Dinning kelib chiqish tarixi Din va diniy qadriyatlarning jamiyatdagi roli Dinning dunyo xalqlari madaniyatidagi roli
Jonivorlar va o‘simliklarga sig‘inish
Download 23.7 Kb.
|
Dinning kelib chiqish tarixi Din va diniy qadriyatlarning jamiya
Jonivorlar va o‘simliklarga sig‘inish. Markaziy Osiyo xalqlari orasida, asosan, quyidagi jonzotlar va o‘simliklar muqaddaslashtirilgan:
Bo‘ri. Qadimgi turk afsonalariga qaraganda, Ashina qabilasidan bo‘lgan yosh go‘dakni bo‘ri emizib katta qilgan. Shuning uchun ham Yevroosiyo vohalaridagi turklarning ko‘k bayrog‘ini bo‘rining oltindan yasalgan boshi bezab turgan. Bo‘rining mo‘jizaviy ilohiy kuchiga ishonch shu kunlargacha qisman saqlanib qolgan. Ot. Otni ulug‘lash turkiy xalqlar orasida qadimdan mavjud bo‘lgan. Buni Janubiy Qirg‘iziston tog‘laridagi (Aravon, Ayirmoch-Tog‘) qoyalarga bitilgan otlar tasvirida ko‘rishimiz mumkin. Tasvirlar tagida hayvonlarni qurbonlikka keltirib, sham yoqish uchun tokchalar yasalgan. Otning muqaddasligi haqidagi tushuncha nafaqat dashtlarda yashovchi qabila va elatlarda, balki dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi o‘troq aholi orasida ham keng tarqalgan. Qushlar. Rivoyatlarga ko‘ra, o‘zlarini O‘g‘izxon avlodlari deb hisoblagan turkiy o‘g‘izlar bobolar timsolini yomonliklardan asrovchi qushlarda ko‘rishgan. Qirg‘iy, burgut, lochin, qarchig‘ay kabi qushlar qabila a’zolariga Baraka va baxt olib keluvchi muqaddas jonzotlar hisoblanib, ularni otish qat’iyan man etilgan. O‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkman xalqlari qadimda ukki, boyo‘g‘li, burgut va lochin patlarining muqaddas kuchiga ishonganlar. Bugunga qadar ham kichik yoshdagi o‘g‘il bolalar va qizchalarning bosh kiyimlari, beshik va belanchaklarini qushlar pati bilan bezaydilar. Markaziy Osiyo xalqlari orasida qirg‘ovul, tovus, xo‘roz muqaddas qushlar deb sanalgan. Daraxtlar. Markaziy Osiyoda chinor va sarv daraxtlari (archa) qadimdan muqaddas kuchga ega obyekt sifatida e’zozlangan. Ularga qizlar o‘z qalb sirlarini aytib, daraxt shoxlariga nishona bog‘lab, armonlarining ushalishiga umid qilganlar. Janubiy Turkmaniston, O‘zbekiston va Tojikistonda chinor daraxti g‘oyat e’zozlanadi. Turkmanlar chinorning qurigan shoxlarini o‘tin sifatida yoqib, istifoda etishga ham qo‘rqadilar. Turkmanistondagi Feruza vohasi uzunligi qirq metr keladigan «Yetti akauka» chinori bilan mashhur. Sayrob qishlog‘idagi bahaybat chinorning to‘rt metrli kavagida bir vaqtlar hatto madrasa joylashgan. Toshkent yaqinidagi Burchmulla qishlog‘ida odatdan tashqari katta chinorni ziyorat qilishga keluvchilarning keti uzilmaydi. Download 23.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling