Dinlari tarixi


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/97
Sana21.10.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1714929
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   97
Bog'liq
Dunyo dinlari tarixi 11 sinf

Mahmud 
Zamaxshariy


131
sasalari bo‘lmagan. Ular asosan, O‘rta Osiyo 
musulmonlari diniy boshqarmasi (SADUM 
– Среднеазиатское духовное управление 
мусульман) huzurida masjid imomlarini 
tayyorlashga ixtisoslashgan.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik-
ni qo‘lga kiritgandan so‘ng diniy ta’lim so-
hasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Davlat 
ro‘yxatidan o‘tgan madrasalar, diniy-ma-
daniy obyektlar O‘zbekiston Musulmonlari 
idorasi tasarrufiga topshirildi. Bugungi kun-
da yurtimizda qator diniy ta’lim muassasalari 
faoliyat olib bormoqda.
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom 
instituti 1971-yil 1-oktabrda tashkil etilgan 
bo‘lib, Baroqxon madrasasi binosida joy-
lashgan. 2007-yilda Toshkent islom mada-
niyati poytaxti deb e’lon qilinishi munosaba-
ti bilan Hastimom Majmuasi qayta qurildi va 
ushbu institut ham yangi binoga ega bo‘ldi. 
Bugungi kunda institut Hastimom me’moriy 
maj muasi tarkibidadir.
«Mir Arab» o‘rta maxsus islom bilim yurti 
(Buxoro sh.) — Shayx Said Abdulla al-Yama-
ni tomonidan Amir Ubaydullaxon mablag‘la-
riga 1530–1536-yillarda barpo etilgan.
«Mir Arab» oliy madrasasi (Buxoro vil.) – 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat 
Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2017-yil-
da tashkil etilgan. Mazkur oliy ta’lim muas-
sasasi Buxoro viloyati Kogon tumanidagi 
Bahouddin Naqshband ziyoratgohi hududida 
joylashgan. 
Toshkent islom instituti binosi
Buxorodagi «Mir Arab»
oliy madrasasining ochilish 
marosimi


132
«Ko‘kaldosh» o‘rta maxsus islom bilim yurti (Tosh-
kent sh.) 1569–1570-yillarda Baroqxon tomonidan qur-
dirilgan. 1999-yilda ushbu madrasa o‘rta maxsus bilim 
yurti sifatida qayta ochildi. 
«Sayyid Muhyiddin Maxdum» o‘rta maxsus islom 
bilim yurti — 1992-yil Andijon viloyati Oltinko‘l tuma-
ni Jalabek qishlog‘ida barpo etilgan. 
«Mulla Qirg‘iz Oxund» madrasasi – 1914–1915-yil-
larda Namangan viloyatida Atoulloxon tomonidan barpo 
etilgan. 2014-yilda «Hidoya» nomi bilan o‘rta maxsus 
islom bilim yurti sifatida qayta tashkil etilgan.
«Faxriddin ar-Roziy» o‘rta maxsus islom bilim yur-
ti — 1992-yilda Xorazm viloyatining Xonqa tumani 
«Xudoyquli Eshon bobo» masjidi binosida o‘z faoliya-
tini boshlagan. 1994-yili Urganch shahrida joylashgan 
«Dosh qinjon bobo» tarixiy binosiga ko‘chirilgan. 
«Xoja Buxoriy» o‘rta maxsus islom bilim yurti – 
1992-yilda Qashqadaryoning Kitob tumanida tashkil 

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling