Mifologik obrazlarning xalq eposlaridagi badiiy ifodasi


Download 1.85 Mb.
bet1/9
Sana20.02.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1215556
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mifologik obrazlar


MIFOLOGIK OBRAZLARNING XALQ EPOSLARIDAGI BADIIY IFODASI
O‘qituvchi: Hamdamov Ulug‘bek
Mif – bu…
Mif qadimgi odamning borliq haqidagi ibtidoiy tasavvurlari majmui boiib, koinotning yaratilishi, inson, o‘simliklar va hayvonot dunyosining vujudga kelishi, samoviy jismlarning paydo boiishi, tabiiy hodisalarning sabablari va mohiyati, afsonaviy qahramonlar, ma’budlar va ilohlar to‘g‘risidagi e’tiqodiy qarashlarni o‘z ichiga olgan. Hali o‘zini tabiatdan ajratib olmagan qadimgi odam o‘z atrofidagi moddiy mavjudlikning paydo boiish sabablarini mifologik tasavvurlar vositasida izohlashga, tushuntirishga harakat qilgan.
Mif qadimgi odamning voqelikka bo‘lgan ongsiz hissiy munosabati ifodasi boiib, tabiat va jamiyat hayotining turli qirralari mohiyatini tushuntiruvchi eng qadimgi tasawurlar silsilasidir.
Mifologik tasavvurlar muayyan voqelik mohiyatini xayoliy uydirma vositasida izohlasa-da, mif yaratilgan va ommalashgan joyida o‘z ijodkori va ijrochilari tomonidan haqiqatda bo‘lib oigan voqealar bayoni sifatida qabul qilíngan.
Mif
va
Mifologiya
Dunyodagi moddiy mavjudlikning paydo bo‘lishi, muayyan tabiiy hodisalarning ro‘y berish sabablari, tabiat va inson munosabati masalalari qadimgi odam ongida asotiriy tarzda talqin qilingan. Olam haqidagi ana shu eng qadimgi e’tiqodiy qarashlar asosida dastlabki mifologik tasavvurlar tizimi kelib chiqqan.
Mifologik tasavvurlar olamning yaratilishi, o‘simlik va hayvonot dunyosining yuzaga kelishi, odamzotning paydo bo‘lishini xayoliy uydirma vositasida izohlasa-da, mif o‘z ijodkori va ijrochilari tomoni­dan bo‘lib o‘tgan voqealar bayoni sifatida baholangan.
Mif - qadimgi odamning voqelikka bo‘lgan ongsiz hissiy munosabati ifodasidir.
Mif va mifologiya
Mifologiktasavvurlar ibtidoiy udum va marosimlarda ritual o‘yinlar sifatida namoyish qilingan.
Qadimgi tasawurlar asosida yaratilgan osori atiqalar hamda xalq hunarmandchiligi va arnaliy san’ati asarlaridagi ramziy chizgilarda ham mifik syujetlar aks ettirilgan.
“Mif - bu muayyan voqelik bayoni bo‘lib, unda hikoya qilingan voqea-hodisa nechogiik uydirma bo‘lmasin, yaratilgan va yashab kelgan joyida u hamisha haqiqat, real voqelik ifodasi sifatida qabul qilingan”.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling