Dinlari tarixi


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/97
Sana21.10.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1714929
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   97
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi 11 sinf

MUSTAHKAMLASH UCHUN 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR


129
O‘ZBEKISTONDA DINIY TA’LIM
O‘ZBEKISTONDA DINIY TA’LIMNING
TARIXIY ILDIZLARI 
Vatanimiz tarixida diniy ta’lim uzoq o‘tmishga borib 
taqaladi. Ilk o‘rta asrlardayoq yurtimizda keng miqyos-
da faoliyat yuritgan madrasalarda diniy bilimlar bilan 
bir qatorda dunyoviy bilimlar ham o‘qitilgan. O‘z davri-
da madrasalar o‘rta maxsus hamda oliy ta’lim vazifasini 
to‘laqonli bajargan. 
Toshkent, Buxoro, Samarqand, Xiva kabi shaharlar 
eng yirik ilm markazlari bo‘lib, XV–XIX asrlarda bu 
yerlar butun musulmon olamining oliy ta’lim markazlari 
sifatida tan olingan. 
Podshoh Rossiyasi istilosidan keyingi davrlarda mad-
rasalar faoliyati sustlashdi. Ayrimlari yopilib ham ket-
di. XIX asrning oxiri XX asrning boshlariga kelib, ja-
YAQIN TARIXDA 
XIX asr oxiriga kelib Buxoro amirligida 336, Xiva xonligida 132, 
Turkiston o‘lkasida esa 348 ta madrasa ro‘yxatga olingan edi.
Insonlarni 
yaxshilikka 
chaqirguvchi va 
yomonlikdan 
qaytarguvchi 
bir ilmdir.
Abdulla 
Avloniy
BUGUN DARSDA QUYIDAGILAR BILAN TANISHASIZ:
1. O‘zbekistonda diniy ta’limning tarixiy ildizlari. 
2. O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan madrasa va seminariyalar. 
26–27-§


130
did maktablari faoliyat ko‘rsata boshladi. Toshkent, 
Samarqand, Qo‘qon shaharlari jadidchilik maktablari-
ning markaziga aylandi. 
1917-yilning boshlarida Turkistonda 100 ga yaqin 
yangi usul maktablari faoliyat yuritib, ularda 4 mingdan 
ortiq o‘quvchi ta’lim olgan. Bu maktablarda islom dini 
asoslari bilan bir qatorda chet tili, fizika, kimyo, mate-
matika, psixologiya, gigiyena, agronomiya, iqtisod, hi-
sob-kitob kabi zamonaviy fanlar o‘qitilgan.
Sovet Ittifoqi tuzilgach, din va madrasalarga qarshi 
ayovsiz kurash avj oldi. Biroq, Ikkinchi jahon urushi 
yillarida sovet davlati o‘z siyosiy manfaatlari yo‘lida 
dinga munosabatini biroz yumshatdi. 
1943-yilda Toshkentda O‘rta Osiyo va Qozog‘is-
ton musulmonlari idorasi tashkil etilib, uning faoliyati 
O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, 
Tojikiston respublikalarining islomiy diniy tashkilotlari 
faoliyatini muvofiqlashtirish dan iborat bo‘ldi. 
1945-yilda Buxoroda Mir Arab madrasasi uzoq yil-
lik tanaffusdan so‘ng qayta ishga tushirildi. Keyinroq 
Toshkentdagi Baroqxon madrasasi faoliyatini boshlab
1971-yilda u Imom Buxoriy nomli Toshkent islom insti-
tuti nomini oldi. 1990-yilga qadar sobiq Sovet hududida 
mazkur ikki bilim yurtidan boshqa islomiy ta’lim muas-
TARIXGA NAZAR 
Mang‘itlar hukmronligi davrida Buxoro amirligida ko‘plab yirik 
inshootlar – Shayx Jalol darvozasi va honaqoh (XVIII asr 2-yarmi), 
Domullo Tursunjon madrasasi (1796-97), Xalifa Xudoydod ansambli 
(1777–1855), Chorminor (1807), Amir madrasasi (XX asr boshlari), Si-
torai Mohi Xosa (XIX–XX asr boshlari) va boshqa bino hamda inshoot-
lar barpo etildi. 
Ey, inson farzan-
di, sen dastlab 
ilmli bo‘l, u 
senga otangdek 
bo‘lsin. So‘ngra 
sen parxezkor 
bo‘lgin, u senga 
mehribon onang-
dek bo‘lsin. 
O‘zingni ular 
bag‘rida tutgin, 
shunda Yaratgan 
seni balo-ofatlar-
dan saqlaydi.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling