Dinshunoslik fanidan ma`ruzalar matni 1- mavzu: “Dinshunoslik” faniga kirish. Dinning qadimgi tarixiy shakllari.(2 soat) Reja


Konfutsiychilikning bosh xudosi - osmon Xudosi edi. Keyinchalik


Download 351.46 Kb.
bet20/55
Sana26.10.2023
Hajmi351.46 Kb.
#1725527
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55
Bog'liq
Dinshunoslik fanidan ma`ruzalar matni 1- mavzu “Dinshunoslik” f-fayllar.org

Konfutsiychilikning bosh xudosi - osmon Xudosi edi. Keyinchalik 

Konfutsiyning o‘zi ham ilohiylashtirilgan. Uning sharafiga, hatto imperatorning 

o‘zi ham diniy marosimlarni bajo keltirar edi. Bu bejiz emas edi, albatta. 

CHunki, Konfutsiychilik oddiy xalq ustidan «aslzodalar»ning hukmronligini 

oqlardi. Bu dinga ko‘ra ayni paytda imperatorning o‘zi oliy Xudoning erdagi 

vakili edi. Konfutsiychilikda imperatorga qarata yozilgan quyidagi maslahat ham 

bor edi: «Agar imperator biror katta maqsadni amalga oshirmoqchi bo‘lsa, u 

albatta ajdodlari ibodatxonasiga borishi lozim. Qilmoqchi bo‘lgan ishidan, 

o‘zining maqsadidan avlodlarini xabardor etmog‘i kerak. SHu paytda u 

osmonda yulduzlarning holatiga qaramog‘i, ular qulay joylashganligiga ishonch 

hosil qilganidan so‘ng o‘zining maqsadini amalga oshirmog‘i mumkin». 

IV. DAOSIZM 

Daosizm - aslida falsafiy ta’limot bo‘lib, u miloddan avvalgi IV-III asrlarda Xitoyda paydo 


bo‘lgan. Uning asosida miloddan avvalgi II asrda daosizm dini shakllandi.
Daosizmning falsafiy prinsiplari «Dao-Deszin» kitobida bayon etilgan. Bu asar o‘tmishdagi 
Xitoy donishmandi Lao-Szi qalamiga mansubdir. Lao-Szining tarixiyligi xususidagi masalaga
sinologlar shubha bilan qaraydilar.
Asarning asosiy tushunchasi «dao» (yo‘l) bo‘lib, u olamning mohiyati va bosh sababi,
dunyoning turli-tumanligi manbai, barcha narsalarning onasi deb tushunilgan. Bu, go‘yo qandaydir 
yo‘l bo‘lib, atrofni o‘rab olgan olam va barcha kishilar shu yo‘l bilan borishi lozim. «Dao» diniy
mazmun kasb etgan yo‘lgina bo‘lib qolmay, ayni paytda u hayot tarzi, usuli, prinsiplari ham edi. 
Daosizm dinining asosiy ramzi Dao bo‘lib, u osmon xudosi ramziga yaqin edi. Unga ko‘ra,
har bir baxtiyor bo‘lishni istagan odam Daoni taniy olishi va u bilan birlashib ketishi zarur. 
CHunki, odam mikrokosm (kichik dunyo) bo‘lib, u ham mikrokosmdek abadiydir. Insonning
vafoti bilan ruh tanadan ajralib chiqib, mikrokosm bilan birlashib ketadi. Insonning vazifasi u 
o‘lmay turib, ruhi Daoga qo‘shilib ketishiga intilishdir. Bu narsaga qanday erishish mumkin
degan savolga Dao ta’limotida javob berilgan.
Lao-Szining ta’limotiga ko‘ra, Dao yo‘li «De» kuchiga mosdir. Faqatgina shu kuchda Dao
shaxsi namoyon bo‘ladi. «De»ning ma’nosi faoliyatsizlik bo‘lib, to‘laqonli faoliyatni inkor etishdir. 
Demak, ilohiy mukofotga Daoning maqomiga yaxshi ishlar bilan erishishga tirishgan odam emas,
balki meditatsiya va o‘zining ichki dunyosiga g‘arq bo‘lish jarayonida o‘zini tinglashga harakat 
qilgan va o‘zi orqali dunyo tuzilishi maromini tinglash va unga erishishga harakat qilgan odam
etishadi.


16
SHunday qilib Daosizmda hayot mohiyati abadiylikka, o‘z ildizlariga qaytish deb tushuniladi. 



Download 351.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling