Dinlari tarixi
Download 1.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Dinlari tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
- Mahmud Zamaxshariy 30 MARKAZIY OSIYO DINLARI 5-6-§
- Shavkat Mirziyoyev BUGUN DARSDA QUYIDAGILAR BILAN TANISHASIZ
- MA’LUMOT UCHUN MA’LUMOT UCHUN Gebrlar va parslar
- Abu Rayhon Beruniy Aqlli bo‘lish kifoya emas, muhimi uni ishlata bilishdir. Rene Dekart
- O. Mahmu- dovning «Ummondan durlar» kitobidan MUSTAHKAMLASH UCHUN
- BUGUN DARSDA QUYIDAGILAR BILAN TANISHASIZ
- MA’LUMOT UCHUN
- Bibliyaning «Qadimgi Ahd» qismidan
- O‘ZBEKISTONDA BUDDAVIYLIK JAMOASI, ADABIYOTLARI. XRISTIANLIK JAMOALARI. BIBLIYANING O‘ZBEK TILIDAGI NASHRI
- Budda 38 ISLOM DINI DOIRASIDA YUZAGA KELGAN XALQARO TASHKILOTLAR
- 8–9-§ XX–XXI ASRLARDA ISLOM Ichkaridagi kelib eshikni ochib bermasa, tashqaridagi o‘g‘ri uyga kira olmaydi. Jaloliddin
- ISLOM HAMKORLIK TASHKILOTI BO‘LINMALARI
- Shavkat Mirziyoyevning Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnolo- giyalar bo‘yicha
- TARIXGA NAZAR 41 O‘ZBEKISTONING XALQARO ISLOM TASHKILOTLARIGA A’ZOLIGI
- TARIXGA NAZAR
IJODIY FAOLIYAT 29 Moslashuv funksiyasi. Din odamlarning yangi ij- timoiy muhitga moslashishiga yordam beradi. Ayrim sabablarga ko‘ra, boshqa mamlakatlarga ko‘chib ketgan kishilar yangi joyda notanish mahalliy urf-odatlarga oson ko‘nika olmaydilar. Bunday sharoitda ular o‘zlari e’tiqod qiladigan dinning rasm-rusumlarini va e’tiqod normalarini hamda ona tilini saqlab qolish orqali ma- daniy va milliy qadriyatlarini keyingi avlodlarga uza- tadilar. Albatta, din yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan muhim ij- timoiy funksiyalarni bajarib, jamiyat a’zolari dunyo- qarashiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Mamlakatimizda islom dinidagi mo‘tadillik tamoyili kishilarning shaxsiy va ijtimoiy hayotlaridagi mavjud muammolarga bag‘rikenglik, saxovat, savob, himmat kabi axloqiy qadriyatlar asosida oqilona yondashishga undaydi. Shu nuqtayi nazardan, islom dinidagi bu ta- moyil O‘zbekistonning bugungi kundagi shiddat bilan kechayotgan ijtimoiy taraqqiyoti uchun ma’naviy omil- lardan biri bo‘lib xizmat qiladi. MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Dindan g‘arazli maqsadlarda foydalanish qanday ijtimoiy muam- molarga olib keladi? 2. Din va jamiyat munosabatlarini o‘rganuvchi fan sohasi qanday nomlanadi? 3. Din sotsiologiyasining asosiy maqsadi nimada? 4. Dinning ijtimoiy hayotdagi qanday funksiyalarini bilasiz? 5. Dinning jamiyatdagi «funksiyasi» va «roli» tushunchalari nima- larda ifodalanadi? To‘g‘ri va haq yo‘ldan yurgan kishining yurishi arslon yurishi- dan ko‘ra ham mahobatliroq (haybatliroq)dir. Mahmud Zamaxshariy 30 MARKAZIY OSIYO DINLARI 5-6-§ Markaziy Osiyo mintaqasining qadim da Buyuk Ipak yo‘lida joylashganligi bu yerda ko‘p millatli va konfes- siyali davlatning shakllanishiga sabab bo‘ldi. Buyuk Ipak yo‘li Shosh, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi qadi- miy shaharlar orqali o‘tgan. Bu shaharlarda yirik kar- vonsaroylar, savdo rastalari va bozorlarning rivojlani- shi bilan birga turli madaniyat, til va din vakillari ham jamlandi. Tabiiyki, ular o‘z urf-odat va an’analarini ham olib kirishdi. Markaziy Osiyo mintaqasida tarqalgan eng qadimgi dinlardan biri zardushtiylikdir. Bugungi kunda bu dinga e’tiqod qiluvchilarning soni ko‘p emas. Buyuk Ipak yo‘li nafaqat hududlar o‘rta- sida savdo-sotiq aloqalarini, balki davlatlar va qit’alar o‘rtasida axborot almashu- vini ta’minlashga xizmat qilgan. Shavkat Mirziyoyev BUGUN DARSDA QUYIDAGILAR BILAN TANISHASIZ: 1. Markaziy Osiyoda tarqalgan dinlarning hozirgi holati. 2. Zardushtiylik jamoalarining zamonaviy hayot tarzi. 3. Tangrichilikdagi «Uyg‘onish» harakati va buning zararli oqibatlari. Buyuk Ipak yo‘li O‘rta asrlarda Sharq va G‘arb mamlakatlarini o‘zaro bog‘lagan qit’alararo kar von yo‘li. «Buyuk Ipak yo‘li» atamasi ushbu yo‘ldan tashilgan qimmatbaho tovar – Xitoy ipagi bilan bog‘liq. Marka- ziy Osiyoda qadimdan jahon dinlari – buddaviylik, xristianlik, islom dinlari tarqalgan. Shuningdek, moniylik va yahudiylik dinlari ham mavjud bo‘lgan. TARIXGA NAZAR 31 Jahon miqyosida zardushtiylikning diniy manbasi Avestoni o‘rganish avestoshunoslik nomini olgan. Ho- zir AQSh, Rossiya, Eron, Hindiston davlatlarida yirik avestoshunoslik markazlari mavjud. Bugungi kunda eng yirik zardushtiy jamoalari — Eron gebrlari va Hindis- ton parslari o‘rtasida faqatgina til, ibodatlarni o‘tka zish shakli va yil hisobi borasida ba’zi ixtiloflar mavjud. Ayni damda Hindistonda ruhiy jihatga e’tibor beruvchi qator guruhlar yuzaga kelgan. Globallashuv ta’sirida so‘nggi vaqtlarda zardushtiy- likni isloh qilish, ko‘pgina marosimlarni bekor qilib, faqat «Gat»larni muqaddas kitob deb tan olish fikri olg‘a surilmoqda. Hozirda jahon miqyosida zardushtiy- lar Hindistonda 100 ming, Eronda 50 ming, Yevropa, Osiyo mamlakatlari hamda Amerikada bir necha ming kishini tashkil etadi. Eron gebrlari Hindiston parslari MA’LUMOT UCHUN MA’LUMOT UCHUN Gebrlar va parslar — zardushtiylik diniga e’tiqod qilishni saqlab qolgan etnokonfessional guruhlar. 2001-yilda YUNESKO tomonidan Avestoning 2700 yilligi nishon landi. Urganch shahrida Avestoga qo‘yilgan yodgorlik. 32 Markaziy Osiyo mintaqasida yuzaga kelgan dinlar- dan yana biri bu tangrichilikdir. Mintaqa xalqlari tarixi- da maz kur e’tiqodning o‘ziga xos o‘rni bo‘lgan. Tangrichilik tarixi o‘lkamiz xalqlarining o‘t mish ma- daniyati, ijtimoiy hayoti va turmush tarzi haqida ma’lu- mot beruvchi tarixiy manbalardan biridir. Bugungi kunda Markaziy Osiyo xalqlari orasida tangri chilikni qadimiy diniy an’ana sifatida tiklashga urinishlar bor. Bunday harakatlar ortida ayrim g‘arazli maq sadlar ham yotganini sezish mumkin. 1990-yillardan boshlab tangrichilikka e’tiqod qiluv chi guruhlar paydo bo‘la boshladi. Ataylab ko‘tarib chiqi- layotgan bu holat aholi orasida bo‘linishlarga olib kelishi mumkin. Chunki bugungi kunda ushbu mintaqada o‘zla- MA’LUMOT UCHUN Xoqonlik o‘z davlat mafkurasiga ko‘ra, «el» deb atalib, qadimgi tarixda u bilan bog‘liq «mangu el», «Tangri (ilohiy) el», «turk eli» kabi iboralar shakllangan. El va xoqon hokimiyatning Tangri tomonidan Ashina xonadoniga «Turk budun (xalqi)»ga in’om qilinganiga ishonilgan. Qadimgi turk jamiyati dunyoning biror boshqa siyosiy uyushmasi hukmdoriga «xudo-qirol» sifatida qaramagan, chunki bunday siyosiy iqtidor (ne’mat) Tangri tomonidan faqat Ashina xonadoniga in’om etilgan, degan tasavvur Ashina turklari tasavvurida hukmron edi. Shu bois, Ashina xonadoni hokimiyati ilohiylashtirilgan. Agar Tangri bergan siyosiy hokimiyat ishonchni oqlamasa, ya’ni o‘z iqtidorini ko‘rsata olmasa, unday hukmdor hokimiyatdan uzoqlashtirilib, «Tangri bergan siyosiy hokimiyat yana Tangri tomonidan qaytarib olinadi», deb tushunilgan. Abu Rayhon Beruniy Aqlli bo‘lish kifoya emas, muhimi uni ishlata bilishdir. Rene Dekart 33 rining ko‘p asrlik diniy e’tiqodlariga ega bo‘lgan turli millat va elatlar istiqomat qiladilar. Shunday sharoitda tangrichilik dinini qayta tiklashga urinish milliy va diniy ziddiyatlar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. XXI asrning boshlarida Markaziy Osiyo mintaqasi- da joylashgan mamlakatlar – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonda o‘ziga xos diniy manzaraga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Qozog‘iston Respublikasida rasman 18 konfes- siya tarkibida 3600 dan ortiq diniy tashkilot mavjud. Shuningdek, mamlakatda 246 ta noan’anaviy diniy gu- ruhlar va yangi jamoatlar (missionerlar) ham faoliyat ko‘rsatadi. Turkmaniston Respublikasida 13 ta diniy konfessiya ro‘yxatga olingan. Mamlakatda 128 ta diniy tashkilot mavjud. Qirg‘iziston Respublikasida 30 dan ortiq diniy konfessiyalar mavjud. Inson hayoti davomida umr yo‘lini o‘zi- ga-o‘zi yaratib boraveradi. O. Mahmu- dovning «Ummondan durlar» kitobidan MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Markaziy Osiyo mintaqasida ko‘p millatli va konfessiyali aholi yashashining sabablari nimada? 2. XXI asrning boshlarida Markaziy Osiyo mintaqasida joylash- gan mamlakatlar – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turk- maniston va O‘zbekistonda qanday diniy manzarani ko‘rishimiz mumkin? 3. Tangrichilik dinining bugungi kunda targ‘ib etilishi qanday oqi- batlarga olib kelishi mumkin? 34 7-§ JAHON DINLARI MANBALARI: BUDDAVIYLIK VA XRISTIANLIK JAHON DINLARI MANBALARINING DINIY BAG‘RIKENGLIK, TOTUVLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDAGI AHAMIYATI Har qanday dinga e’tiqodning asoslari, qonun-qoida- lari, ibodat va marosimlari uning muqaddas manbalarida aks etadi. Muqaddas kitoblar birlamchi yoki ikkilam chi bo‘lishi mumkin. Jahon dinlaridan bo‘lgan buddaviy- likda Tripitaka, xristianlikda Bibliya muqaddas manba hisoblansa, islom dinida Qur’oni karim bevosita Alloh- ning so‘zlari – kalomidir. Shu sababli ham, islom dini ta’limotiga ko‘ra Qur’on oyatlarini nopok holda tilovat qilish, uning ustiga bosh qa kitoblarni yoki buyumlarni qo‘yish, ko‘tarib yurganda qo‘llar beldan pastga tushib turishi mumkin emas. Boshqa dinlarda ham o‘zlarining muqaddas manbala- riga nisbatan katta ehtirom ko‘rsatiladi. Masalan, xristianlikda Iso Masih yoki boshqa avliyo- larning suratlari tushirilgan ikonalar uylardagi maxsus «muqaddas burchak» yoki «qizil burchak»ka joylashtiri- BUGUN DARSDA QUYIDAGILAR BILAN TANISHASIZ: 1. Jahon dinlari manbalarining diniy bag‘rikeng- lik, totuvlik madaniyatini shakllantirishdagi ahamiyati. 2. O‘zbekistonda buddaviylik jamoasi, ada- biyotlari. Xristianlik jamoalari. Bibliyaning o‘zbek tilidagi nashri. Tripitaka MA’LUMOT UCHUN 2017-yilning 1-iyunida Tosh- kent shahrida Bibliya kitobining o‘zbek tiliga to‘liq tarjimasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Shu yilga qadar Bibliyaning ayrim qismlarigina o‘zbek tiliga tarji- ma qilingan edi. 35 ladi va ularga alohida hurmat ko‘rsatiladi. Bu joy uydagi altar (mehrob) vazifasini bajaradi. Oila a’zolari bu joy- ga kelib, ibodatlarini amalga oshiradilar. Altar juda toza saq langan. Muqaddas manbalarda diniy ko‘rsatmalar bilan birga, odob-axloq, insonparvarlik, halollik, atrof-muhitni as- rashga doir ko‘rsatmalar ham o‘rin olgan. Shuni unutmaslik lozimki, hech qaysi dinning muqaddas manbasi begunoh insonlar, jonivorlarning qo- nini to‘kish, o‘g‘rilik, vayronagarchilikka buyurmaydi. Xristian oilalaridagi «muqaddas burchak» yoki «qizil burchak» «Keyin Xudo quyidagi so‘zlarni aytdi: «Men sizlarni Misr dagi qullik- dan olib chiqqan Egangiz Xudoman... Qotillik qilmang... O‘g‘rilik qil- mang. Qo‘shningiz ga qarshi yolg‘on guvohlik bermang. Qo‘shningizning uyiga ko‘z olaytirmang. Qo‘shningiz ning xotini, quli yoki cho‘risi, moli yoxud eshagi, unga qarashli biror narsasiga ko‘z olaytirmang». Bibliyaning «Qadimgi Ahd» qismidan 36 Buddaviylik matnlarida tinchlikparvarlik eng yuk- sak fazilat hisoblanib, g‘azab va qahri qattiqlik eng katta gunohlar sifatida e’tirof etiladi. Jumladan, Tripi- takaning «Dxammapada» kitobida shunday deyiladi: «Illoki, bu dunyoda hech qachon nafrat nafrat bilan yengilmaydi, balki nafratning yo‘qligi bilan u ham bar- ham topadi». O‘ZBEKISTONDA BUDDAVIYLIK JAMOASI, ADABIYOTLARI. XRISTIANLIK JAMOALARI. BIBLIYANING O‘ZBEK TILIDAGI NASHRI Jahon dinlarining eng qadimiysi bo‘lgan buddaviylik- da muqaddas manba – Tripitakaga katta ehtirom ko‘rsa- tiladi. Pali tilida yozilgani sababli ham mazkur kitob «Pali kanoni» deb ham nomlanadi. Hozirgi kunimizga qadar «Pali kanoni»ning ko‘plab qismlari ingliz tiliga tarjima qilingan. Tripitakaning rus tiliga tarjimalari XIX asrda paydo bo‘lgan. Xristianlik dinining asosiy manbasi Bibliya «Qadim- gi Ahd» (yahudiylarda «Tanax») va «Yangi Ahd» deb nomlanuvchi ikki qismdan iborat. Ulardan «Qadimgi MA’LUMOT UCHUN Budda ta’limoti- ning asosi «hayot – bu azob-uqu- bat» va «najot yo‘li mavjud» degan g‘oyadir. Buddaviylik qonuniyatlariga ko‘ra, inson o‘zi- ga moslashgan mavjudot bo‘lib, o‘zida tug‘iladi, o‘zini-o‘zi halok qiladi yoki qutqa- radi. TARIXGA NAZAR Miloddan avvalgi 80-yillarda Tripitaka birinchi bor palma barglariga yozilgan. 1871-yilda Mandalay shahri (Birma)da bo‘lib o‘tgan Butunjahon buddaviylar yig‘ilishidan so‘ng Tripitaka matni har biri 2 metrli 729 ta marmar plitalarga yozib chiqilgan. 1900-yilda marmarga o‘yib tushirilgan Tripitaka matni ilk bor kitob holida nashr etildi. Uning hajmi 38 jildni tashkil etdi. 37 TARIXGA NAZAR «Qadimgi Ahd»ning ilk tarjimasi miloddan avvalgi III-II asrlarda grek tiliga tarjima qilingan. U «Septuaginta» – yetmish tarjimon ishi deb ataladi. 390-405-yillar orasida Bibliya matni lotin tiliga tarjima qilindi. V asrda Bibliyaning to‘liq matni arman, got, gruzin va boshqa tillar- ga o‘girildi. 1380-yilda esa lotin tilidan ingliz tiliga tarjima qilindi. 1581-yili ilk bor slavyan-cherkov tilidagi Bibliya dunyoga keldi. 1818-yilga kelib esa uning ilk qismlari rus tilida chop etildi. Ahd» qadimiy oromiy tilida, «Yangi Ahd» esa qadim gi grek tilida yozilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra bugungi kunga kelib, mazkur kitob uch mingdan ortiq til va lahjalarga tarjima qilin- gan. 1991-yilda ilk bora Bibliya kitobi ayrim qismlarining o‘zbek tiliga tarjimasi amalga oshirilgan. 1994-yilda respublikamizda O‘zbekiston Bibliya kitob jamiyati tu- zilgan. 2017-yil iyun oyida jamiyat tomonidan ilk bora Bibliya to‘lig‘icha o‘zbek tiliga tarjima qilingani e’lon qilindi. MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Muqaddas manba deganda nima tushuniladi? 2. Dinlarda muqaddas kitoblarga qanday munosabat ko‘rsatiladi? 3. Bibliyaning tarjimalari haqida nimalarni bilasiz? 4. Buddaviylik dini muqaddas manbasi qanday nomlar bilan ataladi? 5. Sizningcha, muqaddas diniy manbalar insonlarni buzg‘unchilikka chorlashi mumkinmi? Hamisha yax shilik qil. Bosh qalarni sevsang, o‘zing ham, bosh qalar ham baxt li bo‘- lishadi. Budda 38 ISLOM DINI DOIRASIDA YUZAGA KELGAN XALQARO TASHKILOTLAR XX asr oxiri-XXI asrning dastlabki o‘n yilligida dunyo ning diniy manzarasida bir qator jiddiy va zid- diyatli o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bunday o‘zgarishlar za- mirida jahon siyosati va ma’naviyatida ro‘y berayotgan jarayonlar, ikki qutbli dunyoning barham topishi, glo- ballashuvning jadallashuvi, xalqaro terrorizm xavfining kuchayishi kabi omillar yotibdi. Bir qator musulmon mamlakatlarining olimlari, ziyolilari va ijtimoiy-siyosiy soha arboblari terrorizm- ga qarshi o‘zlarining munosabatlarini bildirdilar. Ular ushbu maqsadda jahon miqyosida faoliyat ko‘rsatadi- gan doimiy tashkilot tuzish to‘g‘risidagi tashabbus bi- lan chiqdilar. Natijada xalqaro miqyosda hukumat yoki nohukumat darajasida ish olib boruvchi Islom konferen- siyasi tashkiloti tashkil topdi. 1969-yilda Marokash poytaxti Rabot shahrida musul- mon mamlakatlarining tashqi ishlar vazirlari ishtiroki- da sessiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur sessiyada ishtirok etgan davlatlar Islom konferensiyasi tashkilotining a’zolari 8–9-§ XX–XXI ASRLARDA ISLOM Ichkaridagi kelib eshikni ochib bermasa, tashqaridagi o‘g‘ri uyga kira olmaydi. Jaloliddin Rumiy BUGUN DARSDA QUYIDAGILAR BILAN TANISHASIZ: 1. Islom dini doirasida yuzaga kelgan xalqaro tashkilotlar, ularning mutaassib lik va terrorizmga qarshi kurashdagi o‘rni. 2. O‘zbekistonning xalqaro islom tashkilotlariga a’zoligi. 39 etib belgilandi. Bugungi kunda bu tashkilot Islom ham- korlik tashkiloti (IHT) deb ataladi. IHT faoliyatida quyidagilar asosiy maqsad sifati- da belgilangan: islom birdamligini rag‘batlantirish; iq- tisodiy, ijtimoiy, madaniy, ilmiy va boshqa sohalarda hamkorlikni mustahkamlash; irqiy kamsitishni, barcha shakldagi mustamlakachilikni tugatishga harakat qilish; tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun tadbirlar belgilash va hokazo. Tashkilotni boshqarishning asosiy tamoyillari: o‘z taq dirini o‘zi belgilash huquqiga rioya etish; a’zo davlatlarning teng huquqlarga ega ekanligi; suverenitet, mustaqillik va hududiy yaxlitlikni tan olish; a’zo davlat- lar orasidagi nizolarni tinch yo‘llar bilan hal etishdan iborat. ISLOM HAMKORLIK TASHKILOTI BO‘LINMALARI IHTning rahbar organlari Davlat va hukumat bosh- liqlari konferensiyasi, Tashqi ishlar vazirlarining konfe- rensiyasi va bosh kotib rahbarligidagi kotibiyat hisobla- nadi. Oliy organ – a’zo mamlakatlar rahbarlarining islom sammiti har uch yilda o‘tkazilib, musulmon mamlakat- larining umumiy siyosatini belgilab beradi. Tashqi ishlar vazirlari konferensiyasi esa har yili yoki zaruratga qarab o‘tkaziladi. Oliy ijro organi Bosh kotib rahbarligidagi Bosh koti- biyat hisoblanadi. Bosh kotib a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari tomo- nidan 4 yil muddatga saylanadi. Tashkilot bosh qaror- gohi Saudiya Arabistonining Jidda shahrida joylashgan. ...Ushbu anju- man buyuk alloma Mirzo Ulug‘bek Buxo- ro shahrida bun- yod etgan mad- rasa peshtoqiga bitilgan «Ilm egallash har bir muslim va muslima uchun farzdir», degan hadisi sharifni hayotimiz qoida- siga aylantirish- ga xizmat qiladi. Shavkat Mirziyoyevning Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnolo- giyalar bo‘yicha birinchi sammiti- dagi nutqidan. 40 IHT huzurida Islom taraqqiyot banki, Fan va texnika sohasida hamkorlik bo‘yicha doimiy qo‘mita faoliyat ko‘rsatadi. 1975-yildan unga BMT huzurida kuzatuv chi tashkilot maqomi berilgan. Tashkilot tasarrufida jami 17 ta mustaqil tashkilot mavjud. Ulardan eng yiriklari quyidagilar: • Islom taraqqiyot banki; • Islom yangiliklar agentligi; • Islom teleradioeshittirishlar uyushmasi; • Iqtisodiy-ijtimoiy masalalar bo‘yicha Islom ko- missiyasi; • Islom taraqqiyot fondi; • Islom adolat sudi; • Islom poytaxtlari uyushmasi; • Ilmiy-texnikaviy rivojlanish islom fondi; • Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkiloti va h.k. MA’LUMOT UCHUN 2017-yil 9-aprel kuni Misrning Tanta shahridagi «Mar Girgis» nasroniylar cherkovida sodir etilgan qo‘poruv- chilik harakat- lari yuzasidan Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Yusuf Ahmad al-Usay- minning shaxsan o‘zi bayonot berib, cherkovda sodir etilgan va ko‘plab begunoh odamlarning o‘li- mi va jarohatiga sababchi bo‘lgan terrorchilik ha- rakatini qat’iyan qoraladi. Islom hamkorlik tashkiloti – hukumatlararo xalqaro tashkilot. 2011-yil 28-iyungacha Islom konferensiyasi tashkiloti deb atalgan. 1969-yil Rabot (Marokash) shahrida tuzilgan. Nizom 1972-yil Jidda (Saudiya Arabistoni) shahrida 3-konferensiyada qabul qilingan. 2008-yil 13-14-martda Dakar (Senegal) shahrida bo‘lib o‘tgan 11-sammitda Nizomning yangi tahriri qabul qilingan. TARIXGA NAZAR 41 O‘ZBEKISTONING XALQARO ISLOM TASHKILOTLARIGA A’ZOLIGI 2016-yil Toshkent shahrida Islom hamkorlik tash- kiloti ishtirokida «Ta’lim va ma’rifat – tinchlik va bunyod korlik sari yo‘l» mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islom hamkorlik tashkilotidagi raislik davri uchun taklif etilayotgan ustuvor maqsadlar- dan birining kontekstida davlatimizning ayrim tashab- buslarini e’lon qildi. Birinchi tashabbus nafaqat islom madaniyati, balki umumbashariy sivilizatsiyaga benazir hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ko‘p qirrali diniy-ma’naviy me- rosini o‘rganishga ixtisoslashgan Samarqanddagi Imom Buxoriy xalqaro tadqiqotlar markazini tashkil etishdan iborat. O‘zbekistonning yana bir tashabbusi – Tosh- kent islom universiteti (hozirgi O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi) tarkibida Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkiloti (ISESCO — Isla- mic Educational, Scientific and Cultural Organization) ning maxsus kafedrasini tashkil etish bilan bog‘liqdir. Yangi kafedra faoliyatining asosiy yo‘nalishini musul- mon dunyosidagi ta’lim, ilm-fan va madaniyat tarixi MA’LUMOT UCHUN IHTga jami 57 davlat a’zodir. O‘zbekiston ushbu tashkilotga 1996-yil 2-oktabrda qabul qilingan. Bosniya va Gersegovina, Markaziy Afri- ka Respub likasi, Rossiya, Tayland, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, shuningdek, BMT, Arab mamlakatlari ligasi, Afrika ittifoqi, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Qo‘shilmaslik harakati tashkiloti kuzatuvchi ma- qomiga ega. IHT esa xalqaro huquq subyekti sifatida BMTda kuzatuv- chilik qilishga haqli. TARIXGA NAZAR ISESCO – IHT huzuridagi mus- taqil tashkilot. 1979-yili ta’sis etilgan. Nizomi 1982-yildagi Ta’sis Konferen- siyada (1982-yil, Fes shahri) qabul qilingan.. 42 hamda ularning hozirgi holatini o‘rganish va ular haqida talabalarga chuqurlashtirilgan maxsus kurslarni berish tashkil etadi. Bugungi kunda IHT va O‘zbekiston o‘rta- sida hamkorlik istiqbollarini bir qator global va mintaqaviy muammolarni hal qilishda ko‘rish mumkin. Respublikamiz IHT tar- kibidagi Ta’lim, fan va madaniyat masa- lalari bo‘yicha islom tashkiloti (ISESCO) bilan ham mustah kam aloqalarga ega. Da- rhaqiqat, mazkur tashkilot 2007-yilda Tosh- kent shahrini islom madaniyati poytaxti, deb e’lon qilgan edi. Shu bilan birga, ISESCO tomonidan 2020-yilda vatanimizning yana bir durdonasi – Buxoro shahriga ham shu nomning berilishi mo‘ljallangan. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling