Dinning kelib chiqish tarixi Din va diniy qadriyatlarning jamiyatdagi roli Dinning dunyo xalqlari madaniyatidagi roli
Download 23.7 Kb.
|
Dinning kelib chiqish tarixi Din va diniy qadriyatlarning jamiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gerbert Spenser (1820–1903)
- Maks Myuller (1823–1900)
1.Dinning kelib chiqish tarixi
Bugungi kunda fanda dinlarning shakllanishi tarixiga oid ikki xil: teologik va materialistik qarashlar mavjud. Teologik (ilohiy, diniy) yondashuvga ko‘ra, turli buyumlarga sig‘inish va ko‘pxudolik, jumladan, animizm, totemizm, fetishizm va shomonlik yakkaxudolikdan keyin yuzaga kelgan. Jumladan, yahudiylik, xristianlik va islom dinlariga ko‘ra, Xudo ilk inson —Odamni yaratib, unga o‘zini tanitgan va Odam avlodlarini o‘ziga sig‘inishga chaqirgan. Vaqt o‘tishi bilan insonlar sof ta’limotdan uzoqlashib, turli butlarga sig‘ina boshlaganlar. Dinlarning kelib chiqishi haqidagi ikkinchi qarash fanda materialistik yondashuv deb nomlanadi. Mazkur qarashlarning paydo bo‘lishi antik davrga borib taqaladi — ilk bor qadimgi yunon faylasuflari bu haqdagi o‘z qarashlarini bayon etganlar. XVII asrga kelib Yevropada cherkov hokimiyatining susaya boshlashi, hurfkrlilik namoyandalari — din tanqidchilarining paydo bo‘lishi, XIX asrning ikkinchi yarmida Charlz Darvin tomonidan «Turlarning kelib chiqishi» (1859) nomli asarning chop etilishi ham materialistik qarashlarning rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Keyinchalik mazkur qarashlar Avgust Komt va Lyudvig Buxnerlar tomonidan eng cho‘qqiga ko‘tarildi. Unga ko‘ra din bu ijtimoiy hodisa, inson tafakkuri, hissiyotlari mahsulidir. Mazkur qarash tarafdorlari fkricha, dinlar soddadan murakkabga, umumiylikdan xususiylikka, ko‘pxudolikdan yakkaxudolikka tomon uzoq tarixiy evolutsion jarayonni bosib o‘tgan. Mazkur qarash tarafdorlari fkriga ko‘ra, uyqu, tush va nafas olish kabi holatlarda tanani boshqaruvchi va o‘lim bilan undan ajratib turuvchi, hayot bag‘ishlovchi qandaydir kuch mavjudligiga ishongan ajdodlarimiz, mazkur kuch harakat qiluvchi har bir narsa: daryo, quyosh, oy, daraxt kabi mavjudotlarda bor deb tasavvur qilganlar. Natijada inson qo‘rquvi, hurmati, ehtiyoji va zarurati darajasida ularga sig‘ina boshlagan. Materialistik qarash tarafdorlari fkriga ko‘ra, qo‘rquv dinlarning kelib chiqishida asosiy rol o‘ynagan hissiy holatdir. Ingliz faylasufi Gerbert Spenser (1820–1903) ham ibtidoiy qabila dinlarining kelib chiqishiga qo‘rquv natijasida «ajdodlarga sig‘inish» sabab bo‘lganligini ta’kidlaydi. Spenser ijtimoiy hisob-kitoblarga suyangan holda, hayot qo‘rquvining dinlardagi o‘rniga alohida diqqatni tortadi. Bu qo‘rquvning ajdodlarga nisbatan ibodatning barcha ko‘rinishlari shakllantirganligini va tangrilarning ustun yoki qahramon bo‘lgan ajdodlardan tanlanganligini alohida ko‘rsatadi; har bir dinda ajdodlarga alohida e’tibor qaratilganligiga ishora qiladi. Maks Myuller (1823–1900) fkriga ko‘ra, dinning kelib chiqishi tabiat hodisalarining insonga bergan dahshatiga borib taqaladi va u «naturalizm» deyiladi. Maks Myuller hinduiylikning muqaddas kitobi Vedalarga suyangan holda, deyarli barcha dinlarda xudo nomlari tabiat hodisalarini bildirishini ta’kidlagan. Mazkur ta’limot tarafdorlari dinlarning yuzaga kelishi va shakllanishi animizm, totemizm, fetishizm va shamanizm kabi bosqichlarda yuzaga kelganini ta’kidlaydilar. Animizm. Qadimgi odamlar atrofdagi dunyoda hayvonlar, o‘simliklar, tabiat hodisalari kabi har narsaning joni, ya’ni ruhi mavjud deb tasavvur qilganlar. Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan afsonaviy ko‘rinishga ega bo‘lgan yer, olov, o‘rmon, suv, tog‘ va uyning odamsimon «ruhlari» ham shundan kelib chiqqan. Jumladan, daraxtga sig‘inish ham animizmning bir turi hisoblanadi. Shu sababli bo‘lsa kerak, «Hayot daraxti» mavzusi O‘zbekiston xalq hunarmandchiligida muhim o‘rin tutadi. Xalqlarda insonning jismoniy o‘limidan so‘ng uning ruhi yashab qolishiga bo‘lgan ishonch va e’tiqod dafn etish bilan bog‘liq qator marosimlar paydo bo‘lishiga olib kelgan. Download 23.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling