Dinshunoslik fanidan ma`ruzalar matni 1- mavzu: “Dinshunoslik” faniga kirish. Dinning qadimgi tarixiy shakllari.(2 soat) Reja


Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari


Download 351.46 Kb.
bet2/55
Sana26.10.2023
Hajmi351.46 Kb.
#1725527
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
Dinshunoslik fanidan ma`ruzalar matni 1- mavzu “Dinshunoslik” f-fayllar.org

Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari. Dinshunoslik kursini o‘qitishdan 1-
maqsad talabalarni din va diniy ta’limotlarning diniy talqinidan tashqari ilmiy tushuncha
ta’limot, nazariya, falsafiy xulosalar bilan qurollantirishdan iborat. Buning uchun hozirgi zamon
fani yutuqlari asosida dinning kelib chiqishi, evolyusiyasi, hozirgi holati, insoniyatning ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotida tutgan o‘rni haqida ilmiy-nazariy ta’limotlar bilan
qurollantirish ko‘zda tutiladi. 
2-maqsad O‘rta Osiyoda, shu jumladai O‘zbekistovda VIII asrdan boshlab islom yagona
hukmron dinga aylanganligi, xalqimiz turmush tarziga chuqur kirib borganligini hisobga olib
uning shaxs, oila, jamiyat xayotida tutgan o‘rni, madaniyat va ma’naviyat, san’at va adabiyotni
boyitishga ko‘shgan hissasi xususida talabalarni ilmiy-falsafiy bilimlar asosida fikr yuritishga 
o‘rgatilishdan iborat.
3-maqsad talabalarda ibtidoiy dinlardan tortib to jahon dinlarigacha bo‘lgan dinlarning 
shakllari, ta’limotlari, yo‘nalish va oqimlari mazhab va sektalari haqida umumiy ilmiy tasavvur
hosil qilish orqali o‘zlari mustaqil falsafiy xulosalar chiqara olish malakasini hosil qilishdan 
iborat.
Yuqoridaga maqsadlarga erishishda I.A.Karimovning asarlari, O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi, "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida" gi yangi taqrirdagi qonun,
Jinoyat, Fuqarshgak, Oila, Yoshlar kodekslaridagi din va vijdon erkinligi haqidagi ko‘rsatmalar, 
qoidalar dasturul amal bo‘lib xizmat qiladi.

"Dinshunoslik» fanining vazifalari quyidagilardan iborat: 

birinchidan, Oliy o‘quv yurti talabalariga shu sohada chuqur bilim berish orqali kurs
doirasiga kirgan masalalarni taxlil etishda ilmiylik va ob’ektivlik uslubini qo‘llanib, ularga diniy 
qarashlar taraqqiyotiga, inson kamolotiga xizmat qiladigan jihatlarini ajratib olish, mustaqil fikr
yuritish orqali ilmiy-falsafiy dunyoqarashga asoslangan dunyoviy iymon va e’tikodni 
shakllantirish;

ikkinchidan, ibtidoiy din shakllaridan tortib to urug‘, qabila va milliy dinlargacha, ularda
jahon dinlarining paydo bo‘lishi va rivojlanishining ijtimoiy, gnoseologik va psixologik 
ildizlarini tarixiy dalillar asosida har tomonlama ilmiy taxlil qilish va umumlashtirish;

uchinchidan, kursni o‘rganish jarayonida dinning ta’rifi, tavsifi, diniy va ilmiy kategoriya
(asosiy tushunchalar), dinning mohiyati va uning kishilik jamiyati tarakqiyotidagi turli 
bosqichlarda tutgan o‘rni; jamiyatni, shaxsni ma’naviy kamol toptirishda milliy va diniy
qadriyatlarning ahamiyati; islomning Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbekiston xalkdari 
madaniyati va ma’naviyatiga ta’siri kabi masalalarni falsafiy taxlil qilish;

to‘rtinchidan, talabalarga islom manbalari - Qur’oni karim, hadis, shariat haqida umumiy
ilmiy tushunchalar berish, uni rivojlantirishga ulkan hissa ko‘shgan vatandosh bobokalonlarimiz 
hayoti va ijodi bilan tanishtirish; hadislarning tarbiyaviy ahamiyatini keng yoritish; tasavvuf
ta’limotini takomillashtirishda hamyurtlarimiz ijodini bayon etish; 


beshinchidan, hozirgi davrda mustaqil mamlakatimizda vijdon erkinliganing to‘liq
kafolatlanganligi isbotlab berish, islomdagi real qadriyatlarni tiklash yo‘lida qilinayotgan sa’y-
harakatlarni tavsiflash, nihoyat, milliy va diniy qadriyatlarning sog‘lom avlodni, jumladan
talabalarni kamol toptirishga bag‘ishlash, ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. 




3


Download 351.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling