Dinning ijtimoiy fazifalari Reja
Dinning jamiyatdagi vazifalari
Download 38.48 Kb.
|
Dinning ijtimoiy fazifalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
Dinning jamiyatdagi vazifalari
Din jamiyatda ma’lum ijtimoiy, ma’naviy va ruіiy vazifalarni bajaradi. Birinchidan, іar єanday din o’z іomiylari uchun to’ldiruvchilik, ovutuvchilik (kompensatrolik) vazifasini bajaradi. Masalan, insonda doimiy eіtiyoj іosil bo’lishi іodisasini olib єaraylik. Inson іayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat bilan bo’lgan munosabatlari jarayonida shaxsiy va ijtimoiy eіtiyoj, maєsadlarga etishishi єiyin, ilojsiz bo’lib ko’ringanda bunday ma’naviy -ruіiy eіtiyoj vujudga kelgan. Chunki inson іayotida єuvonchli yoki tashvishli onlarida, orzular ro’yobga chiєishi ilojsiz bo’lgan paytda doimo dindan najot izlaydi. Insoniyatning dinga eіtiyoji jamiyat bo’lib yashash talablarida boshlangan va din bu o’rinda ma’naviy-ruіiy eіtiyojni єondiruvchi tasalli beruvchilik vazifasini bajaradi. Ikkinchidan, muayyan din o’z ta’limot tizimini vujudga keltirgach, o’ziga e’tiєod єiluvchilar jamoasini shu ta’limot doirasida saєlashga іarakat єiladi. Bu ijtimoiy іodisa dinning birlashtiruvchilik (integratorlik) vazifasi deb ataladi.Bunda din ijtimoiy, etnik va ma’naviy іayotning o’z ta’siri doirasida bo’lishini ko’zda tutadi. Masalan , islom o’tmishda Markaziy Osiyo xalєlarining ijtimoiy іayotiga, aіloєiy munosabatlariga, іattoki adabiyoti va san’atiga o’z ta’sirini ko’rsatgan. Xristianlikda іam e’tiєod єiluvchilarni unga yanada ko’proє jalb etish uchun diniy, me’moriy, tasviriy san’at, musiєadan unumli foydalaniladi. Uchinchidan, din dindorlar іayotini tartibga solish nazorat єilish (regulyatorlik) vazifasini bajaradi. Іar єanday dinlarning , ma’lum urf-oda , marosim va bayramlari bo’lib, ularni o’z vaєtida, diniy ta’limot va talab asosida bajarilishi shart єilib єo’yiladi. Masalan, islom dinida kuniga besh vaєt namoz o’єilishi, іar іafta juma namozini ado etilishi, ramazon oyida bir oy ro’za tutilishi musulmonlarning іayot tarzini tartibga solib turadi. To’rtinchidan, din aloєa boјlovchilik (kommunikativ) vazifasini bajaradi. Dinning bu vazifasi orєali dindorlarning birligi, jamiyat bilan shaxsning o’zaro aloєasi ta’minlanadi. Bunda muayyan bir dinga e’tiєod єiluvchi kishi shu dindagi boshєa kishilar bilan boјliє bo’lishi , urf-odat va ibodatlarni jamoa bo’lib ado etishi ko’zda tutiladi. Cherkov, machit va diniy tashkilotlar dinning bu vazifasini amalga oshirishga ko’maklashadi, ayni paytda bu іolatni nazorat єiladi. Beshinchidan, din єonunlashtiruvchilik (legitimlovchilik) vazifasini іam bajaradi. Іar єanday dinda єonun darajasiga ko’tarilgan aіloє normalari ishlab chiєiladi.Din bu normalarni єonunlashtiribgina єolmay , ularga bo’lgan munosabatni іam belgilaydi. Bulardan tashєari dinning falsafiy vazifasi іam mavjud. Bu vazifa - insonda yashashdan maєsad, іayot mazmunini , bu dunyo va narigi dunyo masalalariga o’z munosabatini bildirib turishni o’z ichiga oladi. Dinning ijtimoiy іayotga ta’siri іamma vaєt іam bir xil bo’lgan emas. U zamonga, o’ringa, sharoitga єarab o’zgarib turgan. Kishilik jamiyatida din єanday paydo bo’lgan, degan savolga turli fikrlar bildirilgan. Shu o’rinda ilmiy izlanishlardagi dinning kelib chiєishi іaєidagi asosiy ta’limotlar іaєida to’xtalib o’tishga to’јri keladi. Er yuzida dastlabki odamlar (preantroplar) bundan 5-6 million, ilk diniy tushunchalar esa 40 ming yil (Markaziy Osiyoda 10 ming yil) avval paydo bo’lgan. Demak, diniy tasavvurlar ma’lum bir ijtimoiy-tarixiy rivojlanish jarayonida yuzaga kelgan. Biroє dinning kelib chiєishi іaєida turli, goіo єarama-єarshi fikrlar mavjud. Birinchisi, dinning kelib chiєishi juda oddiy. U kishining јayritabiiy kuchlarga ishonishi va tabiat kuchlari oldidagi ojizligidan, nodonligidan kelib chiєєan degan tushunchadir. Ikkinchisi, diniy єarashlar ma’lum bir ijtimoiy-iєtisodiy munosabatlar natijasida yuzaga kelgan, degan fikrdir. Materializm tarafdorlari ushbu єarashni ilgari surar ekanlar, dinni ijtimoiy ong shakllaridan biri, iєtisodiy bazis natijasi deb єaraydilar. Bizningcha, bu bir yoєlamalikdir. Iєtisodiy omillar kishi ongiga єanday ta’sir єilsa, ong, shu єatori din іam, iєtisodiy іayotga shunday ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashєari diniy tushunchalar iєtisodiy bazis bilan o’lchanganida edi, іar bir din ko’rinishi o’z davrining iєtisodiy munosabatlarini ifoda etgan va u bilan birga tarix saіnasidan tushib єolgan bo’lardi. Іar bir yangi iєtisodiy munosabatlar esa yangi diniy tushunchalarni va dinni shakllantirgan bo’lardi. Uchinchisi, diniy tushunchalar ma’lum bir doirada, “xarizmatik yo’lboshchilar”ning јoyalari ta’sirida yuzaga keladi, degan fikrdir. Ayrim shaxslarning diniy єarashlarning shakllanishida katta rol o’ynashini inkor єilmagan іolda shuni aytish zarurki, diniy tushunchalarda nafaєat ayrim shaxslar, shu bilan birga ayrim elat, millat, xalєєa oid єarashlar, urf-odatlar іam o’z aksini topadi. To’rtinchisi, diniy tushunchalar “axloєiy burchlarning ta’siri” (I.Kant) va mavіumlik oldidagi єo’rєuv (B.Rassel)dan kelib chiєadi, degan єarashidir. Beshinchisi, taniєli teolog va olim A. Men esa din “insondan tashєarida, insonning u (ya’ni, o’sha insondan tashєaridagi) bilan aloєasi” natijasi deb isbotlashga іarakat єiladi. Xullas, diniy tushunchalarning kelib chiєishi іaєidagi fikrlar іar xil, ba’zan esa ular bir-birlariga ziddir. O’zbekistonlik olimlar іam ilk diniy tushunchalarning kelib chiєishiga oid turli nuєtai-nazarlarni ilgari suradilar. Masalan, faylasuf olim Iso Jabbarovning fikriga ko’ra, kishilarning tabiat kuchlari oldidagi ojizligi diniy tushunchalarning kelib chiєishiga asos bo’lgan. F.Nabiev va U.Shokirovlar "diniy ong, diniy tasavvurlar jamiyatning ijtimoiy-iєtisodiy tuzumining xarakteriga muvofiє ravishda kelib chiєєan va rivojlangan" deb іisoblaydilar. U.Jo’raev va Y.Saidjonovlar dinning paydo bo’lish sababini “ tabiat kuchlari va іodisalarning odamlar ustidan іukmronligi, ularning bu kuchlar tabiatini va іodisalar sabablarini bilmasliklari, buning oєibatida ularning bu kuchlar, іodisalardan єo’rєuvga, daіshatga tushib єolganliklarida” ko’radilar. Fikrlar va yondoshishlarning іar xilligiga єaramay, diniy tushunchalarning kelib chiєishi insonning tabiat va jamiyat bilan munosabatlarining natijasidir. Uning negizida eng avvalo inson tomonidan borliєni idrok etishga, bilishga intilish yotadi. Ilk odamlar іali tom ma’nodagi diniy tasavvurlarga ega emas edilar. Bu tushunchalar ularning іayotiy tajribalari va ongi doirasida edi. Tarixiy manbalar ko’rsatadiki, ilk odamlarning tushunchalari, turmush tarzi, іarakatlari o’zlari kelib chiєєan tabiatnikidan, jonzodlarnikidan va odamsimon maymunlarnikidan kam farє єilgan. Shuning uchun ularning ilk diniy tushunchalari іam o’ta soddadir. Biroє bu tushunchalar o’z davri talablari darajasida bo’lgani uchun ularni muіim, insoniyatning madaniy rivojlanishiga єadam єo’ygan ilk bosєichlarida yaratilgan, kelgusi diniy tafakkurni, ongni keltirib chiєarishga, ma’naviy taraєєiyotga zamin yasagan єadriyatlar sifatida baіolash lozim. Diniy tushunchalar negizida ijtimoiy munosabatlar іam yotadi. Ushbu munosabatlar, ba’zi adabiyotlarda ko’rsatilganidek, iєtisodiy munosabatlardangina iborat emas. Ularda oilaviy, uruј-aymoєchilik, siyosiy va kishilararo munosabatlarning ildizlarini іam uchratish mumkin. Demak, diniy tushunchalarning kelib chiєishiga keng ijtimoiy munosabatlar ta’sir єilgan. Ilk diniy tushunchalarning vujudga kelishiga ibtidoiy-iєtisodiy munosabatlar, kishilarning meіnat tarzi kabi omillar іam ta’sir єilgan. Ov єilish, ekin ekish, maydonlarni suјorish, oziє-ovєat topish va jamlash, іayvonlarni єo’lga o’rgatish va ular kuchidan foydalanish kabilar kishilarni yon-atrofda seіrli kuch bor, deb ishonishiga olib kelgan. Shunday єilib, ilk diniy tushunchalar ma’lum bir ijtimoiy-tarixiy va madaniy rivojlanish bosєichida, kishilarning olamni, yon-atrofini bilishga intilishlari, ichki ruіiy kechinmalari, ijtimoiy-iєtisodiy munosabatlari ta’siri natijasida paydo bo’lgan. O’zbekiston mustaєillikka erishgach, o’z oldiga іuєuєiy, demokratik davlat єurishni asosiy vazifa єilib єo’ydi va jamiyatning adolatli, іuєuєiy asoslari Konstitutsiyada mustaіkamlab єo’yildi. Inson іuєuєi va erkining ajralmas єismi -bu vijdon erkinligi bo’lib, Konstitutsiyamizning 31-moddasida: “Іamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Іar bir inson xoіlagan dinga e’tiєod єilishi yoki іech єaysi dinga e’tiєod єilmaslik іuєuєiga ega. Diniy єarashlarni majburan singdirishga yo’l єo’yilmaydi” deyilgan. O’zbekistonda ma’naviy іayotning asosini mustaіkamlashda dinga va diniy єadriyatlarga munosabat muіim o’rin egallaydi. Konstitutsiyaning umumiy ruіi va respublika raіbariyatining fikrlariga ko’ra, ma’naviyatning asosini fan, bilim asoslarini egallash tashkil etadi. Dinga jamiyatning ma’naviy-aіloєiy jiіatdan poklanishning bir vositasi deb єaralmoєda. Dinga faєat tarixiy, ijtimoiy va etnik іodisa sifatidagina emas, balki eng avvalo ma’naviy іodisa deb єarab, u odamning jamiyatdagi o’rni ya’ni uning jamoalashgan odamga aylanishi eіtiyojidan kelib chiєєanligiga e’tiborni єaratish kerak. Ilm-fan, falsafa, odamning insoniy xislatlarni singdirishining ma’naviy-ruіiy omili bo’lgan imon masalasi turibdiki, odamzot dinga ishonch asosida o’z ichki olamini poklashga, іavoyi nafsini jilovlashga intiladi. Dinlar tasnifi. Dinlar ta’limotiga ko’ra monoteistik va politeistik dinlariga bo’linadi. Monoteistik - yakkaxudolik dinlariga islom, yaіudiylik, xristianlik dinlari, politieistik - ko’pxudolik dinlariga esa іinduiylik, braіmaniylik konfutsiylik, daosizm, sintoiylik, buddaviylik kabi dinlar kiradi. Іozirgi kunda dinlarning єuyidagi tasniflari mavjud: - tarixiy- geografik jiіatga ko’ra; - etnik jiіatga ko’ra; - іozirgi davrda mavjudligi jiіatidan; Dinlar unga e’tiєod єiluvchilarning miєyosi , o’zining ma’lum millatga, xalєєa xosligi yoki millat tanlamasligiga ko’ra uch guruіga bo’linadi (etnik tasnif): 1) uruј-єabila dinlari - totemizm, animizm, fetishizm va shomonizm kabi - dinning ibtidoiy shakllari. Ular milliy va jaіon dinlari tarkibiga singib ketgan. Avstraliya, Afrika va Janubiy Amerikadagi ayrim єabilalarda іozir іam saєlanib єolgan; 2) milliy dinlar- faєatgina bita millatga xos bo’lib, boshєa millat vakillari єabul єilmaydigan dinlar. (yaіudiylik, іinduiylik, jaynizm, konfutsiylik, sinkxiylik, sintoiylik) 3) jaіon dinlari- dunyoda eng ko’p tarєalgan, kishilarning millati va irєidan єat’i nazar unga e’tiєod єilishlari mumkin bo’lgan dinlar (buddaviylik, xristianlik va islom dinlari). Adabiyotlar: Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q.-T.: Sharq, 1998.-32 b. Karimov I.A. Ma’naviy yuksalish yo’lida.-T.: O’zbekiston, 1998-326 b. Abul Muhsin Muhammad Boqir Ibn Muhammad Ali. Maqomati Xoja Bahouddin Naqshband.-T.: Yozuvchi, 1993, 208 b. Ahmad Yassaviy. Hikmatlar.-T.: G’ofur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1991.-256 b. Falsafa qomusiy lug’at.-T.: 2004. Komilov N. Tasavvuf yoki komil inson axloqi. 1-kitob.-T.: Yozuvchi, 1996.-272 b. Download 38.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling