Dinshunoslik fanidan ma`ruzalar matni 1- mavzu: “Dinshunoslik” faniga kirish. Dinning qadimgi tarixiy shakllari.(2 soat) Reja


- Mavzu: Jahon dinlari. Buddaviylik. (2 soat)


Download 351.46 Kb.
bet24/55
Sana26.10.2023
Hajmi351.46 Kb.
#1725527
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55
Bog'liq
Dinshunoslik fanidan ma`ruzalar matni 1- mavzu “Dinshunoslik” f-fayllar.org

3- Mavzu: Jahon dinlari. Buddaviylik. (2 soat) 

Reja: 
1. Buddaviylik asoschisining shaxsi. 
2. Buddaviylik ta’limoti. Meditastiya.
3. Buddaviylik dini, oqimlari. 
4. Hozirgi zamonda buddaviylik.


1.1. 


Buddaviylik asoschisining shaxsi. 



22

1. Buddaviylik - uchta dunyo dinlari ichida eng qadimiysi hisoblanib, eramizdan avvalgi VI -
V asrlarda Hindistonda yuzaga kelgan. Bu dinga e’tiqod qiluvchilar, asosan, Janubiy, Janubi-
SHarqiy va SHarqiy Osiyo mamlakatlarida, SHri- Lanka, Hindiston, Nepal, Butan, Xitoy,
Singapur, Malayziya, Mongoliya, Koreya, Vetnam, YAponiya, Kombodje, Birma, Tayland, 
Laosda va qisman Evropa va Amerika qit’alarida, Rossiyaning shimoliy mintaqalari - Buryatiya,
Qalmiqistonda istiqomat qiladilar. 
Hozirgi kunda dunyoda buddaviylikka e’tiqod qiluvchilar soni qanchaligi aniqlanmagan,
chunki ko‘pgina mamlakatlar huquq normalariga ko‘ra qaysi dinga e’tiqod qiluvchilar soni 
qancha deb hisobot ishlari olib borilmaydi. Biroq taxminan olinganda hozirgi kunda dunyoda
buddaviylar soni 400 mln.ga yaqin bo‘lib, ulardan 1 mln.ga yaqini monaxlardir. 
Buddaviylik bundan 2500 yildan avvalroq Hindistonda diniy falsafiy ta’limot sifatida vujudga
kelib, unda ko‘plab qonuniy manbalar va ko‘p sonli diniy yo‘nalishlar mavjuddir.
Buddaviylikning turli millatlar tomonidan keng qabul qilinishi va uning keng doirada tarqalib
ketishining sababi uning turli milliy va diniy an’analar bilan kirisha olishi bo‘lib, bu narsa 
buddaviylikning hayotning barcha sohalari, jumladan, diniy, madaniy, siyosiy va iqtisodiy
qatlamlarga kirib borishiga sabab bo‘ldi. 
Buddaviylikni din yoki falsafa, ideologiya yoki madaniyat qonunlari to‘plami yoki hayot tarzi
deb baholash mumkin. 
Hozirgi buddaviylikka e’tiqod qilib kelayotgan sharq mamlakatlaridagi buddaviylik
ta’limotini o‘rganish u erdagi siyosiy-iqtisodiy, ma’naviy madaniyatini tushunishning asosiy 
omillaridan hisoblanadi. Bu davlatlarda buddaviylik qoida va an’analari buddaviylikka e’tiqod
qiluvchilar nazarida markaziy hukumat qonunlaridan ko‘ra ustun turadi. Bu narsa zamirida 
buddaviylikning potensial kuchi yotadi.


Download 351.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling