masalalarga bag‘ishlangan bir 
qancha tadqiqotlar amalga oshirildi.
O‘zbekistondagi konfessiyalar vakillarining o‘zaro 
hurmat asosida qurilgan munosabatlarini tarixiy jihat-
dan o‘rganish yurtimizda diniy bag‘rikenglik an’anala-
ri asrlar davomida shakllanganini ko‘rsatadi va bunday 
fazilatlarning yoshlar tafakkurida mustahkamlanishiga 
xizmat qiladi.
Diniy soha vakillari o‘z faoliyatlarini din va davlat 
munosabatlaridagi asosiy jihat – dinning siyosatga ara-
lashmasligi, har qanday din, birinchi o‘rinda, ma’na-
viy-axloqiy jihatlarni o‘z ichiga olishi haqidagi ta-
moyilga tayangan holda amalga oshirishlari maqsadga 
muvofiqdir. 
Mamlakatda tinchlik va barqarorlikka tahdid solishi 
mumkin bo‘lgan omillardan biri missionerlikdir. Qonu-
nan man qilinganiga qaramay, amalda mavjud bo‘lgan 
diniy bag‘rikenglik tamoyillariga zid, dinlararo nizolar-
ga olib keluvchi missionerlar faoliyatini tahliliy o‘rga-
MA’LUMOT UCHUN
Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasidagi «tolerantlik» so‘zi 
o‘zbek tiliga «bag‘rikenglik» deb tarjima qilinganidan keyin u tilimizda 
o‘rnashib qoldi. Rus tilida 
«терпимость» so‘zi boshqachasiga aytgan-
da 
«снисходительность», ya’ni bag‘rikenglik, kengfe’llik ma’nolarini 
anglatadi. Diniy soha haqida gap ketganida ruslar 
«веротерпимость» 
so‘zini ishlatishadi. O‘zbek tilida «diniy bag‘rikenglik» iborasi aynan 
shunga mos keladi.
... biror qavm 
(kishilari)ni 
yoqtirmaslik 
sizlarni ularga 
nisbatan 
adolatsizlik 
qilishga 
undamasin. 

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling