Dinning vujudga kelish sabablari


DINNING RUHIY ILDIZI INDIVIDUAL VA IJTIMOIY RUHIYATL


Download 39.03 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi39.03 Kb.
#1492035
1   2   3
Bog'liq
курс иши 01

DINNING RUHIY ILDIZI INDIVIDUAL VA IJTIMOIY RUHIYATL
Diniy tizimlar vujudga kelganidan keyin ham fetishizmning qoldiqlari saqlanib qolgan. Uning ta’sirini muqaddas qadamjolar, tumorlar, xoch taqish, din yo‘lida iztirob chekib avliyo deb tan olingan kishilarga sig‘inish kabi holatlarda ko‘rish mumkin. Din bilan bog‘liq bo‘lmagan fetishizm qoldiqlarini ham ijtimoiy turmushda ko‘plab uchratish mumkin. Davlat arboblarining shaxsini ulug‘lab haykallar qo‘yish yoki suratlarini asrash, sumalak toshini saqlash, hayvonlarning a’zolarini olib yurish va shu kabi holatlarni qayd etishimiz mumkin. Fetishizm ruhning ko‘chishi to‘g‘risidagi qarashlardan vujudga kelgan. Moddiy olamda ruhlar mavjud ekanligiga ishonishdan animizm shakllandi. Animizm deb (lotincha anima – jon, ruh degan ma’nolarni anglatadi) tabiat voqeliklarida, hodisalarda ruhlarning mavjudligi, ularning inson va jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga ishonishga aytiladi. Insoniyat tafakkuri taraqqiyotining ilk bosqichlarida paydo bo‘lgan animizm ibtidoiy e’tiqodning universal shakliga aylangan, chunki u kishidan nafaqat e’tiqod qilish, balki muayyan udum va marosimlarni bajarishni talab qilgan. Bu esa keyinchalik diniy urf-odat va marosimlarni vujudga keltirgan. Animistik tasavvurlarga binoan jonzodlarda ruh mavjud. Mavjudotning tanasi ruh uchun qobiq vazifasini bajaradi, lekin u tanadan mustaqildir. Ruh tanani istagan vaqtda tark etishi mumkin. U tanani tark etsa, kishi faolligini vaqtincha yo‘qotadi (hushidan ketadi, tush ko‘radi) yoki vafot etadi. Ruh o‘zining «qobig‘ini» tark etganidan keyin ham individualligini saqlab qoladi. Ruhlar dunyosi predmetlarda, jonzodlarda joylashgan va tanadan mustaqil faoliyat ko‘rsatuvchi ruhlarga bo‘linadi. Tana yoki predmet bilan bog‘lanmagan «oliy» ruhlar ilohiy va moddiy dunyodagi voqeahodisalarni boshqarib turadi, odamlarning hayot yo‘lini va vafot etganidan keyingi taqdirini belgilaydi. Odamlar ruhlarning noroziligini vujudga keltiruvchi ishlarga emas, balki ularning ko‘nglini olishga harakat qilishlari kerak. Shu bois ruhlar sharafiga diniy marosimlar uyushtiriladi, bayramlar o‘tkazib, qurbonlik qilinadi. Ruh nafas, bug‘ yoki soya ko‘rinishiga ega. Uning ko‘rinishidan qaysi shaxsga tegishli ekanligini aniqlash mumkin. Ruh odam vafot etishi sababli «qobig‘ini» tark etganidan keyin insonlarga turlicha munosabatda 33 bo‘ladi. Dastlabki odamlarga zarar yetkazishi mumkin, chunki unda o‘zidan omadliroq bo‘lgan boshqa kishilarga nisbatan g‘arazgo‘ylik hissi uyg‘onadi. Lekin, vaqt o‘tishi bilan uning odamlarga munosabati o‘zgaradi. O‘lganiga ko‘p vaqt bo‘lgan odamlarning ruhlari o‘z qonunlari bilan yashaydigan jamoani tashkil etadilar. Bunday ruhlar odatda insonlarga yordam beradilar, faqat odamlarning aybi bilangina ularga yomonlik qilishlari mumkin. Narigi dunyoda ruh faoliyatining davom ettirilishi to‘g‘risidagi g‘oya ta’sirida vafot etgan kishini hayotligida to‘plagan boyliklarining bir qismi bilan qo‘shib ko‘mish marosimi vujudga kelgan. Keyinchalik marhumga nafaqat boyliklarining bir qismi, balki xizmatkorlari, yaqin kishilari ham qo‘shib ko‘milgan. Odatda marhumga qo‘shib ko‘miladigan xizmatkorlar begona kishilar bo‘lgan. Bunday tartib qabila boshliqlari va hatto oddiy kishilarning ham narigi dunyoga xizmatkori bilan ketishlariga imkoniyat deb hisoblangan. Katta miqdordagi boyliklarning marhum bilan qo‘shib ko‘mib yuborilishi va odamlarni qurbonlik qilish qabila ichidagi o‘zaro munosabatlarga salbiy ta’sir etgan, qo‘shni qabilalar bilan aloqalarni izdan chiqargan. Shu bois ruhning narigi dunyodagi sarguzashtlari to‘g‘risidagi g‘oya takomillashtirilgan va fazilatli yashash tiriklar uchun muhimroq ekanligi haqida g‘oya ishlab chiqilgan. Keyinchalik ruhning narigi dunyodagi taqdiri kishining tirikligidagi xizmatlari bilan belgilanadigan bo‘lgan. Ushbu aqidaga binoan narigi dunyoda rohat-farog‘at hammaga nasib ham qilavermaydi, balki unga hayotini faqat o‘zining elatiga xizmat qilishga bag‘ishlagan, dushmanlarga qarshi kurashgan, barcha urf-odatlar va din talablarini muqaddas bilib, ularni sidqidildan bajargan kishilar erishishlari mumkin va xalqiga xiyonat qilgan sotqinlar, faqat o‘zini o‘ylab yashagan befarq va zaif odamlarning ruhlari abadiy qiynoqqa duchor qilinadi yoki zulmatga g‘arq bo‘lib ketadi, deb hisoblangan. Ibtidoiy din shakllari kabi afsona ham katta ahamiyatga ega. O‘sha davrda insonlar tabiat hodisalarini jonli sherik sifatida qabul qilganlar va ularda individual tafakkur, iroda singari sifatlar mavjud deb hisoblaganlar. Odamlar bu jarayonlarni his etganlar, fikrlaganlar va tushuntirib berishga harakat qilganlar. Afsona shu asnoda vujudga kelgan. Afsona deb tabiiy yoki ijtimoiy hodisalarni sodda xayoliy obrazlar yordamida o‘rganish va tushuntirish vositasiga aytiladi. Afsonada obrazlilikni fikrdan ajratib bo‘lmaydi. U fikr va voqelikni idrok etish shakli va dunyoni bilish usuli hisoblanadi. Shu asosda odam borliqning mohiyatini tushunishga intiladi. Afsona voqelikni tushuntirishga intilishi 34 bilan ertakdan, aniq tarixiy voqeaga asoslanganligi bilan esa dostondan farqlanadi. Insoniyat uzoq o‘tmishdan afsonaning mohiyatini tushuntirishga harakat qilib kelgan bo‘lsa-da, hanuzgacha uning umum qabul qilingan nazariyasi ishlab chiqilgani yo‘q. Bunday holat uni o‘rganishda tadqiqotchilarning diqqatga sazovor qarashlariga to‘xtalib o‘tishni taqozo etadi. Italiyalik tadqiqotchi J. Viko birinchilardan bo‘lib afsonaning falsafiy nazariyasini ishlab chiqqan. U afsonani odamlarning ustidan hukmronlik qiladigan oliy kuchlarni his etishlari va ulardan qo‘rqishlari sababli vujudga kelgan xayollar o‘yini deb hisoblagan. Qadimgi davrda tabiiy va ijtimoiy kuchlar oldida insonning ojizligi kundalik faoliyatida doimo o‘zini namoyon qilib tursa-da, borliqni hissiymantiqiy idrok etgan. Ingliz etnografi E. Teylorning fikriga ko‘ra, afsonalar va diniy e’tiqodlarning asosini animizm tashkil etadi.

Afsonani o‘rganishda tadqiqotchi B. Malinovskiyning qarashlari alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Tadqiqotchi afsonani nazariy ta’limot deb hisoblamaydi. Uning fikriga ko‘ra, afsona voqelikni tushuntirmaydi, balki e’tiqodni voqelik sifatida idrok etadi. Haqiqatan, qadimgi davrlar haqida hikoya qiluvchi afsonalar odamlarning e’tiqodini ifodalaydi va umumlashtiradi, jamiyatda qaror topgan axloq normalarini asoslaydi, marosim va udumlarning maqsadga muvofiqligini qayd etadi, xulq-atvor qoidalarini o‘zida mujassamlashtiradi. Shu bois afsona borliq haqidagi sodda qarashlar va tasavvurlar emas, balki faol ijtimoiy kuch, diniy e’tiqod va axloqni ifodalovchi hayot qonunidir. Hozirgi vaqtda afsona nafaqat xalq og‘zaki ijodiyoti turi va diniy e’tiqodning tarkibiy qismi sifatida mavjud, balki ijtimoiy hayotning siyosat, iqtisod, fan-texnika kabi boshqa sohalarida ham saqlanib qolgan. Masalan, keng tarqalgan hozirgi zamon afsonalari sifatida noma’lum uchuvchi obyekt haqidagi yoxud elektron hisoblash mashinalarida jon borligi to‘g‘risidagi afsonalarni qayd etishimiz mumkin.


XULOSA


Xulosa qilib aytganda, dinning ilk shakllari nafaqat ibtidoiy jamiyatning rivojlanishida katta ahamiyatga ega voqelik bo‘lgan, balki 35 tarixiy taraqqiyotning keyingi bosqichlarida va hozir ham ijtimoiy hayotda o‘z ta’sirini saqlab qolgan. Haqiqatan, qadimgi davrlar haqida hikoya qiluvchi afsonalar odamlarning e’tiqodini ifodalaydi va umumlashtiradi, jamiyatda qaror topgan axloq normalarini asoslaydi, marosim va udumlarning maqsadga muvofiqligini qayd etadi, xulq-atvor qoidalarini o‘zida mujassamlashtiradi. Komil insonni tarbiyalash milliy mafkuraning asosiy g‘oyasi va davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Mazkur vazifani ijtimoiy hayotga tatbiq etish davlat tashkilotlari, muassasalari va jamoat birlashmalarining doimiy diqqat markazida turadi. Zero, yosh avlod nafaqat bizning kelajagimiz, balki hozirgi dolzarb muammolarni hal etishda ilg‘or g‘oyalar bilan ishtirok etuvchidir. Ma’lumki, ma’naviy yetuk, bilimli, mustaqil fikrga ega va jismonan sog‘lom avlodni tarbiyalash ilg‘or maorif tizimi va malakali mutaxassis kadrlar tomonidan ta’minlanadi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ijtimoiy hayotning turli sohalarida, shu jumladan yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishda katta yutuqlarga erishildi. Maorif sohasida uzluksiz ta’lim tizimiga o‘tildi. Zamonaviy o‘quv dargohlari qurilib, yangi texnik vositalar bilan jihozlandi. Ta’lim jarayoni xalqaro tajriba va milliy mentalitetimizni hisobga olgan holda tashkil etildi. Bilim dargohlari yangi darsliklar, qo‘llanmalar va o‘quv-metodik materiallar bilan ta’minlandi. Shu bois afsona borliq haqidagi sodda qarashlar va tasavvurlar emas, balki faol ijtimoiy kuch, diniy e’tiqod va axloqni ifodalovchi hayot qonunidir. Hozirgi vaqtda afsona nafaqat xalq og‘zaki ijodiyoti turi va diniy e’tiqodning tarkibiy qismi sifatida mavjud, balki ijtimoiy hayotning siyosat, iqtisod, fan-texnika kabi boshqa sohalarida ham saqlanib qolgan.


Download 39.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling