Mifologik obrazlarning xalq eposlaridagi badiiy ifodasi


Folklor va yozma adabiyotdagi mifik obrazlar badiiy talqinning to'laqonli chiqishi hamda poetik tafakkurning keng qamrovliligini ko‘rsatish vazifasini bajaradi


Download 1.85 Mb.
bet4/9
Sana20.02.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1215556
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mifologik obrazlar

Folklor va yozma adabiyotdagi mifik obrazlar badiiy talqinning to'laqonli chiqishi hamda poetik tafakkurning keng qamrovliligini ko‘rsatish vazifasini bajaradi.
MIFIK OBRAZLAR
Demak, mifhing mohiyati, turlari, o‘ziga xos xususiyatlari, obrazlar tizimi, mifologik syujetlaming epik diffuziyasi va folklor asarlari tarkibidagi poetik vazifalari kabi masalalarni o'rganish mifshunoslikning asosiy yo‘nalishlarini tashkil etadi.
Voqelikni badiiy idrok etish an’anasining ibtidosi sifatida qadim zamonlarda shakllangan mifologik tasavvurlar tizimi folklordagi epik janrlarning syujet silsilasi va obrazlar tarkibining yuzaga kelishiga asos bo‘lgan.
Mifni ibtidoiy odam ma’naviy olamining muayyan ehtiyojlari, ya’ni o‘z dunyoqarashini bayon etish zarurati yuzaga keltirgan.
Mif qadimgi odamning ishonch-e’tiqodlari, o‘y-xayollari, diniy qarashlari va ilk ijodiy izlanishlarining so'z vositasida ifoda etilgan ko‘rinishlaridan biridir.
Mifologik maktab
Mif va uning insoniyat tafakkuri tarixida tutgan o‘rni masalasi folklorshunoslikdagi «mifologik maktab»ning ustuvor ilmiy muammolaridan biriga aylandi.
«Mifologik maktab» esa dunyo
folklorshunosligidagi keng tarqalgan ilmiy yo‘nalishlardan biridir.
Bu maktab vakillari mifologiya, mifik obraz, mifologik syujet va motivlar folklorning zaminini tashkil etadi, deb hisoblaydilar.
Mif haqidagi dastlabki ilmiy talqinlar jahon madaniyati tarixining antik davridayoq yuzaga kela boshlagan edi.
Xususan, Pifagor
ta’limotiga ko‘ra, mif - tabiatni falsafiy-allegorik anglash ifodasidir.
Miloddan avvalgi III asrda yashagan yunon faylasufi Evgemer mi­fologik personajlarni o‘tmishda yashagan tarixiy shaxslarning ilohiylashtirilgan obrazi, deb hisoblagan. Platon esa mifni voqelikning falsafiy-ramziy talqini, deb baho lagan.
XI asrda yashagan buyuk tilshunos olim Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug'otit-turk” asarida mif tushunchasi “sav” so‘zi bilan ifodalangan. Bu so‘z qadimgi turkiylar tilida “xabar”, “maqol”, “qissa”, “hikoya”, “so‘z”, “nutq” ma’nolarini anglatgan
XVII-XVIII asrlarda mifologik tasavvurlami ilmiy talqin qilish an’anasi yuzaga keldi. Fransuz ma’rifatparvarlaridan biri, faylasuf B.Fontenel (1657-1757) miflarni qadimgi odam tafakkurining mahsuli sifatida baholadi va insoniyat taraqqiyotining “bolalik davri”ga xos boigan miflami tahlil qilishga tarixiy nuqtayi nazardan yondashdi. Mifologiyani tadqiq etishda birinchi marta «qiyosiy metod»ni qoilagan B.Fontenel antik miflami qadimgi hind asotirlari bilan qiyoslab o‘rganish asnosida jahonning turli xalqlari miflari orasidagi o‘xshash va farqli jihatlarni aniqladi. Miflami qiyosiy o‘rganish tajribasi J.Lafitoning Shimoliy Amerikada istiqomat qiluvchi hindu qabilalari mifologiyasiga bag‘ishlangan asarlarida ham qoilanilgan.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling