Dinning kelib chiqish tarixi Din va diniy qadriyatlarning jamiyatdagi roli Dinning dunyo xalqlari madaniyatidagi roli


Download 23.7 Kb.
bet3/8
Sana02.01.2022
Hajmi23.7 Kb.
#189543
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Dinning kelib chiqish tarixi Din va diniy qadriyatlarning jamiya

Totemizm. Ibtidoiy jamoalar qavm-qarindoshlik asosiga qurilgan. Odam ijtimoiy munosabatlarning ushbu ko‘rinishini tashqi muhitga – tabiatga ham ko‘chirgan. Urug‘ning jonivorlar va o‘simliklar olami bilan aloqasini ular bilan qondoshlik alomati deb tushunilgan. 1938-yili Surxondaryo viloyati Boysuntog‘ tog‘laridagi Teshiktosh g‘oridan topilgan neandertal bola qabri hozirgi O‘zbekiston hududidagi totemizm e’tiqodiga aloqador eng qadimiy yodgorliklardan biridir. Bolani ko‘mishdan avval uning atrof tog‘ echkisi – arxarning shoxlari bilan o‘ralgan, bu uning totem jonivor bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi taxminni ilgari surish imkonini beradi.

Fetishizm. Zamonaviy dinlarda fetishizm tabarruk buyumlarni tavof qilish tarzida, jumladan, xristianlarda — xoch, ikonalar, mayitga sig‘inish, buddizmda – tabarruk o‘g‘ir yoki hovoncha tarzida saqlanib qolgan. Irim-sirimga ishonadigan odamlar orasida tumor baxt keltiradi, ko‘zmunchoq esa yomon ko‘zdan asraydi, degan ishonch mavjud bo‘lgan. Taqa, tumor, bo‘yin taqinchog‘i (kulon) kabi narsalar zamonaviy fetishlarga misol bo‘ladi.



Download 23.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling